Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi
.
457
qo‘yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni
xonavayron
qilish
davlat
xazinasining
kambag‘allashishiga
olib
keladi”
deya
soliqlarning, moliyaning davlat va jamiyat
hayotida muxim ahamiyatga egaligini ta’kidlab
o‘tgan.
Shunday qilib, uzoq o‘tmishda va hozirda
ham,
xarqanday
mamlakatda,
moliyaviy
munosabatlar ko‘p qirrali bo‘lib, iqtisodiy
munosabatlarning muhim tarkibiy qismini tashkil
qiladi. Chunki iqtisodiy subektlar o‘rtasida
yuzaga keluvchi pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining zarur tarkibi hisoblanadi.
Bu munosabatlar tizimida moliya munosabatlari alohida muhim o‘rin egallaydi.
Moliya – bu turli darajada markazlashgan
pul fondlari vositasida iqtisodiyot subektlari pul
daromadlarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan
foydalanish bo‘yicha vujudga keladigan iqtisodiy
munosabatlardir. Boshqacha qilib aytganda, moliya
iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‘laridan
foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan
bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimi bo‘lib, uning
vositasida turli darajada pul fondlari vujudga
keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish extiyojlari va
boshqa ijtimoiy extiyojlarni qondirish maqsadida
taqsimlanadi.
Korxonalar, uy xo‘jaliklari va davlat moliyaviy
munosabatlar pul va unga tenglashtirrilgan moliyaviy
aktivlar uning subektlari hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda – moliyaning boshqa pul
munosabatlaridan farqlab turuvchi belgilari mavjud
bo‘lib, ular quyidagilar hisoblanadi:
1.
Iqtisodiy munosabatlar pulning xarakati
bilan tavsiflanishi;
2.
Moliya munosabatlarining taqsimlovchilik tavsifga egaligi;
3.
Moliya munosabatlarning fond tavsifga (YaIM taqsimoti pul fondlari
orqali amalga oshiriladi) ega bo‘lishi.
Moliyaning moxiyati uning vazifalarida to‘laroq namoyon bo‘ladi. Bular,
moliyaviy resurslarni jalb qilish, nazorat qilish, rag‘batlantirish va taqsimlash
vazifalaridir.
1.
Moliyaviy resurslarni jalb qilish vazifasi shunda ko‘rinadiki, bozor
iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan
resurslarni markazlashgan tartibda to‘planishiga harakat qiladi.
2. Davlat moliyaviy dastak va vositalar yordamida ishlab chiqarish,
iqtisodiyotda yaratilgan mahsulotni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol ustidan
nazorat o‘rnatadi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larining moliya intizomiga
1.
Iqtisodiy
munosabatlar
pulning xarakati
bilan tavsiflanishi;
2.
Moliya
munosabatlarining
taqsimlovchilik
tavsifga egaligi;
3.
Moliya
munosabatlarning
fond
tavsifga
(YAIM
taqsimoti
pul fondlari orqali
amalga oshiriladi)
ega bo‘lishi.