Gistologiyaga kirish. Gistologiya va embriologiyaning tekshirish usullari. Mikroskopik
texnikaning asosiy qoidalari.
Gistologiya (yunon. histos — to‘qima, logos — ta’limot, fan) fani hujayra, to‘qima va a’zo
(organ)larning taraqqiyoti, tuzilishi hamda ularning hayot faoliyatlarini o‘rganuvchi ta’limotdir.
U boshqa fanlarning so‘nggi yutuqlaridan foydalanib, o‘ta tez rivojlanib bormokda. Gistologiya
anatomiya,
fiziologiya, bioximiya, patologik anatomiya kabi tibbiyot fanlari va biologiyaning
turli sohalari bilan uzviy bog‘langan. Hozirgi paytda gistologiya sitologiya, embriologiya,
umumiy va xususiy gistologiyani o‘z ichiga oladi.
Sitologiya hujayralarning taraqqiyoti, tuzilishi va faoliyatini o‘rgansa,
embriologiya
(yunoncha qo‘shma so‘z bo‘lib, em - ichida, brio – qobiq, birgalikda esa embrio — pusht,
o‘suvchi) odam va xayvonlar taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganadi. Umumiy gistologiya, ya’ni
to‘qimalar haqidagi ta’limot turli a’zo to‘qimalarining taraqqiyoti, tuzilishi hamda vazifalarini
chuqur talqin qiladi. Xususiy gistologiya esa odam va hayvonlar ma’lum bir a’zolari va ular
tashkil etgan sistemalarning taraqqiyoti, tuzilishi va hayot faoliyatini o‘rganadi.
Gistologiya fanini bunday alohida kurslarga bo‘lib o‘rganish shartli hisoblanadi.
CHunki
organizm bir butun bo‘lib, uning barcha qismlari bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘langan.
Hujayralar va hujayralararo modda to‘qimalarni tashkil etsa, bir necha to‘qimalar majmuasi
ma’lum bir organ (a’zo) hosil qiladi, o‘z navbatida organlar kelib chiqishi, tuzilishi va
vazifasiga qarab ma’lum bir tizim (sistema)larga kiritiladi.
Gistologiyani
o‘rganishda, asosan, mikroskopik usuldan foydalaniladi.
Elektron
mikroskopning yaratilishi to‘qima va a’zolarning nozik tuzilishini o‘rganish uchun keng yo‘l
ochib berdi. Oxirgi yillarda fan va texnologiyalarning rivojlanishi hujayra va to‘qimalarda
kechadigan jarayonlarni molekulyar-genetik darajada o‘rganish imkoniyatlarini yaratdi.
To‘qilmalarning tuzilishi va taraqqiyotini o‘rganish CH. Darvnnning evolyusiya ta’limotiga
asoslanib olib boriladi. Odam tanasini hosil qiluvchi hujayra, to‘qima va organlar tarixiy
taraqqiyot natijasida oddiylikdan murakkablikka — oliy shakl ifodasiga etishgan, organik tabiat
yaratgan evolyusiey jarayonning mahsuli deb qaraladi.
To‘qimalarni o‘rganish tashqi muhit bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan organizmning bir butunligi
nuktai-nazaridan olib boriladi. Organizmning yaxlitligi esa barcha organ va sistemalar
faolnyatinipg uygunligi hamda neyro-endokrin sistemalarning asosiy etakchilik roli bilan
belgilanadi.
To‘qimalarni funksional tomondan yondoshib o‘rganish zamonaviy gistologiyaga xosdir.
Hujayra, to‘qima va a’zolar tuzilishinipg ular faoliyatiga bog‘liq tomonini yorituvchi
gistologiyadagi bu yo‘nalish gistofiziologiya yoki funksional gistologiya deb ataladi.
Struktura
(tuzilma) va funksiya (faoliyat)ning chambars bog‘liqligi qonuniyati gistologiyada yaqqol
namoyondir. Tuzilma (struktura) — bu har qanday faoliyat (funksiya) ning material asosini
(substratini) tashkil etadi. Masalan, nerv hujayralari va to‘qimasidan tashkil topgan bosh mnya
inson tafakkurining moddiy substrati hisoblanadi. Hujayralar yadrosi va organellalari
organizmada kechadigan turli xil moddalar almashinuvi jarayonining struktur asosini tashkil
etadi. Zamonaviy gistologiya, sitologiya va embriologiyada qo‘llaniladigan
gistokimyoviy,
molekulyar-genetik va immuno-gistokimyoviy usullar faqatgina hujayra, to‘qpma va a’zolarning
tuzilishini, ular faoliyati darajasini ko‘rsatibgina qolmay, balki ro‘y berayotgan jarayonlar
qonuniyatlarini ochib berish va ularni boshqarish imkoniyatlarini yaratadi. . Gistologiya,
sitologiya va embriologiya fani hal qilayotgan ilmiy muammolar nazariy va amaliy tibbiyotning
ravnaqi uchun muhim ahamiyatga ega.
Gistologiya, sitologiya va embriologiya fani oldiga qo‘yilgan muhim va hal etilpshi lozim
bo‘lgan vazifalar quyidagilardir:
odam va hayvonlar hujayra, to‘qima va a’zolarining taraqqiyoti, differensiallanishi,
tuzilishi va faoliyatining umumiy qonuniyatlarini ochib berish;
yaxlit organizm miqyosida to‘qima va a’zolar hayot
faoliyatini boshkaruvchi
mexanizmlarning struktur-funksional asoslarini o‘rganish;
turli xil to‘qimalarning fiziologik va patologik holatlarda qayta tiklanish yoki
regeneratsiya qilish qonuniyatlarini o‘rganish hamda regeneratsiya jarayonlarining
boshqarilish mexanizmlarini ochib berish;
odam to‘qimalari va a’zolarining yoshga qarab va turli sharoitlarga moslashuvida
kuzatiladigan xususiyatlarini aniqlash;
odam hujayralari, to‘qimalari va a’zolarining embrional taraqqiyoti qonuniyatlarini
va rivojlanish nuqsonlari kelib chiqishining struktur-funksional mexanizmlarini
o‘rganish;
tashqi
muhitdagi turli biologik, fizik va kimyoviy omillarining hujayra, to‘qima va
a’zolarga ta’sirini o‘rganish.
Gistologiya, sitologiya va embriologiya fani, anatomiya, fiziologiya va biokimyo fanlari
bilan bir qatorda, nazariy tibbiyotning asoslaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Zamonaviy
tibbiyotning aksariyat yutuqlari (o‘zak hujayralarni ajratib olish va tibbiyotda qo‘llash, turli xil
o‘smalarni tashhislash va davolash, ekstrakorporal urug‘lantirish va boshqalar) ko‘p jihatdan
ushbu fanda ochib berilgan yangiliklar bilan bog‘liqligi uning shifokor uchun naqadar muhim
ekanligini tasdiqlaydi. Hozirgi kunda gistologik tekshirish usullari klinik meditsinada keng
ko‘lamda qo‘llaniladi. Har xil klinik usullar bilan bir qatorda turli morfologik metodlar — qon
va suyak ko‘migi hujayralarini, me’da-ichak
shilliq pardasiii, jigar, taloq va boshqa a’zolar
olingan bioptatlarni o‘rganish bemorga aniq va to‘g‘ri tashhis qo‘yishda o‘ta muhim ahamiyatga
ega.
Klinik praktikada so‘nggi yillarda me’da, ingichka va yug‘on ichak shillliq pardasining turli
o‘zgarishlarini aniqlashda morfologik va sitologik diagnostika o‘z o‘rnini topdi. Turli egiluvchan
fibroskoplarning paydo bo‘lishi va ularning keng ko‘lamda ishlatilishi har xil patologik
holatlarning o‘z vaqdida aniqlanishiga imkoniyat beradi. Jarohat ustidan olingan surtmalarni
tekshirish jarohat bitayotganda hosil bo‘layotgan granulyasion to‘qima hujayralari va bu erdagi
mikroblar holatlarini ko‘rsatib beradi. Bu usulning qo‘llanilishi jarohat regeneratsion holatini
aniqlash, organizmning qarshilik kuchini belgilab olish va yarani davolash omillarini hal
kilishda muhim rol o‘ynandi.
Hujayralarda
ro‘y beradigan murakkab ximik, fizik jarayonlarning o‘rgaiilishi
gistologiyaning ximiya va fizika fanlari bilan bevosita bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. SHunday qilib,
gistologiya, sitologiya va embriologiya normal va kasal odam organizmining hayot faoliyatining
morfofunksional xolatlarini chuqur ilmiy o‘rganib, tibbiyot fanida muxim o‘rin tutadi.