Nur kasalligining 1 darajasi (yengil)
– 1-2 Gr (100-200 r) miqdordagi
radiatsiya doza ta’sirida rivojlanadi. Zararlangan kishilarda 3-5 soatdan so‘ng
ko‘ngil aynishi, qusish kuzatiladi. Qon va suyak iligida deyarli o‘zgarishlar sodir
bo‘lmaydi. Kuchsizlik, bosh og‘rishi, ishtaha yo‘qolishi mumkin. Yashirin davr 30
kungacha davom etishi mumkin. Kasallik yengil kechib, 1-2 hafta davomida
astenik holat saqlanib qoladi.
Nur kasalligining 2 darajasi (o‘rta)
- 2-4 Gr (200-400r) miqdoridagi radiatsiya
dozasidan nurlanganda kelib chiqadi. Nurlanishning dastlabki klinik simptomlari
53
nurlanishdan ikki soat o‘tkach paydo bo‘ladi va 1-2 sutka mobaynida davom etadi.
Bunda umumiy holsizlik, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va
takrorlanib turuvchi qayt qilish simptomlari rivojlanadi. Qon tekshirib ko‘rilganda
leykotsitoz, limfopeniya aniqlanadi. Yashirin davr 3 haftagacha davom etadi.
Kasallikning qo‘zg‘alish davrida odam o‘zini yomon his etayotganligidan
shikoyat qiladi, tana harorati ko‘tariladi, ayrim hollarda qon quyilishlar kuzatiladi.
Qonda leykopeniya, trombotsitopeniya, gipoplastik anemiyaga xos o‘zgarishlar
aniqlanadi, SOE oshgan bo‘ladi. Bu davr 2-3 hafta davom etadi. Sog‘ayish asta-
sekinlik bilan davom etadi. Bunday zararlanganlar 1-1.5 oy mobaynida
statsionarda davolanadilar.
Nur kasalligining 3 darajasi (og‘ir)
- 4-6 Gr (400-600r) miqdordagi radiatsiya
bilan nurlanganda klib chiqadi. Nur ta’sir etgandan 30-60 daqiqa o‘tgach
zararlangan kishi ketma-ket qusadi, kuchli bosh og‘rishi paydo bo‘ladi, kuchli
holsizlik, adinamiya holati rivojlanadi, qo‘zg‘alishlar paydo bo‘ladi. Bu davr 3-4
sutkagacha cho‘zilishi mumkin. Yashirin davr 1-2 haftani tashkil qiladi. Klinik
simptomlarning rivojlanish davrida zararlanganlarning umumiy ahvoli keskin
yomonlashadi, o‘zoq vaqt davom etadigan bezgak, badan titrashi va terlash
holatlari rivojlanadi. Teri, shilliq qavtlar ostiga qon quyilishi, me’dadan,
ichaklardan, bachadondan qon ketishi kuzatiladi. Soch to‘kila boshlaydi, og‘iz
shilliq qavatlari shishib ketadi, yarali-nekrotik stomatit, gingivit, tonzillit paydo
bo‘ladi, pnevmoniya rivojlanadi, tan vazni keskin kamayib ketadi. Qon tekshirib
ko‘rilganda leykotsitlar soni 1mm
2
da 500-300 ni tashkil qiladi. Chuqur
trombotsitopeniya, rivojlangan anemiya, qonning sekin ivishi, Duke usuli bo‘yicha
uzoq vaqt oqishi aniqlanadi. To‘sh suyagi punksiya qilib ko‘rilganda mieloblastlar
va promielotsitlarning katta miqdori aniqlanadi, atipik limfotsitlar, o‘zgargan
tayoqcha segmentli neytrofillar, plazmatik va retikulyar hujayralar paydo bo‘ladi.
Kasallikning qo‘zg‘alish davri 1.5 haftadan 2.5 haftagacha davom etishi kuzatiladi.
Kasallikka vaqtida davo qilinsa klinik simptomlar asta sekin yo‘qola
boshlaydi va uzoq muddatli sog‘ayish davri boshlanadi. Birinchi 4-6 hafta
mobaynida kasallar statsionar sharoitda davolanadi, ular maxsus tibbiy yordamga
54
muhtoj bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |