25
Bu bo‘limning asosiy ajdodlari: Gieniyasimonlar -
(Hyeniopsida), Ponabargsimonlar - (Sphenopnyllopsida),
Qirqbo‘g‘imsimonlar - (Eqvisetopsida).
Birinchi va ikkinchi ajdod vakillari yo‘qolib ketgan,
bizning davrimizgacha yetib kelgan emas. Ulardan faqat
Qirqbo‘g‘imsimonlar ajdodiga oid, qirqbo‘g‘imnamolar
qabilasining vakillarigina yetib kelgan.
Bu qabilaga kiruvchi o‘simliklar poyasining ichki
tuzilishi bo‘shliqlardan iborat. Mayda barg shoxchalar
bo‘g‘imlarda halqasimon bo‘lib joylashgan.
Qabilaning
faqat bitta Qirqbo‘g‘imdoshlar oilasi (Eqvisetaceae) va
bitta qirqbo‘g‘im turkumi (Eqvicetum) bor. Bu turkum
hozirgi davrda 30 dan ortiq turga ega. Markaziy Osiyo
sharoitida 6 ta turi ma`lum. Shulardan eng keng
tarqalgan turlardan biri dala qirqbo‘g‘imidir.
Dala qirqbo‘g‘imi
Dala qirqbo‘g‘imi (6-rasm) ko‘p yillik, ildizpoyali o‘t
o‘simlik bo‘lib, u asosan botqoq, o‘tloq,
daryo va ariq
bo‘ylarida uchraydi. Poyasining balandligi 10-50 sm.
Poyaning yer ostki qismi ildizpoyaga aylangan. Ildizpoya
ham o‘z navbatida yer ustki qismi kabi bo‘g‘imlarga
bo‘lingan. Ildizpoya bo‘g‘imlarida tuganak va mayda
ildiz tutamlari hosil bo‘ladi. Tuganaklar zahira ozuqa
moddalar saqlashga moslashgan. Ildizpoyadan o‘sib
chiqqan yer ustki novdalar ikki xil: erta bahorgi va
yozgi. Bu novdalar tashqi morfologik tuzilishi jihatidan
bir-biridan alohida ajralib turadi.
Erta bahorgi novdalar qoramtir yoki qo‘ng‘ir rangda
bo‘ladi. Bu novdalarning bo‘g‘imlarida shaklan o‘zgar-
gan bir-biri bilan qo‘shilib,
naysimon qin hosil qilgan
o‘tkir uchli mayda barglar bor. Novdalarning uchki
qismlarida bir nechta sporofillardan (sporangiofor)
tashkil topgan, shakli duksimon tuzilishga ega bo‘lgan
sporali boshoqchalar vujudga keladi. Har bir sporofil 3
qismdan – olti qirrali lappak, qisqa oyoqcha va uning
26
atrofida joylashgan 8-10 ta sporangiydan iborat.
Sporangiylar ichida shakl jihatdan teng bo‘lgan elaterali
sporalar hosil bo‘ladi. Sporalar elateralar yordamida
tashqariga tarqaladi. Shuning
bilan bahorgi novdalar
quriydi. Bundan so‘ng, ildizpoyadan hosil bo‘lgan yozgi
(vegetativ) novdalar ham o‘z navbatida bo‘g‘im va
bo‘g‘im oraliqlariga bo‘lingan. Har bir bo‘g‘imda halqa-
simon tarzda joy olgan yon novdachalar bor. Bular ham
o‘z navbatida bo‘g‘imlardan tashkil topgan. Bo‘g‘imlarda
hosil bo‘lgan barglar mayda bo‘lib, ular deyarli xlorofil
donachalarga ega emas. Shu tufayli assimilyatsiya
jarayoni novda va yon novdachalarda amalga oshadi.
Yozgi novdalar to kech kuzgacha saqlanib qoladi va kel-
gusi yilni yer ustki qismi uchun ozuqa moddalar
to‘playdi.
Dala qirqbo‘g‘imi vegetativ
va sporalar yordamida
ko‘payadi. Vegetativ yo‘l bilan ko‘payganda ildizpoya va
tuganaklar ishtirok etadi. Sporalar yordami bilan ko‘pa-
yishi otalik va onalik gametofitlari hosil bo‘lishi bilan
boradi. Sporalar sirtdan bir-biridan farq qilmasa ham,
lekin ular ichki tuzilishi – fiziologik jihatidan farq qiladi.
Shuning uchun sporalar nam yerga tushgandan so‘ng,
ba`zi birlari o‘sib otalik gametofit, boshqalari esa onalik
gametofitlarini hosil qiladi. Lekin bu doimo saqlanib
qoladigan farq bo‘lmay, tashqi muhit ta`sirida otalik
gametofitlarida arxegoniylar,
onalik gametofitlarida esa
anteridiylar hosil bo‘lishi ham mumkin. Har ikkala
gametofit tasmasimon uzun yoki qisqa bo‘laklarga
bo‘lingan yashil ko‘rinishda bo‘ladi. Otalik gametofitlari
onalik gametofitlariga nisbatan kichik. Ularda anteri-
diylar yuzaga kelib, ko‘p xivchinli spermatozoidlar
yetiladi. Onalik gametofitida arxegoniylar rivojlanadi.
Arxegoniy tuxum hujayrasini
otalanishi natijasida
zigota hosil bo‘lib, undan yangi qirqbo‘g‘im o‘simligi,
ya`ni sporofit nasl o‘sib chiqadi. Otalanish suv
yordamida rivojlanadi.