O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI BO’LIM
_______________________FANIDAN
Guruh: SBI-52
Bajardi: Shukurova G
Toshkent 2022
Sug’urta
bozorining mohiyati
, tarkibi va turlari
Iqtisodiyotning umumiy nazariyasida ham, sug’urta fanida ham “sug’urta bozori” va
“sug’urta xo’jaligi” yangi tushunchalardir.
Shunga qaramay aytish mumkinki, “sug’urta bozori” tushunchasi o’ziga nisbatan bir
muncha umumiy hisoblangan “sug’urta xo’jaligi” tushunchasining pog’onalaridan
biri bo’lib, sug’urta xizmatlari oldi- sotdisi bilan bog’liq. “Sug’urta xo’jaligi”
sug’urta sohasidagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatish, sotish va iste’mol qilish bilan
bog’liq munosabatlar yig’indisidan iborat. Umumjahon xo’jaligi miqyosida “jahon
sug’urta xo’jaligi” atamasini qo’llash mumkin. Ana shu ma’noda “sug’urta
xo’jaligi” sug’urta tashkilotlarining ta’sis etilishi, tashkiliy tuzilmasi, faoliyati,
boshqaruvi bilan bog’liq munosabatlarni, shuningdek, sug’urta tashkilotlarining
yoki sug’urta bozorining boshqa turdagi sub’yektlarining sug’urtaga oid faoliyatini
davlat tomonidan tartibga solish munosabatlarini, iqtisodiy munosabatlarda
sug’urtadan foydalanish shart-sharoitlari va asoslarini ifoda etadi. Xorijiy
adabiyotda bu borada tegishli ravishda “sug’urta iqtisodiyoti” va “jahon sug’urta
iqtisodiyoti” tushunchalari ishlatiladi.
Iqtisodiyot hamda zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi nuqtai nazaridan sug’urta
bozorini xaridorlar – sug’urtalanuvchilarning sug’urta xizmatlariga bo’lgan talablari
va sotuvchilar – sug’urta tashkilotlarining sug’urta himoyasi bo’yicha takliflari
nisbati bilan boshqariladigan iqtisodiy makon yoki tizim sifatida tasavvur etish
mumkin. Sug’urta himoyasiga talab ikki bosh omil bilan: xo’jalik yurituvchi
sub’yektning va alohida fuqaroning risk-menejmentining elementi sifatidagi
sug’urtaga nisbatan bo’lgan talabi va shuningdek, sug’urtalovchilarning sug’urta
xizmatini sotib olish orqali o’z talabini qondirishga imkon yaratadigan sotib olish
layoqati bilan belgilanadi. Ijtimoiy qayta ishlab chiqarishga xos bo’lgan ehtimoldagi
xavf sifatida xatar iqtisodiy munosabatlar yuksalishi bilan sug’urta xizmatlariga
bo’lgan talabning kuchayishiga olib keladi. Ayni vaqtda davlat ijtimoiy sug’urta va
ta’minot tizimi orqali taqdim etiladigan sug’urta himoyasining
qisqarishi ham
shuningdek
, sug’urta xizmatlariga talabning oshishiga sabab bo’ladi.
Sug’urta bozori – ma’lum bir pul munosabatlari sohasi bo’lib, unda savdo-sotiq
ob’yekti sifatida sug’urta himoyasi qatnashadi hamda unga talab va taklif
shakllanadigan maxsus ijtimoiy-iqtisodiy tarmoq hisoblanadi. Sug’urta bozori keng
ma’noda sug’urta xizmatlarining oldi-sotdisi yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy
munosabatlar yig’indisini aks ettiradi. Sug’urta bozorining ob’yektiv asosini
kutilmagan tabiiy, texnogen va baxtsiz hodisalar oqibatida etkazilgan zararni
bartaraf etish yo’li bilan ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash
hisoblanadi. Qolaversa, sug’urta bozori iqtisodiyotni qo’shimcha moliyalashtirishda
ham
muhim o’rin tutadi. Sug’urta bozori faoliyat yuritishining asosiy sharti bo’lib
sug’urta xizmatlariga jamiyat ehtiyojining mavjudligi va ushbu ehtiyojni qondira
oladigan sug’urta tashkilotlarini mavjud bo’lishi hisoblanadi. Faoliyat
ko’rsatayotgan sug’urta bozori turli tarmoq bo’limlarini biriktirgan murakkab,
integratsiyalashgan tizimni o’zida aks ettiradi.
Sug’urta bozori ishtirokchilari sifatida sotuvchilar, xaridorlar va vositachilar hamda
ularning uyushmalari qatnashadilar. Sotuvchilar toifasini sug’urta va qayta sug’urta
tashkilotlari tashkil etadi. Xaridorlar sifatida u yoki bu sotuvchi bilan sug’urta
shartnomasini rasmiylashtiruvchi sug’urtalanuvchilar - jismoniy va yuridik shaxslar
ishtirok etadilar. Sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi vositachilar bo’lib, o’z
harakatlari bilan sug’urta shartnomalarini tuzishga ko’maklashuvchi sug’urta
agentlari va sug’urta brokerlari hisoblanadi.
Sug’urta bozorida taklif etilayotgan o’ziga xos tovar - sug’urta xizmati hisoblanadi.
Uning xarid qiymati bo’lib sug’urta qoplamasi shaklini ifodalovchi sug’urta
himoyasini ta’minlash hisoblanadi. Sug’urta xizmatining narxi sug’urta tarifida aks
ettiriladi. U talab va taklifga asoslangan raqobat asosida shakllanadi.
Rivojlangan
va
rivojlanayotgan
sug’urta
bozorlarining
muammosi
sug’urtalanuvchilar tomonidan zarur darajada sotib olish layoqatiga ega
bo’lmaslikda ifodalanishi mumkin. Bu muammoning hal etilishi bir jihatdan
aholining sotib olish layoqatining o’sishiga va xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning
moliyaviy barqarorligiga, ikkinchi jihatdan davlat tomonidan umummilliy darajada
mamlakat makroiqtisodiyoti miqyosida sug’urta xizmatlarini sotib olish layoqatini
o’stirishga qaratilgan muayyan chora-tadbirlarga bog’liq. Mutaxassislar diqqatni
sug’urta xizmatlariga talab sub’yektiv xususiyatga ega ekanligiga qaratadilar, ya’ni
sug’urta himoyasi bilan ta’minlanishga ongli talab ko’p jihatdan iste’molchining ana
shunday xizmat mavjud ekanligidan, uning iste’mol sifatlaridan, samarasidan,
bahosidan bexabarligi va shu kabi sabablarga ko’ra amalga oshmay qolishi mumkin.
Bu holat sug’urta tashkilotlaridan “sug’urta riskini qoplashga doir yashirin talabni
ochishga” qaratilgan marketing tadbirlarini o’tkazishni taqozo qiladi.
Sug’urta xizmatlarining taklif etilishi etarli darajada ixtisoslashgan
va moliyaviy
barqaror
, ehtimoldagi sug’urtalanuvchilarning talablarini qondirishga layoqatli
sug’urta tashkilotlarining mavjud bo’lishi orqali ta’minlanadi. Investorlarning
sug’urta tashkilotiga qiziqishi, sug’urta tariflarini hisoblab chiqish
uchun zarur statistik va axborot bazasining mavjudligi, moliya bozorining sug’urta
tashkilotlarining
investitsiyalarining
qaytarilishini
va
daromadliligini
kafolatlaydigan darajada samarali faoliyat ko’rsatishi, shuningdek, sug’urta
tashkilotlarida malakali menejerlarning va sug’urta xizmati anderraytingi bo’yicha
mutaxassislarning mavjudligi sug’urta bozorini shakllantirishning muhim omili
bo’lib hisoblanadi.
Sug’urta xizmatlari bozori faoliyat turiga qarab umumiy sug’urta xizmatlari bozori
va hayotni sug’urta qilish bozoriga bo’linadi. O‘zbekiston Respublikasida sug’urta
xizmatlari bozori 2002 yilning oxirlariga qadar universal tusga ega bo’lgan, ya’ni
sug’urta tashkilotlari bir paytning o’zida ham umumiy, ham hayotni sug’urtalash
turlarini amalga oshirib kelgan. 2002 yilning 27 noyabrida qabul qilingan Vazirlar
Mahkamasining “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi 413-son qaroriga asosan “Sug’urta faoliyati klassifikatori”
tasdiqlandi. Unga muvofiq sug’urta tashkilotlarining faoliyati ikkiga ajratildi:
umumiy sug’urta va hayotni sug’urta qilish sohasi.
Umumiy sug’urta xizmatlari
hayot sug’urtasidan tashqari barcha sug’urta xizm
at turlarini qamrab oladi.
Hozirgi kunda umumiy sug’urta xizmatlari bozorida faoliyat ko’rsatayotgan
sug’urta tashkilotlari “Sug’urta faoliyati klassifikatori”ning umumiy sug’urta
tarmog’iga oid barcha sug’urta klasslari doirasida sug’urta xizmatlarini
ko’
rsatayapti.
Umumiy sug’urta xizmatlari bozorini tavsiflovchi asosiy
xususiyatlar quyidagilardan iborat:
•
sug’urta polisi amal qilish muddatining bir yildan oshmasligi. Shunday
sug’urta xizmat turlari borki, uularning muddati hatto bir soatni
tashkil etad
i. Masalan, havo yo’llari orqali yo’lovchilarni tashishda
qo’llaniladigan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug’urtalashda polisning amal qilish muddati uchish va qo’nish
masofasidan kelib chiqqan holda bir soatga teng bo’lish mumkin.
•
inves
titsiyaga yo’naltirilgan mablag’larning qisqa muddatli
ob’ektlarga
joylashtirilishi.
2019 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston sug’urta bozorida jami 30 ta
sug’urta tashkiloti faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, uning 24
tasi yoki 80,0
foizi umumiy sug’urta
xizmatlari bozoriga tegishlidir. Umumiy sug’urta
xizmatlari bozorida faoliyat ko’rsatayotgan eng yirik sug’urta tashkilotlari
jumlasiga “O‘zbekinvest” eksport
-
import milliy sug’urta kompaniyasi,
“O‘zagrosug’urta” va “Kafolat sug’urta kompaniyasi” aktsiyad
orlik
jamiyatlarini kiritish mumkin.
Dunyoning taraqqiy etgan davlatlarida hayotni sug’urta qilish bozori umumiy
sug’urta xizmati bozoriga qaraganda yuksak darajada rivojlangan. Masalan,
AQSh, Yaponiya va Yevropaning ba’zi davlatlarida sug’urtalovchilar
tomonidan to’plangan jami sug’urta muko
fotlari tarkibida hayotni
sug’urtalash bo’yicha yig’ib olingan sug’urta mukofotlari katta salmoqqa
ega.
O‘zbekistonda hayotni sug’urta qilish bozori shakllanish jarayonini boshidan
kechirmoqda. 2002 yil 5 aprelda “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunnin
g
qabul
qilinishi
munosabati
bilan
hayotni
sug’urta
qilish
sug’urta
faoliyatining, binobarin
sug’urta
bozorining alohida tarmog’iga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada
rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 413
-son qarori bilan tasdiqlangan
“Sug’urta faoliyati klassifikatori”ga muvofiq hayotni sug’urta qilish tarmog’i 4
ta klassdan iborat. Ushbu klasslar to’g’risida oldingi mavzularda to’xtalib
o’tilgan.
2003 yil dekabrda “O‘zbekinvest” eksport
-
import milliy sug’urta
kompaniyasi muassisligida hayotni sug’urtalashga ix
tisoslashgan dastlabki
sug’urta kompaniyasi –
“O‘zbekinvest Hayot” shu’ba sug’urta tashkiloti
tashkil etildi. Mazkur shu’ba sug’urta tashkiloti O‘zbekiston Respublikasining
yuridik va jismoniy shaxslariga hayot va sog’likni sug’urta qilish maqsadida
tashki
l etilgan bo’lib, uning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
o
hayotni sug’urtalash tarmog’ining barcha klasslari va umumiy
sug’urta tarmog’ining I va II klasslari bo’yicha sug’urta
xizmatlarini ko’rsatish;
o
tegishli sug’urta mahsulotlarini taqdim etish orqali O‘zbekiston
Respublikasi aholisi keng qatlamini ijtimoiy himoyalash
vositalarini rivojlantirish;
o
hayotni va sog’likni sug’urtalashning xalqaro standartlari
amaliyotini joriy etish;
o
xorijiy, xalqaro, milliy sug’urta tashkilotlari bilan hamkorli
kni
rivojlantirish;
Hozirgi kunda “O‘zbekinvest Hayot” sug’urta tashkiloti respublikamizning
barcha mintaqalarida o’z filiallariga ega va ular tomonidan quyidagi sug’urta
xizmatlari ko’rsatiladi:
▪
bonus to’lovli hayot sug’urtasi. Mazkur sug’urta turinin
g
amal qilish muddati 13 oydan 20 yilgacha bo’lgan
muddatni tashkil etadi. Sug’urta summasi sug’urta
qildiruvchi tomonidan aniqlanadi va shundan kelib
chiqqan holda sug’urta mukofoti hisoblanadi. Sug’urta
mukofotining miqdori sug’urtalangan
shaxsning yoshi
,
sug’urta muddati va badallarni to’lash tartibi bilan bog’liq.
Sug’urta mukofotlari sug’urta qildiruvchi shaxs uchun
qulay usulda: bir marotaba, har yili, yarim yilda bir marta
yoki har ch
orak yoxud har oyda to’lab borilishi mumkin.
Sug’urta summasini to’lash quyidagi holatlarda amalga
oshiriladi:
•
shartnoma amal qilishining oxirgi muddatigacha yashash (bunda
sug’urta summasi ilgari to’langan barcha sug’urta mukofotlari
yig’indisi va kompaniya tomonidan to’lanadigan bonusga
teng);
•
sug’urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda (bunday holatda sug’urta
summasi sug’urtalangan shaxsning qachon vafot etganidan va
qancha sug’urta mukofoti to’laganidan qatiy nazar sug’urtalangan
shaxs tomonidan qanc
ha sug’urta mukofoti to’lanishi kerak bo’lgan
summaga teng
bo’ladi).
Bu sug’urta mahsulotini sotib olish uchun sug’urta qildirmoqchi bo’lgan
shaxsning yoshi 18-
60 yosh oralig’ida bo’lishi lozim.
o
ta’lim olish uchun hayotni uzoq muddatli sug’urta qilish.
Bunda
ota-
onalarning farzandlarini ta’lim muassasalarida o’qishi bilan
bog’liq xarajatlarini sug’urta yo’li bilan qoplash nazarda tutiladi.
Sug’urta shartnomasining muddati 13 oydan 20 yilgacha
bo’lgan muddatni tashkil etadi. Mazkur sug’urta turi bo’yicha
sug’urta summalarini to’lash quyidagi holatlarda amalga
oshiriladi:
•
farzandning oliy ta’lim muassasasi, kasb
-hunar kolleji, akademik litsey
yoki maktabga o’qishga kirishi;
•
farzandning sug’urta polisida ko’rsatilgan yoshga kirishi (agar bola
qayd etilg
an muddatda o’qishga kira olmagan
taqdirda).
Sug’urta qildiruvchiga to’lanadigan sug’urta summasi miqdori ilgari
to’langan barcha sug’urta mukofotlari yig’indisi va sug’urta tashkiloti
tomonidan taqdim etiladigan bonusga teng.
o
nikohga hayotni uzoq muddatli sug’urta qilish. Mazkur sug’urta
mahsuloti farzandning nikohga kirish munosabati bilan uning
ota-
onasi sarflaydigan xarajatlarni moliyaviy ta’minlash
masalasini hal etishga ko’mak beradi. Sug’urta shartnomasining
butun amal q
ilish davomida ishonchli sug’urta himoyasi
ta’minlanadi. Hatto, oila boquvchisini yo’qotgan taqdirda ham
nikoh arafasida farzand sug’urta polisida belgilangan summani
oladi. Bu sug’urta turida ham sug’urta polisining amal qilish
muddati 13 oydan 20 yilgach
a bo’lgan muddatni tashkil etadi.
Sug’urtalangan shaxsga sug’urta summasi farzand nikohga
kirganda yoki u sug’urta polisida ko’rsatilgan yoshga etganda
to’lanadi. Sug’urta summasining miqdori sug’urta qildiruvchi
tomonidan ilgari to’langan barcha sug’urta
mukofotlari
miqdoriga va sug’urtalovchi tomonidan taqdim etiladigan
bonusga teng.
Hayotni sug’urta qilish bozorida yuqorida ko’rsatilgan sug’urta xizmat turlari
bilan bir qatorda hayot sug’urtasi ham amalga oshiriladi. Shuni alohida
ta’kidlash lozimki, hayotni sug’urtalash bozorini yanada rivojlantirish
maqsadida quyidagi soliq imtiyozlari berilgan:
o
yuridik shaxslarning uzoq muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha
sug’urta mukofotlarini to’lash bilan bog’liq xarajatlari boshqa
xarajatlar tarkibiga kiritiladi
va foyda solig’ini hisoblashda
hisobga olinmaydi;
o
yuridik shaxslarning uzoq muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha
sug’urta mukofotlarini to’lashga yo’naltirilgan xarajatlari
jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi;
o
jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlaridan uzoq
muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha to’lagan sug’urta mukofotlari
daromad solig’iga tortilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |