Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


O‘z haqingni tani, birovning haqidan qo‘rq!



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/210
Sana20.03.2022
Hajmi1,61 Mb.
#503119
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   210
O‘z haqingni tani, birovning haqidan qo‘rq!
dobli bola o‘z haqini tanib, uni birovga berib qo‘ymaydi. 
Ya’ni, seniki bo‘lishi kerak narsa senda bo‘lsin. Uni 
o‘zgalarga berib qo‘yma! Albatta bu yaxshi ma’nodadir. Sa-
xiylik ham me’yorida bo‘lishi kerak. Sening saxiyliging yoki 
ko‘ngilchanliging o‘z haqqingni boshqalar olib qo‘yishiga sabab 
bo‘lmasin! Ammo sen faqat va faqat o‘z haqqingni ol. Senga 
tegishli bo‘lmagan narsalarga, o‘zgalar mulkiga ko‘z olaytirma! 
O‘zgalar haqqini ema! Masalan, olish va sotishda tarozidan urib 
qolish, olayotganda ko‘p qilib olish va sotishda bir kilogramm 
o‘rniga 800-900 gramm qilib xaridorni aldash birovning haqqini 
eyishdir. Bunga yana boshqa o‘lchovlardan urib qolish, odam-
larni aldab, yomon narsani yaxshi deb sotish, o‘zgalarga tegishli 
narsalarni o‘g‘rilash kabi qabih ishlar ham kiradi.
Ey farzand, sen bularni yaxshilab anglab ol, hayotda to‘g‘ri va 
halol yashashga odatlan. Halollikda, to‘g‘rilikda gap ko‘p. Kim 
to‘g‘ri va rostgo‘y bo‘lsa, uning ishi unumli, hayoti barakali va 
fayzli bo‘ladi. Yolg‘on so‘zlab, birovning haqqini eb ko‘p foyda 
ko‘raman, degan odam xato qiladi. Chunki birovning haqqi bari-
bir buyurmaydi. Shuni unutma!


– 321 –
Bolalar lug‘ati
Hazar qilish
– ehtiyot bo‘lish, saqlanish, tiyilish; 
yomon ko‘rish.
Haq
– haqiqat, adolat, qonun, haqqoniy, rost, erk-
imkoniyat, biron kimsa yoki narsaga tegishli ulush.
Ko‘z olaytirish
– birovga tegishli narsaga yomon 
niyat bilan qarash.
O‘lchovdan urib qolish
– tarozidan va birovning haqqidan 
urib qolish.
Fayzli
– o‘ziga jalb qiladigan, ko‘rkam, istarasi issiq; farovon, 
to‘kin-sochin.
Ko‘ylagi yamoq bola
(Ibratli hikoya)
azrati Umar ibn Xattobning yosh o‘g‘li ko‘chada bolalar 
bilan o‘ynar edi. Bolaning ko‘ylagiga yamoq solingan 
bo‘lib, tengqurlari uning ustidan kulishdi. “Otang mo‘minlar 
amiri bo‘lsayu, sen shunday yirtiq-yamoq kiyimda yursang”, deb 
kamsitishdi. Hazrati Umarning o‘g‘li bundan juda xafa bo‘ldi. 
Otasining huzuriga borib:
– Bolalar kiyimimdagi yamoqlarni ko‘rib, ustimdan kulishyapti, 
– deb bo‘lgan voqeani so‘zlab berdi. Shunda Umar ibn Xattob 
o‘g‘liga:
– Xazinachiga borib, xazinadan bir kiyimlik mato berar 
ekansiz, otam maoshlaridan olib o‘rniga qo‘yar ekan, degin, – deb 
tayinladi.
O‘g‘il xazinachining oldiga borib, mo‘minlar amirining 
so‘zlarini aytdi. Xazinachi unga:
– Agar otang maosh olgunlaricha yashab turishlariga kafolat 
bersalar, aytgan matoni beraman, – dedi.
O‘g‘il xazinachining hech narsa bermasligini tushundi. Otasi 
huzuriga borib, xazinachi nima deb javob berganini aytdi. Shunda 
Umari Odil:


– 322 –
– Agar xazinachi sen aytgan matoni berib yuborganida edi, 
men uni o‘sha zahoti ishdan bo‘shatgan bo‘lar edim, – dedi, 
so‘ngra o‘g‘liga taskin berdi.

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish