H a m d a m o V turkiy xalqlar adabiyoti tarixi



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana19.03.2022
Hajmi1,07 Mb.
#501247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
@BOOKS KITOB TURKIY XALQLAR ADABIYOTI TARIXI

Muammoli vaziyat:
1.Afsona debnimaga aytiladi? Siz oila sharoitida biror 
afsona eshitganmisiz?
2. Tu rkiy so‘zi m a’nosini izohlang.
3. O'zbek so‘zi qachon va qanday kelib chiqdi?
T alab alarga bu savollar yozd irib qo'yilad i. S o'n g
«D evonu lug'atit turk» asari bo'yicha m a’lumot beriladi. 
Dars oxirida muammo yechimi so'raladi. Talabalar javob 
beradilar.
Savol va topshiriqlar
1. Turkiy xalqlar deganda kimlarni tushunasiz? Ularga 
hozir qaysi xalqlar kiradi.
2. Tu rkiy xalqlarning qadimiy madaniyatlari qanday 
darajada edi? Ularning adabiyoti qanday rivoj topdi?
3. «Devonu lug'atit turk» asari haqida so'zlang.
Bu asarga nimalar kiritilgan? Asarning ahamiyati 
haqida gapiring.
4. «E libek»«Zarin a va Striangiya »afsonalarida qanday 
g'oyalar ilgari suriladi?
5.Turkiyxalqlar o'rtasidagi madaniy-adabiy aloqalar 
haqida nima deya olasiz?
6. Turkiy xalqlar o'rtasidagi hozirgi adabiy aloqalami 
qanday izohlaysiz'7
7. N izom iy va Navoiy. G ’.G'ulom va S.Muqanovlar 
o'rtasidagi do'stlik to’ g ’nsida so'zlang.


Ас1аЫуо<:1аг
1. М. Коютарий. Девони луготит турк. Тошкент. 1962 
йил.
2. Б.Тухлиев. «К утадгу билиг» асари хдкуща. Тошкент. 
1991 йил.
3. П ам ятн и ки древно-тю ркской письменности. 
Москва-Ленинград. 1951 йил.
4. А.Абдурах;монов. А л п Эр Тунга жангномаси. 
Тошкент. 1993 йил.
5. Ш.Холматов. Узбек халк; поэтик ижоди. Тошкент. 
1994 йил.
13


T U R K A D A B IY O T I T A R IX I
Turk xalqining o g ‘zaki ijodi. 
Turk xalqi tu rkiy 
qavm larning ichida aholi jihatidan eng ko‘pi va eng 
rivojlangani bo'lib hisoblanadi. Bu qavm o‘z mustaqilligi 
va erki uchun asrlar davomida kurashib, murakkab tarixiy 
davrni boshidan kechirgan. Saljuqlarning Kichik Osiyoga 
yurishi munosabati bilan hozirgi turk davlatiga asos solina 
boshlandi. Bu davlat X I- X IV asrlarda imperiya sifatida 
shakllandi. Usmonli turklar nomi bilan mashhur bo'lgan 
bu davlat uzoq asrlar Kichik Osiyoda va uning atrofidagi 
hududlarda hukmronlik qildi.
Turkiya aholisining 90 foizini turklar tashkil qiladi. 
B u lardan tashqari, tu rk m illatiga mansub k ish ila r 
Bolqonda, K iprda, Yevropa mamlakatlarida va boshqa 
joylarda ham ko'plabyashaydi. An a shu turklar adabiyoti 
juda qadimdan boshlangan. U boy an’anaga ega bo'lib, 
janr jihatidan ham rang-barangdir. Turk halq og'zaki 
ijodida juda ko'plab q o ‘shiqlar, ertaklar, afsona va 
rivoyatlar mavjud. Eng qadimgi turk xalqi dostonlaridan 
b iri «Y a ra tilis h doston i» bo'lib, unda inson iyatn in g 
yaratilishi, dastlabki turk ajdodlari haqida q iziqarli 
rivoyatlar berilgan. Ayniqsa, « 0 ‘g ‘iznoma» nomli dostonda 
qahramonlik m otivlari ko'tarinki ruhda kuylangan. Bu 
doston bir qancha bo'limlardan iboratdir. G o‘ro‘g ‘li obrazi 
qatnashgan bir qancha dostonlar sikli ham mavjud bo‘lib, 
ular boshqa turkiy xalqlar adabiyotidagi shu tip d a gi 
dostonlar bilan hamohangdir.
«D ad a Q o 'rq u t» haqidagi doston ham turk x alqi 
fo lk lo r in in g en g b a q u v v a t asa rla rid a n b iri b o 'lib
hisoblanadi. Bulardan tashqari turk xalq og'zaki ijodida 
ko'plab turli mavzulardagi mavsum-marosim, m ehnat 
qo'shiqlari, ertaklar, latifalar va hikoyatlar uchraydi.
14


Nasriddin A fa n d i nomi bilan mashhur bo'lgan latifalar 
dastlab turk xalqi og'zaki ijodida paydo bo'lgan.
T u r k a d a b iy o t in in g ilk y o z m a y o d g o r lik la r i.
Turklarning ham dastlabki yozma adabiyoti arab va fors 
tillarida yaratilgan. Chunki X I- X IV asrlarda Turkiyada 
saljuqlar saltanati davrida arabtili din va fan tili, fors tili 
esa saroy poeziyasi tili rolini o'yn a r edi. Keyinchalik turk 
tilida ilk badiiy asarlar yaratila boshladi. Eng birinchi Turk 
yozuvchilaridan biri sifatida Jaloliddin Rumiyni (1207 - 
1273) ko'rsatish mumkin.
Ota-bobolari asli Xorazmlik turkiy qabilalardan bo'lgan. 
Jaloliddin R u m iy Sharq klassik adabiyotining u lu g‘ 
siymolaridan biridir. Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, 
Alisher N a vo iy kabi buyuk zotlar Jaloliddin Rumiyga 
e ’tiqod qilganlar va o'zlariga ustoz deb bilganlar.
Shoir 1207 yilda Balx shahrida tavallud topgan. Uning 
otasi Muhammad Bahoiddin Valad o‘z davrining mashhur 
so'fisi, v a ’ zxoni bo'lgan. Q andaydir sabablar bilan u 
Balxdan Bag'dodga ko'chib ketadi, keyin esa Turkiyaning 
bir qancha shaharlarida yashaydi. Shu davrdagi Turk 
sultoni Aloiddin Kaykubod Jaloliddinning otasini Kunyo 
shahriga taklif qiladi. Saljuq sultonlarining bosh shahri 
Kunyoda ilm -m a’rifat ahllari to'plangan edi. Bahoiddin 
Valad shu yerda madrasalarda dars berdi, v a ’zlar o'qidi. 
U juda mashhur bo'lib ketdi, uning o'qigan v a ’zlariga 
hatto Sulton Kaykubodning o'zi ham ko'pincha ishtirok 
etardi 1231 yili Alouddin Valad vafot etgach, uning o'rniga 
o 'g'li Jaloliddin bosh mudarris etib tayinlandi.
Jaloliddin otasidan o'rgangan bilimlarini ishga solib, 
uning ishlarini davom ettirdi. Otasining mashhur shogirdi 
Burxoniddin Termizdan Kunyoga keladi. Uning maslahati 
bilan Jaloliddin Rum iy 1233 yilda o'z bilimlarini yanada 
t a k o m illa s h t ir is h uch u n X a la b g a b o ra d i va o 'z
15


zamonasining mashhur olimi Muxiddin Ibn al-A rabiy 
bilan tanishadi. Bu yerda u to‘rt yilcha tasavvuf va fikx 
ilmidan saboqlar oladi. U Kunyoga qaytib kelib, yana 
bosh mudarris vazifasida ishladi. Uning shuhrati butun 
musulmon olamiga yoyilib bordi. 1244 yil Jaloliddin Rumiy 
hayotida katta voqea yuz berdi. Kunyoga Shamsiddin 
Tabriziy degan darvish keldi. Bu inson o‘z zamonining 
mashhur so'fiylaridan bo‘lib, tasavvuf ilmi sirlarini juda 
chuqur tushungan. Jaloliddin shu kishi bilan tanishib, u 
bilan umrbod yaqin do‘st va maslakdosh bo'lib qoldi.
U Shams T a b riziy bilan tanishgach, uning ilhom 
bulog‘ining ko'zi ochildi. U endi dilidagi fikrlarini she’riy 
yo'lda izhor qila boshladi. 54 ming misradan iborat «Devoni 
kabir» to'plamini yaratdi. Jaloliddin Rum iy o‘z shogird- 
lariga ruhoniy tushunchalarni musiqa va raqs vositasida 
egallash y o ‘ lini o'rgatdi. Shoir yashagan davrdan to 
bugungi kunlargacha Turkiyada Jaloliddin Rumiyning 
«raqsi samo‘ »si ibodat usullaridan biri sifatida davom etib 
kelmoqda.
Jaloliddin R u m iy olti jild lik «M a s n a v iy » kitobini 
Fariddin Attorning «Mantiqut tayr» kitobidan ilhomlanib 
yozgan. Bu kitob 25700 baytdan iborat bo'lib, xalq orasida 
«Fors tilidagi qur’on» deb juda yuqori baholanadi.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish