Trast bitimi
– muayyan qimmatli qog‘ozlar to‘plamini ishonch asosida
boshqarishga tayanadigan fond bo‘yicha shartnomaviy kelishuv.
Trast kompaniya
– xususiy shaxslar va tashkilotlar uchun sir saqlanadigan
(ishonchli) xizmatlarni bajaradigan kompaniya.
Trast-vakil
– ishonch bildirilgan vakil.
Trast bitimning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda bank mijozga
mablag‘larni qo‘yish va ularning oqibatlari to‘g‘risida xatlar yuborib, uni doimiy
ravishda xabardor qilib turadi. Agar salbiy moliyaviy holatlar yuz bersa, bank
mijoz oldida javobgar bo‘lmaydi. Bu holat asosan aksiyalarga sarflangan
mablag‘larga tegishli bo‘lib, ularning bahosi ba’zida oshishi yoki pasayishi
mumkin.
17
Kapitalni boshqarishning turlari
№
Kapitalni
boshqarishnin
g
turlari
I Z O H
1
.
Qattiq
konservativ
·
mijozning mablag‘lari faqatgina eng ishonchli
bo‘lgan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning davlat
qimmatli qog‘ozlariga sarflanadi. Bunda zarar ko‘rish
xavfi umuman bo‘lmaydi.
2
.
Konservativ
·
mablag‘larni rivojlangan mamlakatlarning davlat
qimmatli qog‘ozlariga va yirik xalqaro banklar
depozitlariga qo‘yish nazarda tutiladi. Lekin bunda
banklarning sinish holati mavjud bo‘lganligi sababli bu
tartibda mablag‘larni joylashtirish mijozlarga so‘zsiz
foyda olishlarini har doim ham kafolatlamaydi.
3
.
O‘rtacha
konservativ
·
mablag‘larni jahonning asosiy fond birjalarida
baholangan aksiyalarga qo‘yish tushuniladi. Investitsi-
yalashning bu yo‘nalishi foyda bilan bir qatorda zarar
ko‘rish xavfini ham tug‘diradi.
4
.
O‘rtacha
agressiv
·
bu mablag‘larni fan-texnika taraqqiyotini belgilab
beruvchi kompaniyalarning aksiyalariga sarflanishini
bildiradi. Bunda ularning kursi tebranib turadi. Shu
tufayli kapitalni boshqarishning bu turi ayrim risklar
bilan bog‘liq bo‘ladi.
5
.
Agressiv
·
bu mablag‘larni «Osiyoning to‘rt ajdarhosi»
(Gonkong, Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya)
kompaniyalarining aksiyalariga sarflashni ta’minlaydi.
Bunda katta foyda bilan birga katta zarar ko‘rish ham
mumkin.
Korrespondentlik munosabatlarini amalga oshirishda banklar tomonidan
shifrlar tizimi qo‘llanadi. Teleks xabarlari banklararo muno-sabatlarda hujjat bo‘lib
xizmat qiladi. Bank tizimida qo‘llaniladigan telekslar ichki va xalqaro bo‘lishi
mumkin.
Bank foydasining manbalari, berilgan kreditlar bo‘yicha bank oladigan
foizlarning oshirilishi, qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan investitsiyalar (qo‘yilmalar)
bo‘yicha foiz va dividendlar, hisob-kitob, faktoring, trast va boshqa vositachilik
18
operatsiyalaridan olinadigan vosi-tachilik mukofotlari, birja bitimlari bo‘yicha
valyuta operatsiyalaridan keladigan tushumlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Bu
tushumlar bankning likvidligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |