– 327 –
Bolalar lug‘ati
Dangasalik
– mehnat qilishdan qochish,
ishyoqmaslik, tanballik, yalqovlik.
Mehnatsevar
(mehnatkash) – mehnat qilishni
yaxshi ko‘radigan.
Ro‘zg‘or ishlari
– oila va xo‘jalikka oid ishlar.
Zamin yaratish
– biron narsaga asos solish, sharoit va imkon
yaratish.
Maqollar
1. Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan, mehnat qilsang, davron
surasan.
2. Xazina g‘oyibdan emas, mehnatdan.
3. Daraxt yaprog‘i bilan go‘zal, odam – mehnati bilan.
4. Bekorchidan Xudo bezor.
5. Gapni oz so‘zla, ishni ko‘p ko‘zla.
6. Izlanganga tole yor.
7. Mehnat, mehnatning tagi rohat.
Omonat
y farzand, ma’lum muddatga saqlash uchun berilgan
moddiy va ma’naviy narsalar omonatdir. Har bir inson o‘z
mol-mulkini asraganidek o‘zgalarga tegishli
narsalarni ham xuddi
shunday asrab-avaylashi kerak. Omonat saqlash jamiyatdagi
insonlarning bir-biriga ishonchini oshiradi.
Agar maktab hovlisidan biron narsa topib olsang, u sening
qo‘lingdagi omonatdir. U sening mulking emas. Agar sen egasini
qidirib topib, narsasini unga qaytarib berish uchun maktab
direktoriga uchrasang, sen omonatga vafodor inson bo‘lasan. Shu
ishingni
deb seni maktab direktori, ustozlar va barcha o‘quvchilar
yaxshi ko‘radilar va seni maqtaydilar. Agar egasini qidirmasdan uni
o‘zingniki qilib olsang, sen xoin bo‘lasan. Ehtimol egasi tasodifan
uni ko‘rib qolib, seni o‘g‘irlab olgan deb o‘ylar va odamlar orasida
– 328 –
seni xoin-o‘g‘ri deb gap tarqatar. Mana shunda sening kelajaging
va sharafingga katta zarar bo‘ladi.
Agar biron inson pul, zeb-ziynat
yoki kitoblar kabi biron
narsani senga omonatga qo‘ysa, u narsa bo‘yningda omonat
hisoblanadi. Agar sen uni ehtiyot qilib, sog‘-salomat saqlab
bersang, sen ishonchga sazovor bo‘lasan. Agar sen undan biron
narsani kamaytirsang yoki biron joyiga nuqson etkazsang yoki
egasining ruxsatisiz uni o‘z foydangga ishlatsang yoki so‘rab kelsa,
sen uni inkor etsang, sen odamlarning orasida xiyonat qiluvchi deb
tanilasan va hech kim senga biron narsani omonatga qo‘ymaydi.
Hurmatli bolajonlar, omonatni faqat
pul va moddiy narsalardan
iborat, deb tushunmasligimiz lozim. Ma’naviy omonatlar ham
bor. Masalan, bironta do‘stimiz sirini saqlash ham omonatdir.
Agar bir kishi senga o‘z sirini omonat deb aytsa va sen uni hech
kimga aytmasdan sir saqlasang, sen sir saqlovchi omonatli odam
bo‘lasan. Agar sen o‘sha sirni odamlar orasida yoysang, sir saqlay
olmaydigan, senga sir aytgan odamga xiyonat qilgan bo‘lasan.
Agar tarozidan urmasdan biron narsa kamaytirmay berayotgan
tijoratchini ko‘rsang, bilginki u omonatga vafodor tijoratchidir.
Hamma odam uni yaxshi ko‘rib, omonati bilan taniladi va
savdosiga baraka kiradi. Agar tarozidan
urib qolayotgan boshqa
bir tijoratchini ko‘rsang, bilginki, u xoindir. Albatta odamlar uning
bu qilmishini bilib, u bilan oldi-sotdi qilmay qo‘yadilar. Natijada
moli kasod bo‘lib, unga nisbatan ishonch va muhabbat yo‘qoladi.
Navbatchilik qilayotgan askarga vatan chegaralari omonat...
Tana a’zolarimiz biz uchun omonat. Bu omonatni saqlash uchun
ularni zararli ishlardan asrashimiz kerak...
Farzandlar ota-onaga omonat...
Yo‘lovchi haydovchiga, o‘quvchilar o‘qituvchiga,
kasallik
shifokorga, vazifalar mansabdorga omonatdir. Har kim bu
omonatlar haqida bir kuni javob beradi...
Ey farzandim, omonat bu odamlar huquqini himoya etishdir.
U ko‘p ishlarni o‘z ichiga oladi: ular jumlasidan vojib amallarni
bajarish, topshirilgan ishlarni egalari yo‘qligida puxta qilish,
qo‘shni qo‘shnisining sirini saqlashi, shifokor kasallarning sirini
– 329 –
saqlashi, inson bilmaydigan narsasi haqida so‘ralsa, “bilmayman”,
deyishi, tijoratchi yaxshi mol bahosida pul olganida yomon mol
sotmasligi va agar sotib oluvchi yoshi kichkina bo‘lsa
yoki narxni
bilmasa, mollarning narxini ko‘paytirmasligi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: