Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Begmatov E
. O’zbek nutqi madaniyati masalalari O’zbek tili va adabiyoti.
2.O’rinboyev B
. So’zlashuv nutqi.
434
ФИО автора:
Usmonaliyev Zaynobiddin Adxamjon o'g'li
Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institute magistranti
Название публикации:
«MAHOBATLI RANGTASVIR SAN’ATI»
Annotatsiya: “Monumental” san’at asarlari uchun birinchi navbatda mavzuning
katta hajmda va shaklda bajarilishi ahamiyatli hisoblanadi. Kompozitsiyaning asosiy
unsurlari (hajmdorligi, simmetriya, ohang, perspektiva, rang yechimi va hokazolar)
mahobatli asarning pannoning bajariladigan joyiga qarab o’zgaradi. “Monumental”
asar uzoqroq masofadan turib, tasavvur qilish uchun esa kompozitsiyadan plastik
hajmlarni yaxlit va umumlashtirish, masofa, tasvir va rang yechimini ham aniqlash
kerak bo’ladi. Kerakli darajadagi mavzuni va voqelikni umumlashtirib allegoriya
ya’ni timsol shaklida berishga katta e’tibor beriladi. Mahobatli rangtasvir san’atini
keng ma’nodagi inson va uning jasoratini, go’zalligini va irodasini ifodalash bilan
birgalikda dekorativ, estetik dunyoqarashi va didni tarbiya etadi.
Kalit so’z: rangtasvir, mahobatli rangtasvir, rivijlanish, ilm va boshqalar
“Dekorativ monumental” turi bo’lgan san’atga asosan, turli bog’ haykallari va
me’morchilik guruhining bo’lagi bo’lgan har xil haykallar misol bo’ladi.
Kompozitsiyada har xil plastik bajariladigan tasvir ashyosini – materialini ham hisobga
olingan bo’lishi lozim.
“Mozaika”, “freska”, “vitraj”, “relyef”, “panno” - namoyon kabilar mahobatli
rangtasvirining o’ziga xos turlari bo’lib, ma’lum texnik tasvir vositalariga ega.
“Mozaika” deb, “smalta”, marmar, koshin – sopol plitka, hamda mayda naqsh yoki
tasvirni aytamiz. Marmar “plita”lar mozaikada keng qo’llaniladi, marmar, keramik
mozaika tashqi va ichki devorlarga sport inshoatlarida, Toshkent metropoliten
bekatlari bezagida ishlatilgan.
Bunga Toshkent shahridagi “Paxtakor”, “G’ofur G’ulom”, “Olmazor” metro
bekatlarining bezaklari misol bo’la olishi mumkin.
“Freska” - bu eng qadimgi san’at turilaridan biri bo’lib, u devorga chiziladi.
Ranglarni suv bilan aralashtirib ho’l suvoq qatlamiga ishlanishi, freskaning o’ziga xos
xususiyatlaridir.
Freska boy rangtasvir imkoniyatlariga ega va ko’pincha xona ichida (inter’yerda)
bajariladi.
Bunga
Mikelandjeloning
Vatikandagi,
“Sekstin kapella”si,
435
Ch.Axmarovning Alisher Navoiy teatri devoriga “Farxod va Shirin”, “Layli va
Majnun”, dostoniga ishlangan freskalari misol bo’la oladi.
24
“Panno”ni freskadan farqi shundaki, u grunt ishlov berilgan devorga, shipga
o’rnatilgan xolstga bajariladi. Tasvirlash vositasi sifatida tempera, moybo’yoq
ishlatiladi. Mazkur kompozitsiyani bajarishda uning hajmi, tomoshabinning uzoq
masofada turib ko’ra olishini hisobga olish lozim.
Vitraj - qadimgi mahobatli bezak san’at turidir. U o’zidan yorug’ o’tkazuvchi rangli
shishalardan yasalgan naqsh yoki mavzuli kompozitsiya.
Rangli shishalarni yuksak mahorat bilan tanlab metal simlar bilan bog’lanadi.
Vitraj asosan deraza, eshik va boshqa xonalarda joylashtiriladi u xonaga chiroy beradi.
Keyingi paytlarda vitraj inter’yerda, kafe, maktab xonalarida keng qo’llanilmoqda.
Devorlarga ishlangan barcha mahobatli kompozitsiyalar uy me’morligi bilan
bog‘langan bo‘lishi kerak, hamda go‘zallik, uyg’unlik, yaxlitlik o‘z aksini topishi
kerak.
25
San’at o’z vositalari yordamida dunyoni tan olish, insonda ma’naviy sifatlarni
shakllantirish, ongli sezgilarni, dunyoqarashni kengaytirish bilan chegaralanmaydi,
balki qobiliyat va iqtidor kabi ta’limiy sifatlarni ham uyg’unlashtiradi. San’at asosida
badiiy jismlar orqali tevarak atrofdagi, hayotda yuz berayotgan barcha narsalarni
haqqoniy tasvirlash kabilarda o’z ifodasini topadi. Yuqorida qayd qilinganidek,
rangtasvir asarlarida ham kelgusida insonning ish faoliyatida yangi shakldagi estetik
xususiyatlar tarkib topishi bejiz emas. O’zbekiston hududida qadimdan yaratilgan
asarlar ichida faqat haykaltaroshlik, amaliy san’at namunalari balki ko’p sonli devoriy
sur’atlar ko’zga tashlanib, o’z jozibasi bilan barchani o’ziga maftun etganligi sir emas.
Bunday noyob san’at asarlarining ko’pchiligi yo’qolib ketgan bo’lsada, Afrosiyob
qal’alari yoki Varaxsha qo’rg’onlarida bajarilgan mahobatli rangtasvir asarlari
barchamizga o’z davrining maishiy hayotidan ko’pgina sir-sinoatlar haqida so’zlab
berishga qodirligi haqida shubhamiz yo’q.
26
Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda bu sanʼat qad. va oʻrta asrlar davrida
rivojlandi. Bu davrda shohlar, zodagonlarning uylari, saroy va ibodatxonalar koʻp
shaklli, harakatga boy rassomlik asarlari bilan ziynatlandi (Tuproqqalʼa, Varaxsha,
24
T.Qoziyev. A Egamov. T.Qanoatov Rangtasvir .Т.2003 y. 11 bet
25
А.Аmanullayev “Rangtasvir” 2005 yil. 5 bet
26
O.Muinov. “Rangtasvir”. 2007 yil-17b.
436
Bolaliktepa, Afrosiyob va boshqalar), Temur va temuriylar davrida ham mahobatli
rangtasvirning ajoyib namunalari yaratilgan.
27
O’zbek xalqi o’zining qadimiy yuksak madaniyati va san’ati bilan faxrlansa arziydi.
Buni O’zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazilma ishlari yaqqol isbotlaydi.
Xususan, Varaxsha, Afrosiyob, Xalchayon, Tuproqqa’la, Bolaliktepa, Ayrtom,
Dalvarzin tepa, Ajinatepa, Teshikqal’a va boshqa bir qator qadimiy shahar, qal’a,
ibodatxonalardan topilgan yuksak badiiy saviyada yaratilgan devoriy rasm,
haykaltaroshlik asarlari, amaliy san’at buyumlari fikrimizning dalilidir. O’zbekiston
hududidagi eng qadimgi san’at namunalari o’zbek halqining juda qadimdan, madaniyat
va san’at sohibi bo’lganligidan, bu yerda yuksak badiiy saviyada asarlar
yaratilganligidan darak beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Rustam Hudayberganov. Mahobatli bezak sa’nati kompozitsiyasi
2. Vikipediya
3. O.N. Samadov. Tasviriy san't tarixi
27
Абдирасилов С.Ф., Бойметов Б.Б., Толипов Н.Х. Тасвирий санъат.–Т.: 2010. 35 б
437
Do'stlaringiz bilan baham: |