Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

ФИО автора
Abdulla Ashirov Qilich o'g'li 
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari 
instituti.Suvtejamkor sug'orish texnalogiyalari 1-bosqich magistranti

Название публикации:
«INTENSIV BOG'LARNI TOMCHILATIB SUG'ORISH 
TARTIBINI ISHLAB CHIQISH» 
Anotatsiya: Ushbu maqolada Intensiv bog'larni tomchilatib sug'orish tartibini ishlab 
chiqish va intensiv bog‘larni parvarishlash haqida ma‘lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: Intensiv bog‘lar, tomchilatib sug’orish, parvarishlash, olma, gilos, bog', 
sabzavotchilik, polizchilik, Muxtor”, “Maysara” va “Hosilot”,nav. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 6-yanvardagi Meva-savzavot, 
kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini 
takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori soha rivojida 
muhim dasturilamal bo‘lmoqda. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish 
markazida 2017-2021-yillarda meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasidagi ilmiy-
tadqiqotlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab 
chiqildi. Dasturda davlat va xorijiy grantlar asosida bog‘dorchilik, uzumchilik hamda 
sabzavotchilikka ixtisoslashgan ilmiy muassasalar laboratoriya binolarining moddiy-
texnik bazasini modernizatsiya qilish, seleksiya ishlarini rivojlantirish, istiqbolli meva 
navlarini yaratish hamda omborxonalar qurish kabi vazifalar belgilangan. Markaz 
olimlari tomonidan mevalar va uzumning 150 dan ortiq yangi navi yaratildi. 
Shaftolining “Uchqun”, “Gulnoz”, “Istiqbol” “Hilola”, olxo‘rining “Yarxi”, 
tog‘ olchaning “Muxtor”, “Maysara” va “Hosilot” navlari shular sirasidandir. 
Bog‘bonlarimiz mazkur navlarni ekib, mo‘l hosil olmoqda. Olmaning 60 foizdan 
ko‘prog‘i, nokning qariyb 50 foizi, uzumning 43 foizi, qulupnayning 90 foizi, 
yong‘oqning 90 foizini O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi 
tizimidagi ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan navlar tashkil qiladi. Bugungi kunda 
institut olimlari yaratgan 11 meva turining 24 xil navi Davlat nav sinash komissiyasida 
sinovdan o‘tkazilmoqda. – Mamlakatimizda bog‘dorchilik va uzumchilikni yanada 
rivojlantirish maqsadida intensiv texnologiya asosida bog‘lar yaratishga katta e’tibor 
qaratilmoqda, – deydi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi 
direktori o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Bahodir Xoliqov. – Nok, o‘rik, 
olxo‘ri, shaftoli, gilos va olma bog‘lari tez hosilga kirishi, yuqori hosildorligi bilan 
ko‘pchilikka ma’qul bo‘lmoqda. Yong‘oq, anjir va xurmodan ham intensiv bog‘lar 
yaratilib, mo‘l hosil olish mumkinligi isbotlandi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va 
suv xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, intensiv bog‘larni kengaytirish maqsadida 


143 
aniq manzilli dasturlar ishlab chiqilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda 32 ming 400 
gektar yerda ana shunday bog‘lar tashkil qilingan. Joriy yilda yana 13 ming gektar 
maydonda intensiv bog‘lar barpo etiladi. Mazkur bog‘larning afzalliklari bugungi 
kunda amalda namoyon bo‘lmoqda. Oddiy mevali daraxt ekilganidan keyin 4-5-yil 
o‘tib hosil beradi. Intensiv bog‘lar ikkinchi yildayoq hosilga kiradi. Pakana olma 
ko‘chatining bir tupi to‘liq hosilga kirganda 50-60 kilogramm meva beradi. Ularning 
ildizi tuproq yuzasiga yaqin joylashgani sababli suvga talabchan. Shuning uchun 
tomchilatib sug‘orish tizimiga o‘tkazilsa, yaxshi o‘sib, tez rivojlanadi.
– Bu sohaning yana bir ahamiyatli jihati bor, – deydi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi 
ilmiy-ishlab chiqarish markazining bo‘lim boshlig‘i Fozil Boyjigitov. – Tomchilatib 
sug‘orish tizimi qo‘llanganda suv 30-40 foizgacha kam sarflanadi, mineral o‘g‘itlar 50 
foizgacha tejaladi. Bu har qarich yerdan unumli foydalanib, mo‘l hosil yetishtirish 
imkonini beradi. Keyingi yillarda intensiv bog‘lar yaratishda asosan tog‘ va tog‘oldi 
hududlarida, suv taqchil yerlarda payvandtaglarga pakana ildiz-bo‘g‘iz qo‘yish yo‘li 
bilan yetishtirilgan ko‘chatlardan foydalanish texnologiyasi keng joriy etilmoqda. Suv 
bilan kam ta’minlangan yerlar uchun yuqori harorat va garmselga, keskin kontinental 
iqlim sharoitlariga chidamli navlarni yaratish, kasallik va zararkunandalarga qarshi 
yuqori samarali kurash usullari o‘rganilmoqda. Meva va uzum hosilini gektariga 25-
30 sentnerga oshiradigan tuproqqa ishlov berish va organik-mineral o‘g‘itlarni 
qo‘llashning samarali usullari ishlab chiqilib, xo‘jaliklarga tavsiya qilindi. Hozir ilmiy-
ishlab chiqarish markazi olimlari yaratgan yigirma to‘rt xil meva va uzum navi hamda 
ulardan yuqori hosil yetishtirish texnologiyalari dehqon, fermer va tomorqa 
xo‘jaliklarida 179,1 ming gektardan ortiq maydonda qo‘llanilmoqda. Eng yaxshi 
sanoatbop navlar mazkur markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida yaratilgan 
bo‘lib, ular Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Ukraina, Hindiston, Vengriya, Polsha, 
Ruminiya, AQSh va boshqa mamlakatlarda ham ekilmoqda. Keyingi yillarda dunyoda 
iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga kelayotgan ekologik omillar seleksionerlar oldiga 
yangi talablarni qo‘ymoqda. Ilmiy asoslangan, tajribada sinalgan, suv tanqisligi va 
qurg‘oqchil sharoitga moslashuvchan, har xil kasallik va zararkunandalarga chidamli, 
serhosil navlarni ko‘paytirishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Shu bois bog‘larga 
tejamkor texnologiyalarni tatbiq etib, tuproq unumdorligini oshirish, tog‘ va tog‘oldi 
hududlarda yangi bog‘-tokzorlar barpo etish, kasallik va zararkunandalarga qarshi 
kurashishning samarali choralari ustida ham izlanishlar davom etmoqda. Akademik 
M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti 
in–vitro laboratoriyasida 5 ming 600 dona gilosning K-5 yarim pakana payvandtagini 
ko‘paytirish hamda mevali ekinlar payvandtagini maxsus ozuqa muhitda parvarishlash 
texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Joriy yilda 
in–vitro laboratoriyasida virussiz intensiv ko‘chatlar (yong‘oq, nok, tok, shaftoli, o‘rik, 


144 
bodom) payvandtaglarini ko‘paytirish bo‘yicha xorijiy grantlar mablag‘lari hisobiga 
zamonaviy issiqxona qurilishi rejalashtirilgan. Tomchilatib sug’orish qishloq xo’jaligi 
amaliyotida qo’llanilayotgan nisbatan yangi sug’orish usuli bo’lib, bunda maxsus 
filtrlar yordamida tozalangan suv tomchilatgichlar orqali tomchi shaklida tuproqqa 
berilib, o’simlikning ildiz tizimi eng ko’p tarqalgan tuproq qatlamini lokal 
namiqtirishga erishiladi. Tomchilatib sug’orish O’zbekistonda 1975 yildan boshlab 
tajriba tariqasida bog’ va tokzorlarni sug’orishda tadbiq qilina boshlandi. Shu yili 
SANIIRI ning Jizzax viloyati Zomin tumanidagi tajriba xo’jaligida dastlab 10 ga, 
so’ngra 200 ga tokzorni, 1977 yilda Xorazm viloyati Xiva tumanida 1,5 ga mevali 
bog’ni, Shryoder nomidagi BU va B ITI da 2 ga bog’ni sug’orish uchun O’zbekistonda 
ishlab chiqilgan tomchilatib sug’orish tizimi tashkil etildi. 1993 yilda respublikada 
tomchilatib sug’orish tizimlari maydoni 1134 ga. ga yetkazildi. 1991-1992 yillarda 
Andijon viloyatidagi «Savoy» xo’jaligida Isroil texnologiyasi asosidagi tomchilatib 
sug’orish tizimi 1 ming ga paxta maydoniga tadbiq qilina boshlab, uning 500 ga ishga 
tushirildi. O’tgan asrning 90- yillarining ikkinchi yarmida yangi 600 ga maydonda 
tomchilatib sug’orish tizimi barpo etildi. 1999–2001 yillarda Toshkent, Jizzax va 
Sirdaryo viloyatlarining har birida 100 gektarli maydonlarda Isroilning «Netafim» 
firmasi tomonidan ishlab chiqilgan tomchilatib sug’orish tizimi ishga tushirildi. 1994 
va 1995 yillarda Quyi Chirchiq tumanida 196 ga maydondagi g’o’zani tomchilatib 
sug’orishda sug’orish me’yori 300 m3/ga; egatlab sug’orishda mavsumiy sug’orish 
me’yori 8225 m3/ga, ya’ni tomchilatib sug’orishdagiga nisbatan 3 marta ko’p. 
Hosildorlik egatlab sug’orishda 26,4 s/ga bo’lsa, tomchilatib sug’orishda 40 s/ga. ni 
tashkil etdi, ya’ni qo’shimcha hosil gektariga 11,6 s. ni tashkil etdi. So’nggi yillarda 
ushbu sug’orish usuli go’zani sug’orishga keng tatbiq etila boshladi: faqatgina 2008 
yilda 3500 gektardan ortiq maydonda tomchilatib sug’orish tizimi barpo etildi. 2009 
yilda 1539 va 2010 yilda141,9 ga maydonga tadbiq etildi. Shuningdek, tomchilatib 
sug’orishni himoyalangan yerlarda keng ko’lamda qo’llash imkoniyatlari aniqlandi. 
Tomchilatib sug’orish yer yuzasidan va yomg’irlatib sug’orishlarga nisbatan quyidagi 
afzalliklarga ega: o’sim-liklarning ildiz tizimi tarqalgan tuproq qatlamigina namlan-
tirilishi tufayli sug’orish texnikasining foydali ish koeffitsienti 90–95% ni tashkil etadi 
(egatlab va yomg’irlatib sug’orishlarda bu ko’rsatkich 70–75% dan ortmaydi); suvdan 
tejamli foydalanish (odatdagi sug’orishga nisbatan 1,5–2 marta kam); suvning 
filtratsiya va bug’lanishga eng kam miqdorda bo’lishi; oqova chiqarilmasligi; 
irrigatsiya eroziyasining yuzaga kelmasligi; qator oralarini zichlanmasdan, doim 
yumshoq holda bo’lishi; tuproqning qulay namligini ta’minlanishi; o’g’itlarni tuproqqa 
lokal kiritish imkoniyatining mavjudligi; murakkab relyefli joylarda qo’llash 
mumkinchiligi; hosildorlikning o’rtacha 20–50 % ga ortishi va boshqalar. Surxon-
Sherobod dashtidagi taqirli-o’tloqi tuproqlarda B. Jo’raqulov va Sh. Mirzaev 
tomonidan g’o’zani har xil sug’orish texnikalari samaradorligini oshirish bo’yicha 


145 
maxsus ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan bo’lib, bunda egatlab (har bir egatdan va 
egat oralatib), tomchilatib (namlagichlar har bir egatga va egat oralatib joylashtirilgan), 
plyonka to’shama ustidan (to’shama har bir egat va egat oralatib yotqizilgan) va 
yomg’irlatib sug’orish texnikalari o’rganilgan. Ushbu sharoit uchun maqbul bo’lgan 
0–50 sm. li hisobiy qatlamda sug’orishlardan oldingi tuproq namligini CHDNS ga 
nisbatan 70–75–65 foizdan yuqori darajada tutib turish uchun g’o’za odatdagi egatlab 
sug’orish variantlarida 5 marta 5545–5585 m 3 /ga umumiy me’yorda sug’orilgan 
bo’lsa, tomchilatib sug’orishda 10 marta 2945–3050, plyonka ustidan sug’orish 
variantlarida 10 marta 2140–1840 m 3/ga umumiy me’yorda sug’orilgan. Go’za 
tomchilatib va plyonka to’shama ustidan sug’orilganda suvni oqovaga sarfi va chuqur 
qatlamlarga filtratsiyaga bo’ladigan isrofini kamayishi evaziga mavsumiy sug’orish 
me’yori egatlab sug’orishdagiga nisbatan 50–60 foizga kamaygan. Shuningdek, egat 
uzunligi bo’ylab tuproqning bir xil chuqurlikda namiqtirishga erishilgan, o’simlikning 
o’sib rivojlanishi yaxshilangan va gektaridan qo’shimcha 8–12 s. dan hosil 
olingan.Tomchilatib sug’orish qator afzalliklar bilan bir qatorda tizimni barpo etishga 
kapital xarajatlarning nisbatan kattaligi, quvur va tomchilatgichlarning suvdagi 
qo’shilmalar hamda kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishi natijasida suv o’tkazmay 
qo’yishi, sug’oriladigan dala mikroiqlimini boshqarish imkoniyatining pastligi, bog’ 
va tokzorlarni qayta barpo etishda tizimni yangidan qurish lozimligi kabi 
kamchiliklarga ega. Tomchilatib sug’orishni suv resurslari bilan kam ta’minlangan 
qurg’oqchil mintaqalarda, boshqa sug’orish usullarini qo’llash mumkin bo’lmagan, 
murakkab relyefli yerlarda, sug’orish suvi chuchuk yoki kam minerallashgan va suv 
o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan yengil qumoq, qumli sho’rlanmagan tuproqlarda 
qo’llash tavsiya etiladi. Bu sug’orish tizimini chuchuk,sizot suvlari 2 metrdan, 
minerallashgan sizot suvlari 4 metrdan chuqurda bo’lgan,qiyaligi 0,05 dan katta 
yerlarda qo’llash maqsadga muvofiqdir.O’zbekistonda tomchilatib sug’orishni joriy 
etishning asosiy to’sig’i dastlabki katta miqdordagi kapital sarflardir. Uni 100 gektar 
maydonda joriy etishga sarf bo’lgan kapital mablag’ 286 million so’mga teng bo’lgan 
(1 gektarga 2,86 mln so’m). Tomchilatib sug’orishni 4 million gektarda joriy etish 
uchun 11,44 trillion so’m kerak. Hozirgi vaqtda 1 m3suvni dehqon dalasiga yetkazib 
berish uchun 25 so’m, ja’mi respublika bo’yicha buning uchun yiliga 1.5 trillion so’m 
sarflanmoqda. Agar tomchilatib sug’orishga o’tilsa, 1 gektarga hozirgi 13700 m3 
o’rniga 3650 m3 suv beriladi va gektariga 10000 m3 suv tejab qolinadi. Demak, yiliga 
10000 m3 x 4 mln ga x 25 so’m = 1 trln so’m tejab qolinadi, ya’ni Respublikamizda 
tomchilatib sug’orishni to’la joriy etish uchun sarflanadigan kapital mablag’ 11 – 12 
yilda o’zini to’la qoplaydi. Tejab qolingan suv esa yangi yerlarni o’zlashtirish 
imkoniyatini yaratadi. Ma’lumki, O’zbekistonda sug’orib hosil olish imkoniyati 
bo’lgan yerlar maydoni 18 mln gektarni tashkil etgani holda, sug’orma dehqonchilikda 
4,2 mln gektaridan foydalaniladi xolos.Tomchilatib sug’orishni O’zbekistonda joriy 


146 
etishni kechiktiruvchi asosiy omil katta boshlang’ich kapital xarajatlar bo’lib, hozirgi 
vaqtda fermerlarimiz uchun bunday harajatlar qilish qiyin. Shuning uchun bu 
xarajatlarni xar yili meliorativ qurilishlarga ajratilayotgan katta mablag’lar singari, 
davlat byudjeti hisobiga amalga oshirish kerak. Tomchilatib sug’orishga o’tish faqat 
iqtisodiy sabablarga ko’ra zarur bo’lib qolmay, balki ekologik jixatdan ham, ya’ni 
O’zbekistonning kelajagi uchun ham zarur. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
www.ziyonet.uz.
1. «Qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari 
to’g’risida». O’zR Prezidentining 2003 yil 24- martdagi Farmoni. 
2. «2004–2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish kontseptsiyasi to’g’risida». 
O’zR Prezidentining 2003 yil 27- oktyabrdagi Farmoni. 
3. «Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish 
to’g’risida». O’zR Prezidentining 2007 yil 29- oktyabrdagi Farmoni. 
4. «Suv resurslarini oqilona boshqarish va samarali foydalanishni tashkil qilish 
bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida». O’zR Vazirlar Mahkamasining 2009 
yil 30- yanvardagi qarori. 


147 

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish