93
boshqarish jarayonida qo’llaniladigan tadbirlardan biri, ba’zi muhim masalalarni
umumxalq ovoziga, umumxalq so’roviga, xalq muhokamasiga qo’yib hal etishdi
93
.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti saylovi to’g’risidagi Qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga navbatdagi saylov 2000 - yil, 9 yanvar kuni bo’lib o’tdi. Fidokorlar
milliy demokratik partiyasidan I.A.Karimov uchun saylovchilarning 91,9
foizi
ovoz berdi. O’zbekiston xalq demokratik partiyasidan nomzodi ko’rsatilgan
Abdulhafiz Jalolovga 4,2 foiz saylovchi ovoz berdi.
2000 - yil 9-yanvarida o’tkazilgan Prezidentlikka saylov yakuniga ko’ra
«O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida»gi Qonnuning 35
moddasiga muvofiq I.A.Karimov 5 - yil muddatga O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti lavozimiga saylandi.
2002 - yil 27-yanvar kuni «Siz O’zbekiston Respublkasi Prezidenti vakolat
muddati 5 - yildan, 7 - yil qilib o’zgartirilishiga rozimisiz?» - mavzuida umumxalq
referendumi o’tkaziladi. Referendum yakunlariga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti vakolati muddati 5 - yildan 7 - yil qilib o’zgartirildi. Oliy Majlisning
ikkinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasida O’zbekiston Prezidenti vakolati
muddatini 2007 - yilgacha cho’zishga qaror qilindi.
O’zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
89-moddasida
qayd
qilinganidek, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasida
davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining raisi hisoblanadi «Konstitutsiyaning 90-
moddasiga ko’ra, Prezident «O’zbekiston Respublikasining
fuqarolari tomonidan
to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan 5
- yil
(2002 - yil 27 yanvardagi o’tkazilgan referendum natijalariga ko’ra 7 - yil)
muddatga saylanadi» 93-moddaga binoan Prezident «Respublika Oliy Majlisiga
har - yili ichki va halqaro ahvol xususida ma’lumotnoma taqdim etadi»
94
.
Ammo, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2007 - yil 11- aprelda
qabul qilgan Qonuni bilan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-
moddasidagi, 93-moddasining 15-bandiga, 102- bandaning ikkinchi qismiga
tuzatishlar kiritildi. Jumladan, 89- moddasidagi «O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar mahkamasining Raisi hisoblanadi» degan jumla
olinib, ushbu modda «O’zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig’idir
va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda
hamkorligini ta’minlaydi»
95
degan jumlalar o’rin oldi.
1992 - yil, 8-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deb,
ataladigan bo’ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida «O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga
93
Мustаqillik: Izоhli ilmiy-оmmаbоp lug’аt. А.Jаlоlоv vа Q.Хоnnаzаrоv
umumiy tаhriridа, ikkinchi nаshri. Т.:
Sharq, 2000. -B. 188.
94
O’shа mаnbа. B. 261.
95
O’zbеkistоn Rеspublikаsining Коnstitutsiyasi, Тоshkеnt. 2008, - B. 22.
94
oshiradi», deb belgilab qo’- yilgan. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament
– O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko’rildi, 1993 -
yil 28-dekabrda «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida»,
1994-yil 22-sentyabrda «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida»
qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo’yicha
ko’ppartiyaviylik asosida besh - yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan
iborat bo’lishi belgilandi.
Oliy Majlisga birinchi saylov 1994 - yil 25-dekabrda ko’ppartiyaviylik va
tanlash asosida o’tkazilgan. 1995 - yil 8- va 25-yanvar kunlari takroriy saylovlar
bo’lib, 250 ta deputat saylandi. Deputatlar tarkibida 15 millat vakillari kirdi,
ulardan 208 nafar deputat, yoki 83,2 foizi Oliy davlat vakillik organiga birinchi
marta saylangan edi. Oliy Majlis deputatlarining 15 nafari ayol bo’lib, har bir
yettinchi deputat ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega
96
.
O’zbekiston Respublikasi birinchi chaqiriq Oliy Majlisining birinchi sessiyasi
1995 - yil, 23-24 fevralda Toshkentda bo’lib o’tdi.
Sessiyada Prezident
I.A.Karimov «O’zbekistonni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlantirishning asosiy
tamoyillari» to’g’risida ma’ruza qildi
97
.
Oliy Majlis 1995-1999 - yillarda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga
asoslangan demokratik davlat qurishdan iborat yo’lni huquqiy jihatdan
ta’minlashga qaratilgan 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 ta qonun, 452 ta qaror
qabul qildi. Shuningdek, u 70 ta xalqaro shartnomani ratifikasiya qildi, xalqaro
konvensiyaga qo’shilish to’g’risida 58 ta qaror qabul qildi.
Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1999 - yil
dekabrda saylovlar bo’lib o’tdi. Saylovlarga 7 ta subyekt-beshta siyosiy partiya,
hokimiyat vakillik organlari va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami
1010 nafar nomzod qatnashdi. Oliy Majlisga O’zbekiston xalq demokratik
Do'stlaringiz bilan baham: