Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

o‘n kun ichida
taqdim etish 
majburiyatini yuklaydi. 
10.4. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tugatish tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonunining
29-moddasiga muvofiq suddan tashqari bajariladigan taomillar sifatida 
sudgacha sanatsiya qilishdan tashqari qarzdorni ixtiyoriy ravishda tugatish 
(faoliyatini tugatish) ham e’tirof etiladi. 
Qarzdorni ixtiyoriy ravishda tugatish asoslari FKning 53–56-
moddalari, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini 
himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun va boshqa yuridik shaxslarning huquqiy 
maqomini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga 
solinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi 
“Tadbirkorlik subyektlarni tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5739-son farmoniga ko‘ra 2020-yil
1-yanvardan eʼtiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 
28-iyundagi 
PF–2331-son 
“Moliya-xo‘jalik 
faoliyatini 
amalga 
oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining 
ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini 
soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2007-yil 
27-apreldagi 
PQ–630-son 


255 
“Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini 
to‘xtatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2017-yil 
22-maydagi 
PQ–2985-son 
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi 
tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini 
to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish 
to‘g‘risidagi qarori o‘z kuchini yo‘qotadi. 
2020-yil 1-yanvardan boshlab: 
moliya-xo‘jalik 
faoliyatini 
amalga 
oshirmayotgan 
va 
(yoki) 
qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini 
shakllantirmagan korxonalarni tugatish bo‘yicha doimiy ishlovchi maxsus 
hududiy komissiyalarni tugatiladi; 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida ustav 
fondi taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmaganligi 
uchun tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibini bekor qilinadi; 
davlat organlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvini joriy etish 
orqali tadbirkorlik subyektlarini tugatish jarayonidagi ortiqcha hujjatlar va 
tartib-taomillarni qisqartiriladi. 
2020-yil 1-yanvardan boshlab: 
a) tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslarni (keyingi o‘rinlarda 
korxonalar) ixtiyoriy tugatishda: 
bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi 
to‘g‘risida eʼlonlar berish talab etilmaydi, bunda tegishli maʼlumotlar 
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning rasmiy saytiga joylashtiriladi; 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik 
faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud bo‘lmagan 
korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilmaydi; 
davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkaziladigan, tugatiladigan 
korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishning eng uzoq davriyligi 
uch yilni tashkil etadi; 
moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun vakolatli davlat 
organlaridan 
korxona 
to‘g‘risidagi 
mavjud maʼlumotlarni olish 
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga 
qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshiriladi; 
korxonani ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati ro‘yxatdan 
o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan kundan 
boshlab olti oydan oshmasligi kerak; 


256 
b) tadbirkorlik subyektlari – jismoniy shaxslar faoliyatini to‘xtatishda 
ariza beruvchi tomonidan davlat soliq xizmati organining soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosasini 
olish talab etilmaydi; 
d) moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni 
tugatishda: 
korxonani moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb 
hisoblash uchun asos bo‘ladigan muddat to‘qqiz oyni tashkil etadi; 
moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar davlat 
soliq xizmati organining taqdimnomasiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi 
organ tomonidan uch yil muddatga harakatsiz rejimga o‘tkaziladi; 
harakatsiz rejimga o‘tkazilgan korxonalar faoliyati uch yil davomida 
tiklanmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ularni Tadbirkorlik 
subyektlarining Yagona davlat reyestridan chiqaradi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish