Международный научно-образовательный электронный журнал


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Мирзаева Д. Ш., Насимова Н. Қ. Қ., Ҳакимова Н. С. Арт-педагогика для 
дошкольников //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 1201-1205. 
2.
Азимова Н. Э., Насимова З. И. К. Важные особенности человеческого 
образования в семье //Academy. – 2020. – №. 5 (56). – С. 27-29. 


386 
3.
Temirovna O. L. EQUATION, IDENTITIES, EQUIVALENT EQUATION, 
EQUATION WITH ONE UNKNOWN OF THE FIRST ORDER, 
FRACTIONAL RATIONAL EQUATIONS AND THEIR SOLUTION 
//Archive of Conferences. – 2021. – С. 103-106. 
4.
Rajabova L. MAKTABGACHA TA’LIMDA METODIKA FANLARINI О 
‘QITISH TEXNOLOGIYASINING ASOSIY TAMOYILLARI //ЦЕНТР 
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1. 
5.
Rajabova L. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA 
“STEAM” TEXNOLOGIYASINI TADBIQ ETISH //ЦЕНТР НАУЧНЫХ 
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2021. – Т. 7. – №. 7. 
6.
Rajabova L. C., To’Xtayeva M. H. MAKTABGACHA TA’LIM 
MUASSASALARIDA TABIAT BURCHAGINI TASHKIL QILISHNING 
AHAMIYATI //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 1224-1229. 
7.
Rajabova L. C., Muxtorova M. A. Q. MAKTABGACHA YOSHDAGI 
BOLALARDA TABIATDA ODDIY TAJRIBALARNI O’TKAZISHGA 
O’RGATISH //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 1218-1223. 
8.
Temirovna O. L., Choriyevna R. L. Mental Arithmetic is a Non-Traditional 
way to Teach Preschoolers Verbal Arithmetic //International Journal of 
Culture and Modernity. – 2021. – Т. 11. – С. 205-208. 


387 
ФИО автора:
 Abdurakhmanova Zarnigor Jamshedovna 
Samarqand Davlat Chet Tillari Instituti 2-kurs talabasi. 
Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til (Ingliz tili) 
Название публикации:
«MAKTABLARDA INGLIZ TILINI O'QITISHNING 10 
MUAMMOSI» 
Anotatsiya: Ingliz tili darslarida, ona tilidan foydalanishni ham unutib qo’ymagan 
holda, imkon qadar barcha topshiriqlar ingliz tilida berilishi ma’qul. Ammo 
o’quvchilar ingliz tilida berilayotgan topshiriqlarga yetarli darajada tushunishmasachi? 
Tushuntirishning aniq bo’lishi uchun o’qituvchi qo’llar harakati, yuz tuzilishi, mahsus 
harakatli belgilar asosida o’quvchiga topshiriqni ko’rgazmali tarzda tushuntirishga 
ham urinishi kerak. Og’zaki+ko’rgazmali tushuntirish har doim ikki barobar yaxshi 
natija olib keladi. 
Kalit so'zlar: xorijiy til; analiz; mustaqil o'qish; fikrlash; usullar; soddalashtirish 
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida chet tillarini, ayniqsa ingliz tilini o’qitishdagi 
asosiy muammolar har qanday chet tilini ikkinchi til sifatida o’qitishda kelib chiqishi 
mumkin bo’lgan muammolar bilan bir hil. Ammo gap maktab o’quvchilari, yosh 
jihatidan ancha kichik bo’lgan o’rganuvchilar haqida ketganda esa o’rgatish jarayoni 
bir necha barobarga qiyinlashgandek tuyuladi. Shaxsan men maktabda ishlashdan 
avval katta yoshli (20-30 yoshlar) o’rganuvchilarga ingliz tilini mustaqil o’rgatuvchi 
sifatida o’rgatganman. Dars uslubim, tajribam ham katta yoshdagilar bilan ishlashga 
moslashib ulgurgan bir vaqtda maktabga ishga o’tdim va yosh o’rganuvchilar bilan til 
topishishim ancha qiyin kechdi. Ularga chet tilini o’rgatishda alohida uslub bilan 
yondoshish, katta yoshli o’rganuvchilarga nisbatan ko’proq e’tibor qaratish va ingliz 
tilini o’rgatishning soddalashtirilgan usullarini ishlab chiqish zaruratini sezdim. 
Shaxsiy tajribam va kuzatishlarim natijasida maktab yoshidagi o’rganuvchilarga 
ingliz tilini o’qitishda quyidagi asosiy 10 ta muammo eng ko’p uchraydi, degan qarorga 
keldim: 
1. O’QUVCHILARNING O’QITUVCHIGA HADDAN ORTIQ SUYANIB 
QOLISHI. Men bu holatni guruhlarga bo’linib ishlash jarayonida ham, alohida 
o’quvchilar bilan ishlash jarayonida ham ko’p kuzatganman. O’quvchilar ba’zi 
savollarning to’g’ri javoblarini bilmay qolishsa, jim qolgan holatda o’qituvchining 
to’g’ri javobni aytishini kutadi. Balki bu bolaning o’rganish psixologiyasiga bog’liqdir. 
Ammo bunday vaziyatlarda menimcha o’qituvchi o’quvchini mustaqil fikrlashga, 
kerak bo’lsa kitobi yoki daftaridan foydalanib bo’lsa ham javobni mustaqil ravishda 


388 
topishga undashi to’g’riroq bo’ladi. O’qituvchiga haddan ortiq bog’lanib qolishni hatto 
to’g’ri javobni bilgan va uni ayta olgan o’quvchilarda ham kuzatish mumkin. Siz savol 
berasiz, o’quvchi to’g’ri javobni biladi, javobni aytadi, ammo baribir Sizga to’g’ri 
javobni olish nigohi bilan qaraydi. Bu hatti-harakatni javobning to’g’riligini bilish 
emas, ko’proq o’z javobiga ishonmaslik hissi, deb hisoblayman. O’quvchilarda bunday 
holatlarni kamaytirish, imkon qadar ularning mustaqil fikrlashlariga yordamlashish 
maqsadida har bir ingliz tili o’qituvchisi ularni ruhlantirib turishlari kerak. Ruhlantirish 
bu vaziyatda juda muhim, chunki u orqali o’quvchida o’ziga ishonch hissi oshadi. 
2. ONA TILIDAN KO’P FOYDALANISH. Chet tili darslarida to’liq xorijiy tilda 
gapirib dars o’tishning imkoni yo’q. Balki maktabning katta sinflarida, ayniqsa 
bitiruvchilar bilan bu yo’sinda dars o’tish mumkindir, ammo yosh o’rganuvchilar bilan 
o’zbek tilini ishlatmasdan ingliz tilini o’rgatish imkonsiz, deb hisoblayman. Ammo 
birinchi til (ona tili)ni ham haddan ortiq ko’p ishlatish o’quvchilarning chet tilini 
o’rganishlariga katta to’siq bo’lishi mumkin. Sinflarda ingliz tili darsi vaqtida 
o’qituvchining ingliz tili va o’zbek tilidan foydalanib dars o’tishi o’rtasida balans 
bo’lishi kerak. Ammo bu me’yorni qanday qilib topish mumkin? Agar o’zbek tilida 
ko’p gapirilsa-yu, ingliz tilida o’quvchilarga yetarlicha gapirilmayotgandek tuyulsa. 
Aksincha, ingliz tilida ko’p gapirilib, natijada o’quvchilar nima haqida 
gapirilayotganligiga tushumay qolishsa, ba’zi topshiriqlarni to’liq anglab olisholmasa. 
Har qanday holatda ham ona tili va ingliz tili o’rtasidagi sinflarda tilning ishlatilish 
me’yoriga aloqador muammo, menimcha, ko’pchilik o’qituvchilarni o’ylantiradi. 
3. SHOVQINLI, TO’POLONCHI, DARSGA HALAL BERUVCHI 
O’QUVCHILAR. Bunday o’quvchilar har qanday darsning buzilishiga sabab 
bo’lishiga qaramasdan, ingliz tili darslarida bunday o’quvchilarning bo’lishiga birinchi 
navbatda o’qituvchi va ikkinchi navbatda shu o’quvchini qiziqtira olmagan, yetarlicha 
jihozlar bilan qurollanmagan dars aybdor. O’zbek tilida o’tiladigan tarix, geografiya 
kabi fanlarda bunday o’quvchilarning bo’lishini «bola fanga qiziqmapti-da», deb 
izohlashimiz mumkin bo’lar, ammo faqat ingliz tilida emas. Ingliz tilida bola darsga 
qiziqishi, fanga qiziqish bilan qarashi uchun eng avvalo u fanni oz bo’lsa ham 
tushunishi kerak. Tushuntirish faqat og’zaki ma’lumot berish bilan emas, balki 
ko’rgazmali qurollar, multimedia vositalari asosida bo’lishi juda muhim. Chet tili 
darlarida o’quvchilarni qiziqtirish, fan ma’lumotlari bilan oz bo’lsada tanishtirish 
uchun dars imkon qadar rangli rasmlar, chizmalar bilan boyitilishi, tilni bilmagan holda 
ham o’quvchilar uchun ma’lumotni yetkazib berishda yordam beruvchi multimedia 
vositalari bilan ta’minlanishi zarur. 
4. O’QUVCHILARNING DARS MAVZUSINI «OLIB QOCHISHI». Bu masala 
avvlgi gapirib o’tilgan muammodan farqliroq. O’quvchilarning darsni «olib 


389 
qochish»lariga quyidagi holat misol bo’lishi mumkin: mavzuga asoslangan suhbat 
boshlanadi, o’quvchilar suhbatga kirishib ketishadi, mavzu asosida bahs-munozara 
davom etadi, o’quvchilar yetarli darajada ingliz tilida gapirishga harakat qilishadi. 
Hammasi juda yaxshidek tuyulayotgan bir vaqtda o’quvchilar to’satdan, ba’zan o’zlari 
bilmagan holda, mavzuga juda o’xshash, ammo butunlay boshqa bir narsa haqida 
gapirib ketishadi. Bu holat kengroq fikrlash, qo’shimcha ma’lumotlar kiritish sifatida 
baholansa ham, mavzudan chetlashish hisoblanadi va o’quvchilarning fikrini asosiy 
mavzudan butunlay chalg’itib yuborishgacha borib yetishi mumkin. 
5. O’QUVCHILAR O’RTASIDAGI O’ZARO TORTISHUVLAR. Ba’zan 
do’stona muhitda o’tayotgan bahs-munozara ham kutilmaganda katta tortishuvga, 
salbiy ko’rinishga ega bo’lgan janjallarga ham olib borishi mumkin. Bunday holatda 
faqat ingliz tili darslarida emas, balki har qanday boshqa fan darslarida ham yuz 
berishiga qaramasdan, bunday holatlarning kelib chiqishida o’quvchilarning fanga 
yetarli darajada qiziqmasliklari yoki tushunmasliklari sabab bo’ladi. Darsda bo’lishi 
mumkin bo’lgan bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun har bir o’qituvchi 
yuqorida, 3-muammoda berilgan tavsiyalarga imkon qadar amal qilishga harakat 
qilishlari zarur. 
6. O’QUVCHILARNING TOPSHIRIQNI TO’LIQ TUSHUNMASLIKLARI. 
Ingliz tili darslarida, ona tilidan foydalanishni ham unutib qo’ymagan holda, imkon 
qadar barcha topshiriqlar ingliz tilida berilishi ma’qul. Ammo o’quvchilar ingliz tilida 
berilayotgan topshiriqlarga yetarli darajada tushunishmasachi? Tushuntirishning aniq 
bo’lishi uchun o’qituvchi qo’llar harakati, yuz tuzilishi, mahsus harakatli belgilar 
asosida o’quvchiga topshiriqni ko’rgazmali tarzda tushuntirishga ham urinishi kerak. 
Og’zaki+ko’rgazmali tushuntirish har doim ikki barobar yaxshi natija olib keladi. 
7. O’QUVCHILARNING ZERIKIB QOLISHI. Zerikarli tarzda o’tilayotgan 
darslarda o’quvchilarning, yoshlaridan qat’iy nazar, tez-tez zerikib qolishlari tabiiy 
hol. Darslarni yanada qiziqarliroq o’tkazish uchun o’qituvchilar sinfdagi har bir 
o’quvchi bilan suhbatlashib bo’lsa-da sinf a’zolarining shaxsiy qiziqishlari haqida bilib 
olishi va sinfning umumiy qiziqishlarini hisobga olgan holda mavzuni tushuntirishga 
o’tishi kerak. 
8. BITTA YOKI BIR NECHTA A’LOCHI O’QUVCHINING DOIMIY 
USTUNLIK QILISHI. A’lochilarning doimiy alochi bo’lishi va ikkichilarning har 
doim ikkichi bo’lib qolib ketaverishlariga sabab bo’ladigan bu holatga ingliz tili 
darslarida yo’l qo’ymaslik kerak. Ingliz tili darslarida hamma teng ishtirok etib, hamma 
teng o’rganishi kerak. Ba’zi boshqalarga nisbatan bilimliroq bo’lgan talabalarga darsda 
yaxshi baholar, ma’lum darajada ko’proq rag’batlantirishlar berilsa ham, ularga 
nisbatan sustroq o’zlashtirayotgan yoki darsga toliq qatnashmayotgan o’quvchilarni 


390 
butunlay unutib qo’ymaslik kerak. Ularni boshqlarga nisbatan ko’proq ruhlantirib, 
darsda faol qatnashishlariga imkon yaratib berish kerak. 
9. O’QUVCHILARNING DARSGA TAYYORLANMAY KELISHLARI. Bu 
holatning birinchi sababi o’zlashtirgan dars mavzusiga oid topshiriqning bajarilishini 
o’qituvchi tomonidan yetarli darajada e’tibor bilan talab qilinmasligida. Agar 
o’qituvchi har darsning belgilangan qismini faqat o’tilgan mavzu asosida berilgan 
topshiriqlarni tekshirish uchun sarflasa va bunda sinfdagi hech bir o’quvchi chetda 
qoldirilmasa, sinfning darsga tayyor holda kelishlari sezilarli darajada oshadi. Darsga 
tayyorlanmay kelishning ikkinchi sababi o’quvchilarning «tushunmadim» degan 
sababga ko’ra uyga vazifani bajarishmay kelishlari bo’lishi mumkin. Bunday holatning 
oldini olish uchun esa har dars so’ngida o’qituvchi uyga vazifani aniq tushuntirishi, har 
bir o’quvchi tushunganligiga ishonch hosil qilishi va kerak bo’lganda o’quvchilar bilan 
darsdan keyin olohida ishlash orqali uyga vazifani to’g’ri bajarish haqida ko’rsatmalar 
berishlari kerak. 
10. DARSLARGA KECH QOLISH. Darsga kechikib kelish o’qituvchi va darsga 
nisbatan xurmatsizlik bo’lishi bilan bir qatorda o’rganayotganlarning fikrini 
chalg’itishi va darsni bo’lishi ham mumkin bo’lgan salbiy holat ekanligini 
o’quvchilarga tushuntirish kerak. Surunkali ravishda kechikuvchi o’quvchilarni 
tartibga chaqirish hamda kelajakda darslarga kechikishlar sonini kamaytirish 
maqsadida «ingliz tili darsi qoidalari»ga kechikishni ta’qiqlovchi qoidalarni kiritish 
kerak. Zarur holatlarda kechikuvchi va doimiy kechikuvchi o’quvchilar uchun yengil 
jazo choralarini ham belgilab qo’yish lozim.
Har bir darsning kamchiliklarsiz o’tishi o’qituvchiga bog’liq. Yuqoridagi misol 
qilib keltirilgan 10 ta eng ko’p uchraydigan muammoning deyarli hammasiga yechim 
topishda o’qituvchi va o’quvchining hamkorligi muhim o’rin tutadi. Shunday ekan, 
muvaffaqiyatli o’qituvchi o’z o’quvchilari uchun ustoz bo’lishidan tashqari, ular bilan 
do’stlashib olishlari ham muhim ahamiyatga ega. 
O’tayotgan har bir soatlik darsingiz o’quvchilar uchun bilimlarni samarali 
o’zlashtirish fursati bo’lishini tilayman. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. A. Karimov. ona yurtimiz baxtu iqbol va buyk kelajagi yo’lida hizmat qilish 
— eng oliy saodatdir. T. O’zbekiston. 2015. 
2. Mehri Norova. Tarjimada leksik birlik va leksik transformatsiyning 
qo’llanilishi. Maqola 2-bet. 


391 
3. Nunan, David. 2003. Practical English Language Listening. New York: 
McGraw Hill 
Porcel Carme. 2010. 


392 

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish