123
oliy o’quv yurtlari, Mudofa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar
vazirligi qoshida
Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Jahon
iqtisodiyoti va diplamatiya unverseteti, Toshkent aviasiya insituti, Navoiy tog’-
konchilik instituti, Toshkent moliya instituti va boshqalar shular jumlasidandir.
Prezident I.A. Karimov o’zini 1992- - yil,
avgust oyida nashr etlgan
«O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» asarida mustaqil O’zbekiston
talim tizimidagi vazifalarni quyidagicha belgilaydi: «Umumiy ta’lim olish, kasbni
va tegishli maxsus tayyorgarlikni o’tashni erkin tanlashda barchaga barovar huquq
berish. Yangi demokratik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish
lozim bo’ladi. Bunda o’zbek xalqning va respublika xududida yashovchi boshqa
xalqlarning milliy, tarixiy va madaniy an’analari, ma’naviy tajribasi ta’lim va
tarbiya tizimizga uzviy ravishda kiritilishi zarur»
177
.
Konstitutsiyamizning 41-moddasida «Har kim bilim olish huquqiga ega» deb,
yozib qo’- yilgan
178
.
1995 - yil, sentyabr oyida mamlakat Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat
qurilish akademiyasi tashkil qilindi. Akademiyadagi jarayon kadrlarni siyosiy,
madaniy, ma’naviy hamda kasbiy jihatdan tayyorlash, majmunni o’z ichiga oladi.
Akademik ta’lim tinglovchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar,
keng aql-
zavokat, chuqur bilim va mulohaza tashabbus, muammolarni hal etishga ijodiy
yondashuv asosida hozirgi fan tafakkurini shakllantirishga qaratilgandir
179
.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 - yil, 5 fevralda
qabul qilgan «O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlari uchun abituriyentlarni
test yo’li bilan tanlab olish to’g’risida»gi qarorida muvofiq shu - yildan boshlab
oliy o’quv yurtlariga abituriyentlarni qabul qilishda
test usulidan foydalanila
boshladi va u ijobiy natija berdi
180
.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh
qilish yo’llari ishlab chiqildi. 1997 - yil, 29 avgustda Oliy Majlisning IX
sessiyasida O’zbekiston Respublikasi, «Ta’lim to’g’risida» Qonuni va «kadrlar
tayyorlash» milliy dasturi» qabul qilindi. Milliy dasturning maqsadi ta’lim sohasini
tubdan isloh qilish, uni mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xolos etish,
rivojlangan demokratik davlatlar
darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan
iboratdir.
Ta’lim islohoti va uning istiqbollarini belgilashda qo’yidagi tamo- yillar asos
qilib olindi:
- ta’lim – tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi:
- ta’lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi;
- ta’limda umuminsoniy va milliy, madaniy-ma’naviy qadriyatlarning
ustivorligi;
177
Karimov I.A. O’zbеkistоn buyuk kеlаjаk sаri. Тоshkеnt. 1999, - B. 20.
178
O’zbеkistоn Rеspublikаsining Коnstitutsiyasi, Тоshkеnt. 2008, - B. 9.
179
Тyurikоv В., Shоg’ulоmоv R. O’zbеkistоn Rеspublikаsi 100 sаvоl, 100 jаvоb. Тоshkеnt. 1998, -B. 98.
180
O’shа mаnbа. B. 109.
124
- millati, e’tiqodi, dinidan qat’iy nazar barcha fuqarolar uchun ta’lim
olish
imkoniyati yaratilganligi;
- ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta’siridan xoliligi.
Mustaqillik - yillarida mamlakatimizda yagona uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi.
U maktabgacha tarbiya, umumta’lim maktabidan tashqari ta’lim, hunar-texnika
ta’limi, o’rta maxsus va oliy ta’lim, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka
oshirish tarmoqlarini o’z ichiga oladi.
Respublikada amalga oshirilayotgan qayta o’zgartirishlarnining
asosiy
harakatlantiruvchi kuchi xilma-xil sohalarda ishlayotgan mutaxassilardir. Shuning
uchun ham davr talabalarini hisobga olgan holda mamlakatda kadrlar tayyorlashga,
xalqning boy aqliy merosi va bu sohadagi chet el tajribasi asosida ta’lim tizimini
shakllantirishga shunday katta e’tibor berilmoqda. Qabul qilingan kadrlar
tayyorlash Milliy dasturida mutlaqo yangi tuzilmalar – o’qish muddati kamida 3 -
yil bo’lgan akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari tuzish nazarda tutilgan
181
.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998 - yil, 24 fevralda
«Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlar tashkil etish hamda ular faoliyatining
boshqarish to’g’risida» qaror qabul qildi
182
.
«Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va milliy dastur ta’lim tizimini tubdan isloh
qilishni taqozo etadi. Islohotlar bosqichma-bosqich o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: