Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/240
Sana20.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#502566
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   240
Bog'liq
Тилшуносликдаги муаммо ва ечимлар 2022 3

"oraliq dunyo"
ekanligiga ishongan. Demak, xalqning tafakkur tarzini til 
belgilaydi, deyishimiz mumkin. Aynan Veysgerber zamonaviy tilshunoslikda 
mashhur bo‘lgan dunyoning lingvistik rasmi tushunchasini kiritgan. 
1
.
Aynan Germaniyada E. Trir, L. Vaysberger, G. Ipsen va boshqalarning 
asarlarida lug‘atni tizimli o‘rganishni xalq tarixi va “milliy maʼnaviyat” bilan 
bog‘lovchi lingvistik va konseptual sohalar nazariyalari paydo bo‘ladi. Shunday 
qilib, dastlab til va madaniyat o‘rtasidagi munosabatlar g‘oyasi milliy davlatlarning 
shakllanishi sharoitida paydo bo‘lgan va kelajakda ko‘pincha milliy g‘oya bilan 
bog‘langan.
Roman mamlakatlarda etnolingvistika
-
Roman mamlakatlarida, birinchi 
navbatda, etnolingvistikaning sotsiolingvistik yo‘nalishi ifodalanadi. Yevropa 
etnolingvistikasida bu yo‘nalishning vazifalarini tushunish uchun G. Shuhardtning 
(1842-1927) “So‘zlar va narsalar” (нем. «Worter und Sachen») nomi bilan atalgan 
nazariyasi juda muhim bo‘lib, va unda so‘z tarixini voqelik tarixi bilan chambarchas 
bog‘lab o‘rganishga e’tibor qaratgan. Bu yerda italyan neolingvistlari J. Bonfante 
(1904-2005), V. Pizani (1899-1990) va boshqalarning asarlari ham yonma-yon 
joylashgan. Italiya neolingvistlari nuqtai nazaricha, til o‘zgarishlarining aksariyati 
etnik chalkashliklardir. Aralash va kesishish izlarini har bir tilda topish mumkin. 
Tillar o‘rtasida aniq chegaralar yo‘q, bir til boshqasiga silliq (muammosiz) o‘tadi. 
Italiya neolingvistlari substrat roliga katta e’tibor berishdi. 
2

 
Roman tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda dastlab etnolingvistikaning 
sotsiolingvistik tarmog‘i eng faol rivojlanganligi tilshunoslik va antropologiya 
rivojlanishining umumiy yo‘nalishi bilan bog‘liq. Fransiyada “etnolingvistika” 
atamasi XX asrning 50-60 yillarida paydo bo‘lgan. Fransuzzabon antropologiyada 
K. Levi-Strossning nomi (shuningdek, amerikalik antropologlar), tilshunoslikda esa 
- Ferdinand de Sossyur (1857-1913) nomlari mashhur edi. Shu sababli, 
etnolingvistika ko‘pincha "ibtidoiy" deb ataladigan jamiyatlarni tahlil qilishga 
ixtisoslashgan sotsiolingvistikaning bir tarmog‘i sifatida yoki dialektologiya va 
1
Бурас М., Кронгауз М. Жизнь и судьба гипотизы лингвистической относительности [Электронный ресурс]// 
Наукв и жизнь. 2011. 
2
Герд А. С. Введение в этнолингвистику.СПб,1984. -С.4. 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
77 
lingvistik geografiyaning bir tarmog‘i sifatida qaraladi: Fransiyada tilshunoslikning 
bu sohalari ayniqsa samarali rivojlangan.
Fransuzzabon etnolingvistikada sotsiolingvistik, folklor va kognitiv 
yo‘nalishlardan tashqari, ham rivojlangan, ammo kommunikativ yo‘nalish eng keng 
tarqalgan edi. Kommunikativ yo‘naltirilgan etnolingvistikadagi eng muhim natijalar 
"nutq etnografiyasi"
yoki 
"muloqot etnografiyasi"
deb nomlangan yo‘nalish bilan va 
birinchi navbatda amerikalik tadqiqotchilar D. Xaimz (1927-2009) va J. Gamperts 
(1922-2013) nomlari bilan bog‘liq. (qarang. 2. 2 bo‘lim). Fransiyada muloqot 
etnografiyasi doirasidagi klassik asar bu - 
"Etnologiya va nutq. Dogonning so‘zi"
J. 
Calam-Griol. 
1
. Hozirgi vaqtda bunday turdagi tadqiqotlar fransuzzabon 
etnolingvistikasida eng ko‘p uchraydi.
Etnografizmlar — milliy ekzotikaning yorqin namunasi. Ularni ekzotik 
leksika ham deyish mumkin. O‘zbek tili etnografizmlarga boy. Bu ularning turli 
hududda yashashlari, turli xalqlar bilan madaniy aloqalarga egaligi bilan bog‘liq.
Tilshunoslikda etnografik tahlil uchun aksar hollarda xalq urf-odatlari, 
an’analariga tegishli tushuncha nomlari obyekt sifatida olinadi. O‘zbek 
tilshunosligida etnografizmlar tadqiqiga, asosan, XX asrning 70–80-yillarida 
kirishildi. Sobiq Ittifoq davrida xalq urf-odatlariga yetarli darajada e'tibor 
berilmasdan, ularning eskilik sarqiti deya baholanishi bu muammoga doir ilmiy 
tadqiqotlar doirasini ham cheklab qo‘ygan. Bu boradagi ilk tadqiqot ishlarini A. 
Jo‘raboyev
2
va Z. Husainova
3
lar amalga oshirdilar. A. Jo‘raboyev tadqiqotda 
xalqimizning xilma-xil ko‘rinishga ega urf-odati mavjudligi va ularning tilimizdagi 
nomlari hamda ularni o‘rganishning nazariy amaliy ahamiyatini ko‘rsatib o‘tgan. 
Bundan tashqari, urf -odat, an’ana ifodalari bo‘lgan etnografizmlar Sh. Nurullayeva, 
Y. Bobojonov
4
kabi tadqiqotchilarning ishlarida formal tadqiq usullarida keng 
o‘rganilgan.
M. Qahhorova esa etnografizmlarni lison nutq musanniyati asosida sistemaviy 
tadqiq qilgan
5
. Ta’kidlash o‘rinliki, etnografik leksika mavzu va hajm jihatidan juda 
keng. To‘y marosimlariga oid etnografizmlar alohida o‘rganishni taqozo etadi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, har bir millat o‘z tili, dini, urf-odatiga ega. 
Millatlar orasidagi bog‘liqlik, tillar takomillashuvi jarayonlarini o‘rganishda esa 
etnolingvistika sohasining o‘rni katta. Bu soha tarix uchun uzoq o‘tmishga ega 
bo‘lmasada, ko‘pgina linvistik olimlarning e’tibor markazida. Vaysgerber har bir 
tilning o‘ziga xosligi va dunyoning o‘ziga xos tasviri - madaniy o‘ziga xos model, 
1
Calame-Griaule G. Ethnologie et sciences du langage // Les sciences du langage en France au XX-ieme siècle, 1992. 
2
Джурабаев И. Названия свадебных церемоний в узбекском языке: Дисс… канд. филол. наук. -Ташкент, 1971. 
Juraboev I. O‘zbek tilida to‘y-marosim nomlari.-Toshkent: Fan, 1971. 
3
Хусаинова З. Ономосиологическое исследование свадебных обрядов узбекского языка: Дисс….канд. 
филол.наук. -Ташкент, 1983. 
4
Nurullaeva Sh. Turkiston qarluq tip shevalarida to‘y marosim nomlari: Filol.fanlari nomzodi…diss.-Toshkent,2001.
5
Qahhorova M. O‘zbek tili etnografizmlarining system tadqiqi: Filol.fanlari nomzodi…diss. -Toshkent,2009. 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
78 
til esa ob’ektiv voqelik va ong o‘rtasidagi o‘ziga xos 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish