Bolalar lug‘ati
Havas
– qiziqish, ishtiyoq, intilish, rag‘bat,
birovlar erishgan yutuqlar o‘zida ham bo‘lishini orzu
qilish.
Hasad
– odamlardagi yaxshiliklarni ko‘rolmaslik,
ichiqoralik.
Hasadgo‘y
– hasad qiluvchi, qalbi hasadga to‘la odam.
Xudbin
– o‘zini o‘ylovchi, hamma narsadan o‘z foydasini
ustun qo‘yuvchi.
– 345 –
Ichiqoralik
– dili buzuqlik, hasadgo‘ylik, birovning yutuqlarini
ko‘ra olmaslik.
Foydali nasihatlar
1. Hasad va g‘azab ikki qanot bo‘lib harakatga
kelsa, toza va chiroyli hayotlarni xira qilib yuboradi.
2. Olov o‘zidan-o‘zi yonib kul bo‘lgani kabi
hasadchining jasadi hasad o‘tidan erib, barbod
bo‘ladi.
3. Odamzot hasad qilmasligi kerak, havas qilishi
kerak. Havas qilgan odam murodiga etadi.
4. Hasadchida rohat yo‘q.
Ota-bobolarimiz o‘gitlari
urmatli bolalar, mana kitobimizning oxiriga ham etib
keldik. Siz ushbu kitobni o‘qish orqali o‘zingizga kerakli
ko‘p ma’lumotlarni bilib oldingiz, shundaymi? Endi ota-
bobolarimizning qimmatli pand-nasihatlaridan bir qanchasini
keltiramiz. Ularni yodlab olishga harakat qiling:
– Ikki toifa odam doimo boydir, hech kambag‘al bo‘lmaydi:
biri – olim, ikkinchisi – qanoat egasi.
– Ikki narsa borki, ozi ham ko‘pdir: birinchisi – adovat,
ikkinchisi – chaqimchilik.
– Ikki narsa qalbni buzadi: biri – ko‘p ovqat eyish, ikkinchisi –
ko‘p uxlash.
– Ikki narsa insonni tez ado qiladi: biri – ahmoqlik, ikkinchisi
– axloqsizlik.
– Ikki narsani kishi o‘zidan quvishi qiyin: biri – soya, ikkinchisi
– badfe’llik.
– “Nima desam ekan” deb andisha qilish “nega aytdim” deb
pushaymon bo‘lishdan yaxshiroq.
– Uch narsani unutgan odam aqlli emas: dunyoning
o‘tkinchiligini, undan qachondir ajralishini va o‘limdan hech kim
qutulib qola olmasligini.
– 346 –
– Hakimlarning aytishicha, odamlar uch guruhga, ya’ni
aqllilarga, yarim aqllilar va nodonlarga bo‘linadilar. Aqlli shunday
kishiki, biron voqea yuz bermasdan avval undan qutulishning
chora-tadbirini o‘ylab ish tutadi. Odamlar oxirida qiladigan ishni
u oldindan qilib qo‘yadi. Yarim yoki o‘rta aqlli shunday kishiki,
biron hodisa yuz bersa, esankirab qolmaydi, undan qutilish
chorasini qidiradi va shu tufayli bu balo domidan ozodlikka
erishadi. Nodon shunday kishiki, biron noxush voqea yuz bersa,
undan qutilish yo‘llarini qidirish o‘rniga dod-voy qilish bilan
cheklanadi.
– Uch sifat uch xil natija keltiradi: muloyimlik – ulug‘ martaba,
qanoat – rohat, tavoze’ – e’zoz keltiradi.
– Uch narsa inson uchun juda zarur: qahru g‘azab vaqtida
o‘zini tuta bilish, boshga kulfat tushganda betoqat bo‘lmay sabr
qilish va xayrli ishlarga shoshilish.
– Uch ne’mat qadriga uch toifa odam etadi: yoshlik qadriga
qarilar, salomatlik qadriga bemorlar va xotirjamlik qadriga g‘am-
tashvishli kishilar.
– Aqlli kishida uchta xislat bo‘ladi: biron narsa so‘ralsa, odob
bilan javob beradi, birovdan yomonlik ko‘rsa ham yaxshilik qiladi,
xalqi uchun foydali fikrlarni olg‘a suradi.
– Uch xil kishining xizmatidan bo‘yin tovlamaslik kerak: ota-
ona, mehmon va bemor xizmatidan.
– Bir ulug‘ kishi shunday dedi: “Kishining qalbida to‘rtta gavhar
bo‘lib, bu to‘rt gavharning to‘rtta dushmani ham bor. Birinchisi aql
gavharidir, uning dushmani g‘azabdir. Ikkinchisi ilm gavharidir,
uning dushmani takabburlikdir. Uchinchisi qanoat gavhari, uning
dushmani hirsdir. To‘rtinchisi saxiylik gavhari, uning dushmani
ta’madir”.
– 347 –
Do'stlaringiz bilan baham: |