Davlat ta’lim standartlari
Ta’limni standartlashtirish-insoniyatning ijtimoiy ongida ro’y bergan tub
o’zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruratdir. Chunki, axborotlar almashinuvi maksimal
chegaraga yetgan davrimizda dunyoning bir burchagida yashayotgan kishi ikkinchi
qutbda sodir bo’layotgan voqyealarni bilibgina qolmay, ularning ne boisdan aynan Shu
tarzda ro’y berganini anglashi va his qilishi zarurdir. Bir sayyorada bir vaqtda yashab
turib, bir-birini tushunmaslik ba’zan insonlar o’rtasidagi munosabatlarni boshi berk
ko’chaga kiritib qo’yishi mumkin. Shuning uchun ham iqtisodiy axvoli va taraqqiyot
darajasi turlicha bo’lgan davlatlarda yashovchi barcha kishilarning fikrlash darajasini
iloji boricha bir xil holatga keltirish extiyoji paydo bo’ldi. Bu holat ta’lim standartlari
deb atalmish tushunchani yuzaga chiqardi.
Standart
- ta’limda yaratilgan me’yoriy reja, dastur, darsliklarni o’zlashtirish
ekvivalenti, ya’ni ta’lim mazmunini o’zlashtirish darajasidir. Standartni ishlab
chiqishda o’quvchini haddan tashqari zo’riqtirib yubormaslik talablariga rioya qilish,
ya’ni u o’quvchi yoshiga mos, uni o’zlashtirishga qurbi etadigan darajada bo’lishi
kerak. Bunda albatta, ta’lim oluvchining qiziqishi, xoxishi, extiyoji hisobga olinishi
lozim. Ta’lim standartlarini o’zlashtirishda shaxsga muhim ahamiyat berilishi, unga
yakka tartibda yondashilishi maqsadga muvofiqdir. Standartlarni o’quv jarayoniga
tatbiq etishdan oldin o’ta puxtalik bilan tajriba-sinovdan o’tkaziladi va Shu asosda
bosqichma-bosqich o’quv jarayoniga kiritib boriladi.
Davlat va jamiyat ta’lim muassasalari oldiga muayyan ijtimoiy buyurtmalar
qo’yayotgan ekan, o’sha muassasalar tomonidan tayyorlanadigan kadr egallashi lozim
bo’lgan ijtimoiy sifatlarining minimal chegarasini ham ko’rsatib berishi tabiiydir.
Tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma,
malaka yoxud ma’naviy sifatlarning eng quyi miqdori ilmiy asoslarda belgilab berilgan
rasmiy pedagogik hujjat-davlat ta’lim standarti hisoblanadi. Standartlarda belgilangan
natijalarga erishilmasa, yo o’sha ko’rsatkichlarni egallay olmagan bola, yoxud
yoshlarda muayyan miqdordagi bilim, ko’nikma, malaka va ma’naviy sifatlarni
Shakllantira olmagan pedagogikani mukammal deb bo’lmaydi.
Bundan ko’rinib turibdiki, davlat ta’lim standarti (DTS) nazorat vositasi, ayni
vaqtda, ta’lim muassasalarida ko’zlangan ko’rsatkichlarni qo’lga kiritish uchun zarur
bo’lgan sharoitni belgilash o’lchovi hamdir. Davlat ta’lim standartlarining
ko’rsatkichlari qo’lga kiritish uchun zarur bo’lgan sharoitni belgilash o’lchovi hamdir.
Davlat ta’lim standartlarining ko’rsatkichlari amaldagi mavjud ta’lim mazmunidan
emas, balki shakllantirilayotgan o’quvchiga singdirilishi lozim bo’lgan sifatlarning
jahon bo’yicha zarur deb hisoblangan miqdoridan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |