Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/240
Sana20.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#502566
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   240
Bog'liq
Тилшуносликдаги муаммо ва ечимлар 2022 3

 
o‘zbek
 
nazmida, ko‘proq insonga, uning qalbiga, 
“men"dagi “men"iga qaratilgan
 
asarlar maydonga keldi va kelmoqda. Ana shunday 
tuyg‘ulari ummoniga g‘arq qila oladigan, she'rlari orqali umuman o‘zgacha bir 
olamga olib kiradigan, Go‘zal Begim ta'biri bilan aytganda “dardlari yuqumli" 
ijodkor Oydinnisodir. Uning she'rlarida insoniy tuyg‘ular va iztirob yetakchilik 
qiladi. Lirik qahramon kitobxon ongida bo‘y ko‘rsatadi va dardli misralar yurakka 
singadi. Xuddi, quyidagi misralardagi kabi: 
Ehtimol, baxtsizlik bexabar 
Mening ko‘zgumdagi aksidan.
Manglayimni g‘ijimlab boqar,
Qochib bo‘lmas sira dastidan.
Badiiy asar tilida tasviriy vosita juda qadimiy va keng qo‘llanuvchi lingvistik 
xususiyatdir. Unda tilning rang-barang uslubiy imkoniyatlari o‘z ifodasini topadi. 
Davrlar o‘tishi bilan ijtimoiy-siyosiy hayotda yangilanish bo‘lgani sari badiiy tilda 
ham yangicha jilolar paydo bo‘ladi, tasviriy vositalar yangicha mazmun kasb etadi, 
tilning o‘ziga xos uslubiy bo‘yoqlarini namoyon etadi. Shu sababli ham sintaktik 
figuralar va troplarning yozuvchi va shoirlar tili va uslubi doirasida o‘rganish 
tilshunoslik fani oldida hamisha dolzarb va muhim masalalardan biri bo‘lib qoladi. 
Shuning uchun ham tilshunoslikda badiiy tasvir vositalarini o‘rganishga katta e'tibor 
bilan qaralmoqda.
Oydinniso she'riyati ham o‘zining bir qator badiiy tasviriy vositalarga boyligi 
bilan ajralib turadi. Shunday uslubiy figuralardan biri so‘zlar takroriga asoslangan 
anafora hodisasidir. Takrorning mazkur turiga shoira ijodidan juda ko‘plab misollar 
keltirish mumkin. Shuni ta'kidlash joizki, anafora hodisasi ma’noni kuchaytirishga, 
nutqni ta’sirchan qilishga xizmat qilsa-da, eng asosiysi misralardagi semantik ma’no 
hisoblanadi. Ijodkor badiiy tasvir vositasiga muvofiq she’r yozib, semani unutsa, 
kutilgan natijani ololmasligi mumkin. O‘zbek tilshunosligida badiiy matn tadqiqi 
sohasida jiddiy izlanish olib borgan olim M. Yo‘ldishev “Badiiy matn 
lingvopoetikasi” asarida ham shakl va mazmunning uyg‘unligi tamoyili haqida aytib 
o‘tgan.
Anafora Oydinniso misralarida semantik ma’no bilan muvofiq va mutanosib 
tarzda qo‘llanilgan: 

Onam hali yosh deb aldangan gumroh 
Onam mangudir deb adashgan banda.

Qotib qolgan osmonning ko‘ksi 
Qotib qolgan yer yana ko‘proq.

Oshkor aylagandek butoq, yaproqlar
Oshkor aylayverdi yuragim zorin.

Qirq yomg‘irdan sidirdim g‘amni,


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
198 
Qirq yomg‘irim quvonchga do‘ndi.

ochiq tasvirlashga xizmat qiladi. Har lahza bir orzu chorladi imlab,
Har lahza o‘rtadi mumtoz ayriliq.

Shuncha uzoq uchdingmi g‘arib,
Shuncha uzoq kechikkuningcha… 
Yuqoridagi misralardan ko‘rinib turibdiki, so‘zlarni takror qo‘llash she'rning 
ma’nosiga putur yetkazmagan. Aksincha, ma’noni to‘laroq ochish va fikrni to‘laroq 
yetkazish uchun xizmat qilgan.
Ketib borayapman, bilmam qayoqqa,
Ketib borayapman, men ketmog‘im shart.
Tortib borayotir yuragim ortga,
Tortib borayotir bir davosiz dard. 
1
Yuqoridagi misralarda anaforaning ishlatilishi kitobxonni lirik qahramon 
kechinmalari girdobiga kiritadi. Ularni bir-biriga yaqinlashtiradi. Ijodkor 
tuyg‘ularini bir qadar 
Shoira ijodida faqatgina so‘zlar takrori emas, balki, tovushlar takroriga 
asoslangan alliteratsiya hodisasi ham kuzatiladi. Alliteratsiya nutqdagi tovush 
takrori demakdir. 
2
Alliteratsiyadan ham me'yorida va eng asosiysi badiiy tasvir 
vositasiga zo‘r bermasdan, ma’noga zarar yetkazmay qo‘llash lozim. Oydinniso 
she'rlarida alliteratsiyadan me'yorida va semantik ma’no bilan mushtarak holatda 
foydalnilgan. “Poyonsiz ko‘ngilni ko‘mib kuzlarga" “k" tovushidan, “Qarog‘imda 
quyosh qadalgan" “q" tovushidan alliteratsiyaning namunalari yuzaga kelgan.
Oydinniso til vositalarining birikmalar shaklidagi aktuallashuviga asoslangan 
oksyumoron hodisasidan ham she'rlarida ajoyib obrazlilikni yuzaga keltirishda 
foydalangan.
Ko‘zyosh kabi tovushsiz isyon 
Va shovqinli jimlik kulguday 
Haqiqatday haqsiz bir gumon 
Va unga inonmoq o‘lguday.
Bilamizki, oksyumoronda ma’nolari bir-biriga yopishmaydigan so‘zlar 
yonma-yon ishlatilib, yangi ma’no kasb etadi. “tovushsiz isyon", “shovqinli jimlik" 
poetik vositalari ham xuddi shunday vazifani bajargan. Biron odamga yoki tuzumga 
nisbat ko‘tarilgan g‘alayon isyondir. Va u tovushsiz bo‘lmaydi. Jimlik esa, 
tovushsizlikdir, u qanday qilib shovqinli bo‘lishi mumkin? Mantiqan o‘ylaganda bu 
mumkin emas. Biroq, shoiraning ushbu misralari butun bir yaxlit asar serjiloligini 
oshirishga xizmat qilgan.
1

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish