Amaliy mashg‘ulot № 26
Mavzu: Soliq to‘lovchilarga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish
(my.soliq.uz) portali bilan tanishish
.
Amaliy ishni bajarish rejasi:
1.
Soliq to‘lovchilarga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish (my.soliq.uz) portali
bilan tanishish
.
2.
My.soliq.uz elektron davlat xizmat portalidan foydalanish tartibi.
Amaliy mashgʻulot maqsadi
:
Soliq to‘lovchilarga elektron davlat xizmatlari
ko‘rsatish (my.soliq.uz) portali bilan tanishish. Portal xaritas i, elektron xizmatlar
turlari bilan tanishish va amalda qo‘llash.
Soliq to‘lovchilarga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish (my.soliq.uz) portali
bilan tanishish
.
«Elektron davlat xizmatlar» portali «Soliq» axborot tizimlari kompleksini
soliq solish sohasida interaktiv xizmatlarni ko‘rsatish uchun integratsiya qilish
loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadi –davlat soliq xizmati organlari tomonidan
aholi va biznesga ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlarini optimallashtirish,
ularning sifatini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va natijada soliq to‘lovchilarning
xizmatlardan foydalanish darajasini oshirishdan iborat.
Qisqa davr ichida Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlarni qayta ishlash
markazi asosida alohida infratuzilma, ma’lumotlar bazasi va ularni boshqarishda
qo‘llaniladigan dasturiy mahsulotlar yaratildi. Elektron xizmatlarni boshqarish,
ularning sifat ko‘rsatkichlarini monitoring qilish, foydalanish statistikasini
shakllantirish hamda vertikal nazorat olish borish uchun maxsus axborot tizimlari
ishlab chiqildi.
Umuman olganda bugun yangi «Elektron soliq xizmatlar» portal ishlab
chiqilib, test rejimida amaliyotga joriy qilindi.
Portalning bosh sahifasi ochilganda soliq organlarining xodimi kirib keladi va
foydalanuvchilarga
yangi
portalning
imkoniyatlari
to‘g‘risida
qisqacha
tushuntirishlar beradi.
Portalning yana bir qulayligi - bu kerakli xizmatlarni tez va oson qidirish
mumkinligi. Bunda «Elektron hukumat to‘g‘risidagi» Qonun talablaridan kelib
chiqib, davlat soliq xizmati organlarining barcha elektron davlat xizmatlari -
interaktiv va axborot davlat xizmatlariga saralangan. Bundan tashqari ularni
qidirishni yanada soddalashtirish maqsadida, murojaatlarni va hisobotlarni
yuborish, ro‘yxatga olish, soliqlarni hisoblash va ma’lumotnomalar olish kabi
xizmat yo‘nalishlariga ajratilgan.
Jismoniy shaxslar uchun, yuridik shaxslar uchun va yakka tartibdagi
tadbirkorlar uchun xizmatlarni tanlash imkoniyatlari mavjud.
Test sinovidagi xizmatlar alohida guruhga ajratilgan.
Yana bir yangiliklardan biri bu – barcha toifadagi soliq to‘lovchilar uchun
alohida shaxsiy kabinet ochilgan bo‘lib, jumladan – Yakka tartibdagi
tadbirkorlarning shaxsiy kabineti, qaysiki ilgari yo‘q edi. Shaxsiy kabinetlarga
kirish qismi foydalanuvchilarni yagona identifikatsiyalash axborot tizimiga
o‘zgardi. Shaxsiy kabinetlarda soliq to‘lovchilarni bir nechta yangiliklar kutmoqda.
Ulardan biri bu – mavzuga oid xizmatlarni qulay navigatsiyali bloklarga ajratilgan.
Jumladan «Shaxsiy ma’lumotlar», «Hisob kitoblarning joriy holati», «Soliq
organlari bilan yozishmalar», «Foydali ma’lumotlar».
Yangi shaxsiy kabinetda soliq organlari bilan barcha yozishmalar va xabarlar
alohida blokda yig‘iladi. Shaxsiy kabinetda kirganda byudjet va byudjetdan
tashqari aktual joriy ahvol ma’lumotlari taqdim etiladi.
Endilikda soliq to‘lovchilarga har bir xizmat bo‘yicha o‘z fikrlarini va
baholarini qoldirish, soliq organlari esa – soliq to‘lovchilarning fikrlarini o‘rganish,
taklif va e’tirozlarini ko‘rib chiqish imkoniyatlari mavjud.
Nazorat savollari ?
1.
O‘zRes DSQning www.my.soliq.uz portali faoliyatini tartibga solish maqsadida
qanday me’yoriy hujjatlar qabul qilindi?
2.
O‘zRes DSQning www.my.soliq.uz rasmiy portaltiga qanday talablar
qo‘yilgan?
3.
Elektron davlat xizmatlariga ta’rif bering?
4.
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlari turlarini
sanab bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |