3
Ishning umumiy tavsifi
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z
mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin, mamlakatdagi barcha sohalarda bo‘lgani
kabi, ilm-fanni rivojlantirishga ham alohida e’tibor berila boshlandi. Bunda
Respublika prezidenti I.A.Karimovning quyidagi so‘zlarini alohida ta’kidlash
kerak: “Ilm-ziyo—bu xalqning, Vatanning ulkan boyligi, kelajak poydevoridir.
Uni rivojlantirishda davlat imkoni bo‘lgan hamma ishni qiladi, hech
narsani
ayamaydi. Iqtisodiy muammolar ertami-kechmi hal etiladi, lekin ilmiy boyligini
qadrlamagan, uning taraqqiyoti uchun qayg‘urmagan davlatning kelajagi
bo‘lmaydi. Buni biz doimo yodda tutmog‘imiz shart!”
1
Shu yillardan tilshunoslikning
ham barcha sohalari, jumladan,
shevashunoslik bo‘yicha bir qancha tadqiqotlar maydonga keladi.
Ammo ta’kidlash kerakki, o‘zbek shevashunosligi ayniqsa, O‘zbekiston va
undan tashqaridagi o‘zbek tilining o‘g‘uz hamda qipchoq lahjalari leksikasini
tadqiq qilishda hamma ishlar amalga oshirildi deb bo‘lmaydi. Hali bu borada hal
qilinishi lozim bo‘lgan muammolar oldinda turibdi.
Keyingi yillarda o‘zbek tilining shevalarini o‘rganish, ularni ilmiy tadqiq
qilish kabi muhim ishga e’tibor biroz kamayganligini ta’kidlash kerak.
O‘zbek xalqi tomonidan asrlar osha to‘plangan so‘z boyligi adabiy tilda
hamda shevalar leksikasida o‘z aksini topganligi barchaga ayondir.
Bu manbalarda xalqimizning o‘tmishi va hozirgi kuni butun borlig‘i
bilan
aks etgan. Bunda shevalar adabiy tildan kam ahamiyat kasb etmaydi.
O‘zbek tilining barcha shevalari uning boyish manbalaridan biri bo‘lib
xizmat qilgan. O‘zbekiston va O‘zbekistondan tashqaridagi o‘rganilmagan o‘zbek
shevalarini barcha lingvistik aspektlarda o‘rganish, tadqiq etish muhim
masalalardan biridir
2
.
1
И.А.Каримовнинг Вазирлар Маҳкамасида Олий таълим масалаларига бағишланган йиғилишида сўзлаган
нутқи. «Туркистон» газетаси. 1999, 20 июнь.
2
Шоабдураҳмонов Ш., Ишаев А. Ўзбек шеваларининг ўрганилиши ва навбатдаги вазифалар. “Ўзбек тили
ва адабиёти”. 1968, 5, 35-38 бетлар.
4
Hozirgi paytda shevalarning ko‘p jildlik lug‘atini tuzish shevashunoslar
oldida turgan muhim masalalardan biridir. Buning uchun O‘zbekistondagi barcha
o‘zbek shevalarini mintaqaviy o‘rganish zarur. Bu xususda taniqli
shevashunos
olim Ahmad Ishayev O‘zbekistondagi ko‘pchilik shevalarning leksik tarkibi hanuz
to‘la darajada o‘rganilmaganligi, mintaqalar bo‘yicha tuzilgan dialektal lug‘atlarda
ham barcha shevalarning leksik boyligi yetarli darajada o‘z aksini topmaganligi
ta’kidlangan edi
1
.
Xususan, Xorazm viloyatidagi o‘zbek shevalarining
lingvistik jihatdan
tahlili katta-katta tadqiqotlarni talab qiladi. Ayniqsa, Xorazm qipchoq tip shevalari
lingvistik tadqiqotlarga ko‘proq muhtojligini ta’kidlash kerak. Chunki bu hudud
shevasi Xorazm areal tilshunosligining eng kam o‘rganilgan sohasidir.
Tadqiqot mavzusining muhimligi yana shu
bilan belgilanadiki, Gurlan
hamda Yangibozor tumanlari shevalaridagi o‘ziga xosliklar, o‘xshash
jihatlarni,
ya’ni hududiy rang-baranglikni ko‘rsatish dolzarblik kasb etadi.
O‘g‘uz va qipchoq shevalarini qiyoslab shevalar bag‘rida yashayotgan
etnolingvistik omillarga ham ahamiyat berib, Xorazm qipchoq shevasi leksikasi
bo‘yicha lug‘at
tuzish mumkinligi, ushbu mavzu alohida tadqiqot obyekti sifatida
o‘rganilmaganligi mavzumizning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: