Chet tillarni o‘rganish
ziz bolalar, inson eng avvalo o‘z ona tilini yaxshilab bilib
olishi kerak. Ona tilida gaplashishni va to‘g‘ri yozishni
o‘rganishi talab etiladi. Ona tili inson uchun eng kerakli va foydali
tildir. Ona tilini o‘rganib olgach, biron chet tilini o‘rganish mumkin.
Masalan, rus, ingliz va boshqa tillarni. Chet tillarini o‘rganish
insonga yangi-yangi ilm eshiklarini keng ochadi. Chunki boshqa
tillarda juda ko‘plab ma’lumot va yangiliklar mavjud. Masalan,
hozirda internet tarmog‘idagi ko‘p ma’lumotlar asosan rus va
ingliz tillarida berilgan. Ularni o‘qib tushunish uchun chet tilini
yaxshi o‘zlashtirish kerak. Ammo baribir o‘z ona tilimizni, o‘zbek
tilini hamma tillardan ko‘ra puxta o‘rganib borishimiz shart.
Aql-idrok fazilati
y farzand, aqlli kishilar bilan maslahatlash-sang, uning
aqli senga o‘tadi, undan ko‘p narsani o‘rganasan. Kishi o‘z
aqliga suyanib ish qilganda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Quyida aql-idrok bilan bog‘liq nasihatlarni keltiramiz. Ularni
diqqat bilan o‘qisang, aqlning fazilati va dono bo‘lish yo‘llari
haqida bilimga ega bo‘lasan.
Foydali nasihatlar
1. Har narsa aqlga muhtoj, aql esa tajribaga
muhtoj. Aql bilan tajribaning aloqasi suv bilan
erning aloqasi kabidir. Suv bilan er o‘zaro birga
bo‘lmasa, erda biron narsa unishi mumkin emas.
2. Kishining aqli sharaf va ulug‘lik asosidir.
Kimning aqli ko‘p bo‘lsa, ayblari yashirin va do‘stlari
undan rozi bo‘ladi.
– 318 –
3. Aqlli odam shunday kishiki, qiyin vaziyatdan osongina qutulib
ketadi. Dono shunday odamki, qiyin vaziyatga aslo tushmaydi.
4. Nafsning tizgini aqlning qo‘lidadir, aql nafs ustidan hukm
yurgizib, uni yomon yo‘ldan asrab turadi. Odatda, qaysi narsa
ko‘paysa, uning qadri kamayib boradi. Ammo aql ko‘paygan sari
uning qadri oshaveradi. Hamma narsaning chegarasi va to‘xtaydigan
joyi bor, ammo aqlning chegarasi yo‘q.
5. Aqlli odam o‘z nuqsonlari uchun uzr so‘raydi. Nodon odamning
gapi ko‘p bo‘ladi.
6. Serjahl boshda aql bo‘lmaydi.
7. Aqlliga bir ishora etarlidir.
8. Aqlli odam avval maslahatlashib, so‘ng ishga qo‘l uradi. Ahmoq
esa avval ishga qo‘l urib, keyin maslahatlashadi.
9. Pulni ishlatsang kamayadi, aqlni ishlatsang sayqal topib
ko‘payadi.
10. Ziyraklik bu insondagi tez fikrlilik va o‘ylagan narsasini darrov
topa olish qobiliyatidir.
11. Ne’matlar ichida eng ulug‘i aqldir. Shu aql odamlarni boshqa
yaratilganlar orasida mukarram va sharafli qilgandir.
12. Hayvonlar o‘zlariga keladigan zulm va jabrlarni shox,
tish, tumshuq va tirnoqlari bilan qaytaradilar. Lekin inson
aql va idroki bilan o‘ziga keladigan zarar va zulmlardan
saqlanadi.
13. Zakovatlilar tushunadilar, bilimlilar biladilar. Bilimli aqllilar
tilaklariga etadilar.
14. Aql egalari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini,
qadr va qimmatini so‘zlagan so‘zidan biladilar.
15. Mulohazali bo‘lish – bu insonni saodatga olib keluvchi
fazilatli fikrlarni, baxt-saodat uchun izlangan narsalarni tiklay olish
qobiliyatidir.
16. Tafakkur etmaslik va muhokama qila bilmaslik diniy, ijtimoiy
va shaxsiy hayotimizga juda ko‘p zarar keltiradi.
17. Aql tarozisida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir.
– 319 –
Do'stlaringiz bilan baham: |