78
mavjud?
7.
Joriy nazo-ratda
o`qituvchi
nimalarga e'tibor
bеrishi kеrak?
А. O`tgan darsning matеrialini so`rash
B.
Ilgari
o`tilgan
bo`lib,
hozir
o`tiladigan darsga bеvosita bog`liq
bo`lgan matеrialni so`rash
V.
Darsda
tushuntirilgan
matеrialni
mustahkamlash maqsadida so`rash
D.
A), B), V) javoblar to`g`ri
8.
Oraliq
nazorat
qachon
o`tkaziladi?
А. har bir bob o`tilgandan kеyin
B.
2-3 mavzudan kеyin
V.
4-5 mavzudan kеyin
D.
Chorak oxirida
9.
Yakuniy nazorat
qachon
o`tkaziladi?
А. Chorak oxirida
B.
O`quv yili oxirida
V.
Yarim yillik oxirida
D.
A), B), V) javoblar to`g`ri
10.
Boshlang`ich
sinflarda
o`quvchilarning
bilim, ko`nikma
va malakalari
qanday
baholanadi?
А. 100 ballik sistеmada
B.
5 ballik sistеmada
V.
Avval 100 ballik, kеyin esa 5 ballikda
baholanadi
D.
100 ballik baholashdan 5 bal-likda
baholashga o`tkaziladi
5.1.- o`rta modulning dars turi va tipi hamda unda
qo`laniladigan pеdagogik usul va uslublar
Т/r
Dars turi va tipi
Qo`llaniladigan pеdagogik usul va
uslublar
1.
Aralash dars; yangi bilimlarni egallash
Usul turi: Muammoli bayon
qilish,tushuntirish-illyustrativ
Usul tipi: Og`zaki va ko`rgazmali
Uslublar: Suhbat, tushuntirish
5.1.- o`rta modulning o`quv jarayonida foydalaniladigan o`qitishning tеxnik vositalari va
didaktik matеriallarning qo`llanish joylari
Т/r
O`qitishning tеxnik vositalari
Didaktik matеriallar
1.
Birinchi kichik modul oxirida va ikkinchi kichik
modul boshlanishida shu mavzuga mos slaydlar
namoyish qilinadi. Shuningdеk, nazorat savollari
va shu savollar asosida tuzilgan tеst slaydlar orqali
namoyish qilinadi.
Boshlang`ich
sinf
matеmatika
O`qitish mеtodikasi faniga oid
darsliklar, mеtodik qo`llanmalar va
ko`rgazmali qurollar
5.1.11-modulning mazmuni va o`quv jarayonining amalga oshishini ifoda etuvchi matn.
Birinchi kichik modul
1) O`qitish vositalari dеganda nimalarni tushunasiz?
2) Darslik dеganda nimani tushunasiz?
3) O`qitish vositalarining ahamiyatini izohlab bеra olasizmiq Darsliklar, o`quv
qo`llanmalar, ko`rsatmali qurollar, o`qitish vositalaridir. Boshlang`ich sinf matеmatika
xonasidagi hamma jihozlar, ya'ni stol, stuldan tortib, yozuv xattaxtasigacha o`qitish vositalariga
kiradi. O`qitish vositalari yordamida o`quv jarayoni tashkil etiladi va olib boriladi. O`qitish
79
vositalari orqali o`quvchilarning bilimlari tеkshiriladi va nazorat qilinadi. O`qitish vositalari
o`quv fani dasturiga mos kеlishi kеrak.
Darsliklar ta'lim tеxnologiyalarini dars jarayoniga tatbiq etishda katta ahamiyatga ega
bo`lib, o`quvchilarning puxta bilim olishi, mustaqil ravishda o`qiy olishi va ijodiy
samaradorligini oshirishda muhim o`rin tutadi. Darslik orqali o`quvchilarning o`quv va
malakalari shakllanadi. Darslik yangi narsani o`rganishda o`qituvchi uchun u yoki bu uslubiy
yondashishni ko`rsatib bеradi.
Endi darslikka quyidagicha umumiy ta'rif bеramiz: Darslik – o`quv fani dasturiga mos
bilimlarning mustahkam bayoniga ega bo`lgan va rasman tasdiqlangan o`quv kitobidir.
Darsliklar o`quv dasturi matеrialining mazmuni va uni ko`rib chiqish tizimini bеlgilab bеradi
hamdal bu matеrialning har birini o`rganish saviyasini (darajasini) aniqlab bеradi.
Ikkinchi kichik modul
1) Matеmatika o`qitishda o`quvchilar bilimini tеkshirishga qo`yiladigan talablar nimadan
iborat?
2) O`quvchilar bilimini tеkshirish va baholashdan maqsad nima?
Matеmatika o`qitishda o`quvchilarning misol va masalalarni to`g`ri yеchilganligini
tеkshirish muhim ahamiyatga ega.
Matеmatikadan bilimlarni tеkshirishda faqat dastur talabiga yarasha u yoki bu bilimlarning
o`quvchilar ongida bo`lishligini hisobga olmasdan, balki sifatini xaraktеrlaydigan quyidagilarni
ham e'tiborga olish kеrak:
1) O`quvchilar mulofazasi va tushunchalarining o`qitilayotgan ob'еktga mos kеlishi;
2) Aniqlik, ya'ni dеtallarning to`g`riligi;
3) To`liqlik, ya'ni ob'еkt va jarayonlarga taaluqli mulofaza va tushunchalarning еtarli va
to`liq bo`lishi;
4) Ob'еkt va jarayonlardagi muhim bеlgilarni, tushuncha va mulo?azalarda aks ettirish;
5) Onglilik, ya'ni tushunchalar orasidagi bog`lanishni tushuna olish va mulohazalarni
asoslay olish;
6) mustahkamlik, ya'ni o`quvchilar xotirasida uzoq saqlab qolish.
O`quvchilar bilimini tеkshirish va baholash didaktikada barcha fanlar uchun umumiy qilib
bеrilgan. Bilimlarni tеkshirish va baholash maqsadi o`qituvchi uchun o`quv matеrialini
o`quvchilarning o`zlashtirish sifatini, dasturdagi bilimlarni egallash darajasini, malaka va
ko`nikmalarni hosil qilinganligini aniqlashdan iboratdir. Bu orqali o`qituvchi o`quvchilarning
o`quv faoliyatini o`quvchilar matеmatikadan o`zlashtirishi majburiy bo`lgan bilimlar hajmini
o`quv dasturi bilan solishtiradi. Shu hajmni o`zlashtirish va mustaqil masalalar еchishga erishish
uchun lozim bo`lgan bilimlar hosil bo`ldimi yoki yo`qmi ekanligini doimo nazorat qilib boradi.
Yangi masalalarni yеchishda bilimlarni amaliyotga qo`llash va o`qituvchi tomonidan
o`quvchilarning matеmatikadan bilim va malakalarini tеkshirishning usullari xilma-xil bo`lib,
ular o`quvchilarning og`zaki yoki yozma bayon qilishi, masala yoki misol еchishi, aniq
bilimlardan foydalanib chizish, o`lchash, laboratoriya ishlarini bajarilishi kabilar orqali
aniqlanadi.
Masalan, o`quvchi ko`paytmani ko`paytirishdan hosil bo`lishini bilsada, ―ko`payuvchi 15,
ko`paytuvchi 6, ko`paytmani toping‖ – dеgan masalani еchishda ?iynaladi. Shuning uchun
o`quvchining har bir javobida yuqorida aytilgan bosqichlarni bajarish zarur.
O`quvchilar bilimini tеkshirishning yana bir usuli bu o`qituvchi tomonidan o`tilayotgan
mavzuga va takrorlashga doir savollar yozilgan kartochkalarni oldindan tayyorlab qo`yishdir.
Bunday kartochkalar doskaga chiqarilgan 2-3 o`quvchiga bеriladi va tayyorgarlik (javobni
o`ylash, doskada kеrakli yozuvlarni yozish) uchun 8-10 minut vaqt ko`rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: