8
tuproqqa biriktirib turish va zarur bo‘lgan ozuqa
moddalarni o‘tkazishdan iborat. Ulardan tashqari tal-
lomning ostki tomonida yana to‘q
binafsharangli qorin
tangachalari (amfigastriyalar) bir qavat bo‘lib joylash-
gan. Bu boshlang‘ich (embrional) holdagi barg
hisoblanadi.
Tallom ustki va ostki epidermis bilan qoplangan
bo‘lib, ustki epidermis tagidan bir qavat havo
bo‘shliqlari, ularni
tubidan bir nechta xlorofil
donachalariga ega bo‘lgan hujayralar joylashgan.
Har bir havo bo‘shliqlarida bittadan ustitsa (og‘izcha)
o‘rin olgan. Ular birgalikda havo bilan tutashgan
bo‘ladi. Bulardan tashqari, tallomning asosiy qatlamini
tashkil etadigan parenxima hujayralari bo‘lib, ularda
kraxmal yig‘iladi. Ostki epidermisdan esa rizoidlar
vujudga keladi.
Marshantsiya vegetativ yo‘l bilan ko‘payganda, tal-
lomning ustki yuzasida mayda dumaloq savatchalar
hosil bo‘ladi. Savatchalarni
ichki tomonining pastki
yuzasida ko‘payish kurtaklari joy olgan. Kurtaklar
yomg‘ir tomchilari qattiq ta`sir etishi natijasida, savat-
chalardan ajralib qulay sharoitga tushganda, o‘sib,
yangi tallomlarni hosil qiladi.
Jinsiy yo‘l bilan ko‘payish, bahor oylarining oxirlariga
to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda tallomda alohida anteridiyli va
arxegoniyli tirgovuchlar yetishadi. Anteridiyli tirgovchi
ikki qismdan, ya`ni cheti qisman bo‘laklarga
ajralgan
lappak va banddan iborat. Lappak qismi bir nechta oval
bo‘shliqlardan iborat bo‘lib, bu anteridial bo‘shliqlardir.
Ularning har birida bittadan anteridiy bor. Anteridiy
ellipsimon tuzilishga ega bo‘lgan kalta banddan iborat.
Ikki xivchinli spermatozoidlar ana shu anteriydagi sper-
magen hujayralaridan hosil bo‘lib, keyinchalik tashqa-
riga chiqadi.
Arxegoniyli tirgovchi shaklan ko‘p shu`lali yulduzga
o‘xshash tanacha va banddan iborat. Arxegoniylar tir-
govuchning pastki tomonida yulduzcha shu`lalari orasi-
9
dan joy olgan. Har bir arxegoniyni tuzilishi kolbachaga
o‘xshash bo‘lib,
qavarib turgan pastki qismida, ya`ni
qorinchasida tuxum hujayra yetiladi. Uning ustki tor
qismi ingichkalashib bo‘yinchasini hosil qiladi. Bo‘yin-
chadan kanal o‘tadi. Arxegoniylar perixetsiya degan
maxsus qoplag‘ich bilan o‘ralgan holda to‘da-to‘da
bo‘lib, ularning bo‘yin qismi pastga qaragan bo‘ladi. Har
bir arxegoniy yana alohida periantsiy deb ataluvchi
qavat bilan himoyalangan. Arxegoniy yetilgan vaqtda,
bo‘yin qismini uchi ochiladi va undagi kanalcha hujay-
ralari shilimshiq
modda ishlab chiqarib, kanalning
ichini to‘ldiradi. Ayni shu vaqtda anteridiyda yetilgan
ikki xivchinli spermatozoidlar tashqariga chiqib, suv
tomchilari bilan arxegoniylarga kelib tushadi. Kelib
tushgan spermatozoidlar kanal orqali, tuxum hujayraga
yetib kelib qo‘shiladi va natijada otalanish sodir bo‘ladi.
Otalangan tuxum hujayradan
jinssiz nasl sporogoniy
hosil bo‘ladi. Yetilgan sporogoniy qisqa band va ko‘sak-
chadan iboratdir. Ko‘sakchada gaploid to‘plamga ega
bo‘lgan sporalar bilan prujinachalar yoki elateralar
rivojlanadi. Sporalar yetilgandan so‘ng, ko‘sakcha yuqo-
ri tomonidan yoriladi va bir necha spora va prujina-
chalar tashqariga sochiladi. Sporalarni tarqalishiga
asosan prujinachalar yordam beradi. Spora qulay sha-
roitga tushgandan keyin o‘sa boshlaydi. Dastlab u
protonema ipini, keyinchalik
plastinkagacha aylanib,
yangi marshantsiya o‘simligi tallomini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: