86
Xulosa va takliflar
Sut va sut mahsulotlari inson organizmida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda sut va sut mahsulotalarini sertifikatlashtirish borasida bir qancha
takliflar va mulohazalar yuritilmoqda. Sut va sut
mahsulotlari tez buziladigan,
uzoq muddat saqlanmaydigan mahsulot turiga kiradi. Shuning uchun davlat
andozalari asosida sut mahsulotlarini ishlab chiqarish mahsulotni xavfsizligini
tahminlaydi va o‘z navbatida iste‘molchilarni o‘ziga jalb etadi. Sut va sut
mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan barcha korxona yoki tashkilotlar, albatta,
birinchi
navbatda xom ashyoga, texnologik jarayonlarga, jihozlarga, binolarga
hamda ishchilarning sanitariya gigiena qoidalariga amal qilayotganlariga katta
e‘tibor qaratishi va nazorat qilishi lozim. Ushbu
ishlarni amalga oshirishda
xorijda
tarqalgan
ekspert
auditor
mutaxassisini
bo‘lishi
o‘z-o‘zidan
mahsulotning sifatiga, korxona yoki tashkilotning davlat andozalari asosida
mahsulot ishlab chiqarmoqdami yoki yo‘qmi bularni barchasini qat‘iy nazorat
qilish tizimini joriy qilish zarur.
O‘rganilayotgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sut mahsuloti - yogurtni
ishlab
chiqarish texnologiyasi, kimyoviy tarkibi murakkabligi, xilma-xilligi
bilan boshqa mahsulotlardan ajralib turadi.
Bizning hududimizda sifatli yogurt ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish
ishlarini amalga oshirishda chet el tajribalarini qo‘llashni ham o‘ylab ko‘rish
lozim.
Hozirda yogurt mahsuloti bo‘yicha bir qancha innovatsion yangiliklar
qilinmoqda.
Jumladan, yogurtning turli ichimlik ko‘rinishida ozuqali moddalar
bilan boyitilgan ko‘rinishlari, ichak faoliyatini yaxshilashga qaratilgan turlari
ishlab chiqarilmoqda va iste‘molchilar talablarini qondirmoqda.
Quvasoy sut ishlab chiqarish korxonasida sut ishlab chiqarishni
modernizatsiyalangan texnologiyasini o‗rganish, tahlil qilish natijasida
korxonada sut mahsulotlarini assortimentini ko‘paytirish
va parhezli mahsulot
ishlab chiqarishda yangi tur mahsuloti, ya‘ni yogurt tayyorlash taklifi kiritildi.
87
Bunda laboratoriya sharoitida yogurt mahsuloti yog‘liligi 3,2 %li
pasterizasiyalangan sutdan tayorlanadi. +40-45
0
C harorat optimal harorat
hisoblanadi. Ivish muddati 8-10 soatni tashkil etadi. Yaroqlilik muddati ikki
haftadan ko‘p bo‘lmagan muddat. Shunday usulda tayyorlangan yogurt
mahsuloti inson organizmi uchun foydaliligi bilan ajralib turadi.
Yogurt uchun achitqi alohida havfsizlik mezonlari asosida tayyorlanadi.
Achitqining
tarkibi bolgar tayoqchasi, termofil streptokokkidan iborat,
shuningdek 15%li smetanadan ham foydalanish mumkin.
Keyingi tadqiqot ishimda sut va sut mahsulotlarinini tarkibidagi
konservantlar, sintetik bo‘yovchi moddalarning miqdorini aniqlagan holda
SanPin normalariga yangi standart me‘yorini kiritmoqchiman.
Do'stlaringiz bilan baham: