e-qaror.gov.uz
18.03.2022
1
2022 года «19» января
21-4-0-Q/22
Хокимият Кашкадарьинской
области
Sobiq Qarshi kompyuter texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji
negizida Qashqadaryo axborot texnologiyalari texnikumini tashkil etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
maydagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar
tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
288-sonli qarorining bajarilishini ta’minlash hamda sobiq Qarshi kompyuter
texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji negizida Qashqadaryo Axborot
texnologiyalari texnikumini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6 va 25-
moddalariga asosan
QAROR QILAMAN:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
maydagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar
tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
288-sonli qarori ma'lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti Qarshi filiali (O.Amanov)ning Qashqadaryo
axborot texnologiyalari texnikumini sobiq Qarshi kompyuter texnologiyalari
va servis kasb-hunar kolleji negizida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi
ma’qullansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
2021- yil 4-avgustdagi 02/26-4/1-2373-sonli xati inobatga olinsin.
4. Qashqadaryo axborot texnologiyalari texnikumi sobiq Qarshi
e-qaror.gov.uz
18.03.2022
2
kompyuter texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji negizida Qarshi
shahar, “Bog‘ishamol” MFY, Chorbog‘ ko‘chasi 2-uy manzilida tashkil
etilsin.
5. Sobiq Qarshi kompyuter texnologiyalari va servis kasb-hunar
kollejining hududi, bino va inshootlari hamda jihozlari bilan Qarshi
muhandislik iqtisodiyot instituti (Bazarov) balansidan Qashqadaryo axborot
texnologiyalari texnikumi balansiga beg‘araz o‘tkazilsin.
6. Viloyat Moliya bosh boshqarmasi (Yusupov), Qarshi muhandislik
iqtisodiyot instituti (Bazarov), viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va
muvofiqlashtirish boshqarmasi (Yangiboev), TATU Qarshi filiali (Amanov)
va Qashqadaryo axborot texnologiyalari texnikumi (Abdirahmonov)
birgalikda o‘n kun muddatda sobiq Qarshi kompyuter texnologiyalari va
servis kasb-hunar kollejining hududi, bino va inshootlari hamda jihozlarini
Qashqadaryo axborot texnologiyalari texnikumi balansiga topshirish va qabul
qilish ishlarini o‘rnatilgan tartibda amalga oshirsin.
7. Ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining
o‘rinbosari R.Yuldashev zimmasiga yuklatilsin.
Viloyat hokimi v.b.
M.Azimov
Do'stlaringiz bilan baham: |