H a m d a m o V turkiy xalqlar adabiyoti tarixi


Ozarbayjon realistik adabiyotining shakllanishi



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/23
Sana19.03.2022
Hajmi1,07 Mb.
#501247
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
@BOOKS KITOB TURKIY XALQLAR ADABIYOTI TARIXI

Ozarbayjon realistik adabiyotining shakllanishi. 
H u s a y n J o v id (1 8 8 2 -1 9 4 5 ) X X asr O z a r b o y jo n
adabiyotining yorqin siymolaridan biridir. U Naxchevan 
shahrida tug'ildi. Dastlab Tabrizda madrasada o'qidi. Keyin 
Stambul universitetida adabiyot bo'lim ini tamomladi. 
Naxchevan, Ganja, Tiflisda o'qituvchilik qildi. 1915 yildan 
Boku shahrida yashadi. 1926 yilda sog'ligi yomonlashgani 
tufayli davolanish uchun Germaniyaga boradi va bu yerda 
bir qancha va q t yashaydi. Stalin qatag'on i yillarida 
yozuvchiga «millatchi» deb ayb qo'yiladi. 1937 yil qamoqqa 
olinadi va 1945 yil ana shu qamoqxonada vafot etadi.
Husayn Jovid dramaturgiya janrida muvaffaqiyatli ijod 
etdi. Uning «K n y a z », P a yg'a m b a r». «S h ayx San’on», 
«X a y y o m ». «O 'p q o n », «A m ir T e m u r», «Ib lis » nomli 
dramatik asarlari butun dunyoga mashhur bo'lgan. «A m ir 
Tem ur» dramasi o'zbek tiliga ham tarjima qilingan. Asarda 
Tem urning Boyazid bilan olib borgan urushi hikoya 
qilingan. Bunda G 'a rb n in g a y y o r diplom atiyasi ikki 
qondosh xalqni bir-biri bilan urishtirib qo'ygani hikoya 
qilingan. O'sha vaqtda Butun dunyoning katta qismi turk 
hukmdorlari qo'li ostida edi. Bu hukmdorlarning biri Turk 
sultoni Yeldirim Boyazid, ikkinchisi A m ir Tem ur edi. 
Asarda ana shular o'rtasidagi jang va uning oqibatlari 
haqida fik r yuritiladi.
Sam ad V u rg'u n O zarbayjon n in g Qozoq rayonida 
tug'ilgan. Yusuf Samad o‘g ‘li Vekilov (V u rg ‘un-adabiy 
taxallusi “ oshiq” degan m a’noni bildiradi) Boku va Moskva 
oliy o‘quv yurtlarida o'qigan. Shu yillardan boshlab uning
36


“ Shoirlik qasami” , “ F on a r” , “ K o'n gil daftari” , “ Tong 
qo‘shig‘i” kabi to'plamlari nashr qilindi. S.Vurg'un X X
asr ozarbayjon adabiyotining klassik shoiri edi. Afsuski, 
uning ko‘pgina asarlari kommunistik mafkura ta’sirida 
yozilgan. Lekin shoir shunday asarlarida ham yuksak 
badiiy m ahorat ch o'qqisiga ko'tarildi. U bir qancha 
poemalar yozdi. Shoirning bu dostonlarida ozarbayjon 
klassik dostonlari a n ’ analari bilan G 'a rb iy Y evrop a 
adabiyoti an’analari u yg‘unlashibketgan. “ Yigirma oltilar” , 
“ K o lx o z c h i x o tin B a sti h a q id a q issa ” , “ M o ‘ g ‘ o n ” , 
“ Zanjining orzulari” kabi dostonlari o‘z davrida juda 
mashhur bo'lgan.
Samad V u rg'u n iste’dodli dram aturg sifatida ham 
barakali ijod qildi. U n in g ta rixiy m avzudagi “ V o q if” 
tragediyasi ayniqsa mahorat bilan yozilgan. Bu asar Uyg'un 
bilan I.Sultonning “ A lish er N a v o iy ” nomli dramasiga 
o'xshashdir. Shoir taqdiri, ijodi bu asarda xalq taqdiri 
bilan bog‘liq tarzda tasvirlangan. Yozuvchining “ Farhod 
va Shirin” dramasi N izom iy “ Xam sa” sidagi shu nomli 
doston asosida yozilgan bo'lsa, “ X on lar” dramasi esa 
zam onaviy mavzuda yozilgan. Xonlar Bokudagi ishchilar 
sinfining yirik vakili sifatida tasvirlangan.
A nor 1938 yilda mashhur shoir Rasul Rizoning oilasida 
tug‘ilgan. On asi N igor R afibeyli ham mashhur shoira edi. 
Anor keyingi yillar Ozarboyjon adabiyotining yirik vakili 
sifatida ko‘ plab baquvvat asarlar ijod qilmoqda. Uning 
«Besh qavatli uyning oltinchi qavati» nomli asarida hozirgi 
zamondoshlarimizning ruhiy dunyosi katta mahorat bilan 
chizib burilgan. Asarda Zuar bosh qahramon. U Taxmina 
ismli ayolni jonidan ham ortiq yaxshi ko‘radi. Taxmina 
ham Zuarni sevadi. Shuning uchun u oilasini buzib, Zuar 
bilan yashaydi. Lekin hayotning turli zarbalari, ya'ni 
Zuardagi asossiz rashklar natijasida ular ajralishadi.
37


Zuarni otasi qo'shni qiz 
Farangizga uylantiradi. A n a
shundan keyin jurnalist bo'lib ishlab yurgan Taxm ina 
v a fo t etadi. Zuar Taxm inaning o'lim iga hech ishonmaydi, 
baribir bir kuni uni uchrataman deb o'ylab yuradi. Bir 
kuni k o‘ chada Taxm inani ko'radi, u esa Zuardan qochib 
troleybusga chiqadi. U ning orqasidan yugurib ketgan 
Zu arga T axm in a troleybus oynasidan avvalgidek q o ‘l 
siltaydi. Zuar troleybusni kuzatib boraveradi, u qiz esa 
troleybusdan tushib besh qa va tli uyga kiradi. U ning 
orqasidan borgan Zuar qizning besh qavatli uyning oltinchi 
qavatiga chiqib ko'zdan g'o y ib bo‘lganini ko'radi. L iftda 
esa oltinchi qavatning tugmachasi ham y o ‘q edi. Bu bilan 
y o z u v c h i T a h m in a n in g ru h i osm onga ch iq ib k e td i 
dem oqchi bo'ladi. Asarda katta falsafiy fikrlar berilgan. 
«D antening yu bileyi» nomli qissada esa hozirgi davrning 
dolzarb m uam m olariga munosabat bildiriladi. Asarda 
talantli aktyor Fayzullaning savodsiz, madaniyatsiz va 
xudbin rejissor Siyovush tomonidan tahqirlanishi hikoya 
qilinadi. Bu bilan adib dono, bilimdon kishilar bugungi 
kunda ham boshi kulfatdan chiqmayotganligini aytmoqchi 
bo'lgan. Fayzulla oq ko'ngil sodda, o‘z kasbini nihoyatda 
sevadi, qancha qiyinchilik bo'lsa chidaydi. U hatto o‘ zi 
ishlayotgan teatrga ham kassadan bilet sotib olib kiradi. 
B ir kuni xotinini ham teatrga taklif qiladi. Lekin unga 
teatrdan bilet bermaydi. Shunda Siyovushning yugurdak- 
laridan biri M ajid uni axmoq qilib, bundan bir hafta oldin 
o ‘tib ketgan Italyan shoiri Dantening 700 yillik yubileyiga 
berilgan taklifnomani beradi. Fayzulla xotini bilan u yerga 
borib aldanganini biladi. Shunda ham u M ajidga qarshi 
gapirm aydi. Fayzullaning o ‘g ‘li Eldor ham talantli yosh- 
lardan. Lekin o‘z yurtida o'qishga kiraolmaydi, chunki 
o'qishga kirish ham pul bilan bo'ladi. Shuning uchun u 
M oskvaga borib o‘qishini orzu qiladi. Uning sevgan qizi
38


R a ’no ham bu yigit kam bag'alligi uchun boshqa badavlat 
yigitga turmushga chiqib ketadi.
Xullas, bu qissada A n or jam iyatdagi ildiz otib ketgan 
poraxo'rlik, tovlamachilik, oshna-og‘aynigarchilik kabi 
illatlarni tanqid qilgan.
Dramaturgiya sohasida esa Maqsud Ibrohimbekovning 
“ Q a so s” , A n o r n in g “ S h a h a r to b is to n i” , B a x tiy o r
Vahobzodaning “ Yong'indan so‘n g” kabi pyesalari katta 
shuhrat qozondi.
O 'zbek va ozarbayjon adabiy aloqalari tarixi uzoq 
o'tmishdan boshlanadi. K eyin gi yillarda bu aloqa yanada 
mustahkamlandi. O zarbayjon adabiyotining ko'pgina 
asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinmoqda.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish