FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
I.Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” T.Ma’naviyat-2016.
“Temur tuzuklari”
Registon ansambl – meros.uz
https://QOMUS.INFO
998
ФИО автора:
Yunusova Nargiza Ravshan qizi
Toshkent shahar Shayhontohur tumani
321-KTDIMTT defektologi
Название публикации:
«RINOLALIYA – U QANDAY KASALLIK?»
Annotatsiya:
Maqolada rinolaliya qanday kasallik ekanligi, kasallikning turlari
hamda kasallikni bartaraf etish yoʻllari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit soʻzlari:
nutq, rinolaliya, ochiq rinolaliya, yopiq rinolaliya, aralash
rinolaliya.
Nutq faqat inson uchun xos bo‘lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir.
Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy
aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til – bu fonetik, leksik va grammatik vositalar
sistemasidir. Gapiruvchi o‘z fikrini bayon etish uchun zarur bo‘lgan so‘zlarni tanlaydi,
ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog‘laydi va nutq a’zolari artikulyatsiyasi
orqali talaffuz etadi. Odam nutqi ayniqsa, bolalar nutqi tushunarli va ma’noli bo‘lishi
uchun nutq a’zolarining xarakatlari aniq va to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Afsuski, turli
sabablarga koʻra nutqida nuqsoni boʻlgan bolalar ham uchrab turadi.
Nutq nuqsonlarining hayotda eng koʻp uchraydigan turi- rinolaliyadir.
Rinolaliya
- bu artikulyatsion apparat a’zolarida tugʻma yoki orttirilgan nuqsonlarning
boʻlishi yoki artikulyatsion apparat a’zolarida burun, burun halqum sohasida
falajlanishlarning kuzatilishi, burun suyagining qiyshayishi, burun sohasidagi turli xil
oʻsimtalar, odenoidlar, poliplar boʻlishi natijasida yuzaga keladigan ogʻir nutq
nuqsonlari hisoblanadi.
Rinolaliya og‘iz va burun bo‘shliqlari o‘rtasida to‘siq
yo‘qligidan yoki shu bo‘shliqlar bitib qolganidan kelib chiqadi.
Bolada umuman
rinolaliya borligini aniqlash qiyin emas. Avvalo, talaffuzning noaniq bo‘lib, bolaning
manqalanib gapirishi unda rinolaliya borligini ko‘rsatadi. Biroq, rinolaliya ochiq yoki
yopiq, ikkalasi birga qo‘shilgan aralash holda bo‘lishi mumkin. Uning xilini aniqlash
uchun og‘zini ochib, artikulatsion nutq apparati ko‘zdan kechiriladi. Ochiq rinolaliya
tanglayda yoriq borligi darhol ko‘zga tashlanadi. Agar bolada yopiq rinolaliya
999
alomatlari birga qo‘shilgan bo‘lsa, aralash rinolaliyadir.
Rinolaliya xillarini aniq bilib olish uni bartaraf etishning yo‘llarini to‘g‘ri
belgilab olishga imkon beradi. Uning xillarini aniq ajratmay turib chora ko‘riladigan
bo‘lsa, bu bolaga foyda berishi o‘rniga zarar keltirishi mumkin.
Rinolaliyani quyidagi xillari ajratiladi:
Ochiq rinolaliya. Rinolaliyaning bu xili ham boshqa nutq kamchiliklari singari
tabiatan organik, ya’ni artikulatsion apparatning tuzilishidagi nuqsonga bog‘liq
bo‘lgani holda, funksiyasi yetishmasligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Hayotda orttirilgan
ochiq rinolaliya sabablari ham ko‘p. Ularning ko‘proq uchraydiganlari tomoq, burun,
halqum bo‘shlig‘ining o‘pkadan chiqayotgan havo burun bo‘shlig‘iga o‘tib
ketaverishiga olib boradigan o‘zgarishlardir (masalan, bodomcha bezi shishib,
yumshoq tanglayning yuqori ko‘tarilishiga halal berishi).
Ochiq rinolaliya burun-
halqum yo‘lidagi adenoid va boshqa o‘smalar olib tashlangandan keyin ham paydo
bo‘ladi. Artikulatsion apparatning turli xil travmalar yoki zahm tufayli shikastlanishi
ham ochiq rinolaliyaga olib keladi.
Yopiq rinolaliya. Rinolaliyaning bu turi ham tug‘ma va hayotda orttirilgan
bo‘lishi mumkin. Yopiq rinolaliyaning tashqi belgilaridan biri shuki, bunday
kamchiligi bor bola doimo og‘zi ochiq yuradi.
yopiq rinolaliya tomoq, burun-halqum
bo‘shlig‘i, burun bo‘shliqlaridagi turli xil o‘simtalar, shishlar, abssesslar va boshqa xil
kasalliklar natijasida kelib chiqadi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra bu xildagi rinolaliyada
ayrim tovushlarni o‘zlashtirish vaqtida paydo bo‘ladi-da, bola o‘sha tovushlarni
o‘zlashtirib, ularning talaffuzini o‘rganib olganidan keyin bolaning atrofdagilarga yoki
ajnabiy tildagi (masalan, fransuz tilidagi) nutq talaffuziga taqlid qilish ham yopiq
rinolaliyani keltirib chiqarishi mumkin.
Aralash rinolaliya. Aralash rinolaliyada ham ochiq, ham yopiq rinolaliyaning
belgilari birga qo‘shilgan, ya’ni bunda burun yo‘li to‘silib qolgan, ustiga tanglay-
halqum pardasida yetishmovchilik ham bo‘ladi. Burun tovushlari yopiq rinolaliya
singari, boshqa tovushlar esa ochiq rinolaliya singari talaffuz qilinadi.
Rinolaliya nuqsoni olimlar tomonidan ayniqsa keng o‘rganilgan. Ularning
1000
fikricha, rinolaliyaning oldini olish choralarini ko‘rish, korreksion-tarbiyaviy
logopediya ish tizimini to‘g‘ri tashkil etish, ota-onalarning o‘z bolalarini vaqtida
mutaxassis-shifokor, logopedga ko‘rsatib davolatishi muhim ahamiyatga egadir.
Rinolaliklar nutqini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, birinchi galda sirg‘aluvchi
tovushlar talaffuzi buziladi, chunki rinolaliyada havo og‘izdan emas, balki burundan
chiqadi. Bunda sirg‘aluvchilar o‘rniga kirish, hiringlashga o‘xshagan tovushlar paydo
bo‘ladi.
Rinolalik bolalarning fonetik uquvi ham yetarli rivojlanmagan bo‘ladi. Natijada
ular o‘xshash so‘zlarning ma’nosini ham buzib noto‘g‘ri idrok etadilar. Ularning lug‘at
bo‘yligi cheklangan bo‘lgani uchun mantiqiy fikrlashlari ham qiyinlashadi, logik
xotiralari ham birmuncha past bo‘ladi. Rinolalik bolada uchraydigan aql-idrok
kamchiligi, odatda, ikkilamchi hodisa bo‘lib, nutq rivojlanishi yo‘liga tushib
ketganidan keyin rinolalik aqliy jihatdan o‘z tengdoshlariga yetib oladi.
Bolalardagi rinolaliya tashxisini aniqlash quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |