Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/240
Sana20.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#502566
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   240
Bog'liq
Тилшуносликдаги муаммо ва ечимлар 2022 3

Key words: 
ethnography, ethnology, ethnoculture, wedding names, customs, 
general ethnolinguistics, particular ethnolinguistics.
Globallashuv kuchayishi bilan o‘zligi - tili, urf-odati va madaniyatini saqlab 
qolishga intilayotgan, ularning bu umumiy girdobda omon qolishini xohlayotgan 
xalqlar etnografiya va etnolingvistikaga alohida e'tibor qaratadilar. Ma’lumki, 
etnolingvistika-tilshunoslikning xalq (millat, elat) va uning tili orasidagi aloqa va 
munosabatni etnolisoniy (etnik madaniyat va etnik til mushtarakligi tamoyili) asosda 
o‘rganuvchi soha. Etnolingvistika til va uning rivojiga turli etnik guruhlarning 
qanchalik hissa qo‘shganini, bu jarayonda etnoslar orasidagi yaqinlik, mushtaraklik 
yoki ularning bir-biridan ajralish, uzoqlashish xususiyatlarini tadqiq qiladi.
Tilshunoslikning etnik onomastika, areal lingvistika, lingvistik geografiya, 
dialektologiya, til tarixi, sosiolingvistika, xaritashunoslik sohalari Etnolingvistika 
erishgan ilmiy natijalardan foydalanadi. Etnolingvistika, ayniqsa, yozuvga ega 
bo‘lmagan xalqlarning etnografiyasini o‘rganishda, ularning tillaridagi etnik 
xususiyatlar bilan bog‘liq lisoniy materiallarni to‘plash va tadqiq qilishda qo‘l 
keladi. U, asosan, ikki yo‘nalishda ish ko‘radi:
- xalqning etnolisoniy xususiyatini tavsifiy asosda o‘rganish;
- xalqning etnolisoniy xususiyatini tavsiyaviy asosda o‘rganish.
Birinchi maqsadni shartli ravishda tashqi va ikkinchisini ichki maqsad deyish 
mumkin. Til va etnik xususiyat munosabati, ularning bir-biriga ta’siri ikki yo‘sinda 
kechadigan jarayon:
- etnik omil (urf-odat, an’ana, falsafiy, diniy qarashlar va h.) ning til rivojiga 
ta’siri;
- lisoniy omilning etnos (va etnik xususiyat) rivojiga ta’siri.
Etnolingvistika til va uning rivojiga etnik guruhlarning qanchalik xissa 
qo‘shganini ham, bu jarayonda etnoslar orasidagi yaqinlik, mushtaraklik yoki 
ularning bir-biridan ajralish, uzoqlashish xususiyatlarini ham tadqiq qiladi. Bu 
yuqorida aytilgan birinchi, tashqi maqsad uchun ahamiyatliroq. Birinchi maqsadda 
ko‘proq tavsifiy tadqiq metodikasi asosida ish ko‘riladi. Tilshunoslikning etnik 
nomshunoslik (onomastika), areal (hududiy) lingvistika, lingvistik jo‘g‘rofiya, 
dialektologiya (shevashunoslik), til tarixi, sotsiolingvistika, xaritashunoslik sohalari 
etnolingvistikaning mazkur tavsifiy usulda qo‘lga kiritgan ilmiy natijalardan 
foydalanadi. Etnolingvistika, ayniqsa, yozuvga ega bo‘lmagan xalqlarning 
etnografiyasini o‘rganishda, ularning tillaridagi etnik xususiyat bilan bog‘liq lisoniy 
materiallarni to‘plash va tadqiq qilishda ham o‘zining birinchi maqsadini ko‘proq 
namoyon qiladi.
Etnolingvistika (yunon tilidan - «xalq, qabila» va «tilshunoslik») tilni 
madaniyatga munosabati, til faoliyati va evolyutsiyasidagi lingvistik, etnomadaniy 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
73 
va etnopsixologik omillarning o‘zaro taʼsirini oʻrganuvchi tilshunoslikning 
yo‘nalishidir. Kengroq tushuncha beradigan bo‘lsak etnolingvistika madaniyat, xalq 
psixologiyasi va mifologiyasining “tarkib rejasi”ni lingvistik usullardan foydalangan 
holda, ularni rasmiy taqdim etish usullaridan qat’iy nazar, o‘rganuvchi murakkab fan 
sifatida qaraladi
1
. Umuman olganda, etnolingvistika - tilni madaniyat bilan 
munosabatini 
o‘rganadigan tilshunoslik sohasidir
2

Oxirgi 
ta’rif eng 
umumlashtirilgan ta’rifdir, garchi ko‘pincha gumanitar fanlarda bo‘lgani kabi, 
etnolingvistika uchun bir qator turli xil ta’riflar taklif qilingan.
Bundan tashqari, til va madaniyat predmeti o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘lgan 
fanning o‘zini turlicha atash mumkin masalan: etnolingvistika, antropologik 
tilshunoslik, lingvistik antropologiya, madaniy tilshunoslik deb atash mumkin. 
Ingliz tilida so‘zlashuvchilar (ayniqsa amerikalik) o‘z asarlarda 
ethnolinguistics
"etnolingvistika" atamasi (yoki u bilan birga) o‘rniga 
linguistic anthropology
"lingvistik antropologiya" atamasi, kamroq - 
anthropological linguistics
"antropologik tilshunoslik" yoki 
cultural linguistics
"madaniy tilshunoslik" 
terminlarini qo‘llashadi. Antropolog A. Dyuranti bu atamaning murakkab tarixini 
quyidagicha izohlaydi: “Til va madaniyat predmeti bo‘lgan fanning turli nomlari – 
lingvistik 
antropologiya, 
antropologik 
lingvistika, 
etnolingvistika 
va 
sotsiolingvistika haqidagi dastlabki munozarada, ismlar unchalik sinonim emas, 
tadqiqot ob'ektiga turlicha nazariy va uslubiy yondashuvlardan dalolat beruvchi 
qancha belgilar borligi haqida ta’kidlagan edim” – dedi. (перевод наш. — 2. Р.)» 
[Ригапи, 2003, с. 323].
Etnolingvistika boshqa bilim sohalari: madaniyatshunoslik, etnografiya, 
folklorshunoslik, antropologiya, sotsiolingvistika, psixolingvistika, aloqa nazariyasi 
va semiotika bilan bog‘liq. Etnolingvistikaning qamrovi juda keng va asosiy qiziqish 
sohasiga qarab, uni kognitiv, kommunikativ, sotsiolingvistik va folklorshunoslikka 
bo‘lish mumkin. Qolaversa, sinxron va diaxronik etnolingvistikani ajratib 
ko‘satadigan peterburglik tadqiqotchi A. Gerdning fikriga qo‘shilmay bo‘lmaydi. 
“Diaxronik etnolingvistika til va lingvistik usullardan uzoq o‘tmishni, xalqning etnik 
tarixini, moddiy va ma’naviy madaniyati tarixini bilish vositasi sifatida foydalanadi. 
Sinxron etnolingvistika til va tilshunoslik usullarini zamonamizning dolzarb milliy 
va ijtimoiy muammolariga kirib borish vositasi sifatida ko‘rib chiqadi”
3
.
Etnolingvistikada quyidagi ikkita chambarchas bog‘liq muammolar markaziy 
o‘rinni egallaydi, ularni "kognitiv" (lotincha 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish