3.3.1-jadval
“WTO - TedQual (Tourism Education Qualification)” tizimi uchun
tashkillashtiriladigan o‘quv-amaliyot xonasi jihozlarining tarkibi
40
Ma’mur ustuni
maxsus ustun
internetga ulangan shaxsiy kompyuter majmuasi
faks va telefon, nusxa ko‘chirish apparati
soat va boshqa zarur jihozlar
Yotoqxona jihozlari
divan, krovat va tumbochka
stol, stol lampasi va televizor
krovat uchun choyshablar majmuasi
vanna yoki dush uchun sochiqlar majmuasi
parfyumeriya vositalari yoki maketlari va h.k.
Oshxona jihozlari
dasturxonlar
salfetkalar
sochiq
gaz plitasi, muzlatgich va h.k.
Restoran jihozlari
katta stol hajmi
choy va kofe tayyorlash jihozlari
qoshiq, sanchiqi, choy qoshiq, pichoq, likobcha va tarelkalar, non
mahsulotlari uchun plastmassa idish
piyola, choynak, stakan va grafin
Ushbu takliflar kelajakda Xorazm viloyati turizmini rivojlantirishda kadrlar
tayyorlash ishlarini takomillashtirish chora-tadbirlari kelajakda turizm sohasida
40
Urganch Davlat univ
е
rsit
е
ti “Turizm” kaf
е
drasining ma'lumotlari asosida magistrant tomonidan tuzildi
85
kadrlar tayyorlashdagi istiqbolli yo‘nalishlarni amalga oshirish va o‘zaro
hamkorlikni ta’minlaydigan zamonaviy kadrlarni tayyorlash uchun muhim
hisoblanadi.
Shular bilan birgalikda, Xorazm viloyati turizm sohasida kelajakda kadrlar
tayyorlashning zamonaviy vazifalari va istiqbollari turistik sohadagi korxona va
tashkilotlar bilan hamkorlik munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Bu munosabatlar
yo‘nalishlari bo‘yicha turistik korxonalarning kadrlarga bo‘lgan istiqbolli rejasi
asosida aniqlanadi.
Jumladan, oliy ta’lim muassasasi, ya’ni Urganch Davlat universiteti Turizm
va iqtisodiyot fakulteti “Turizm” kafedrasi bilan turizm va xizmat ko‘rsatishga
ixtisoslashga korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi integratsiyalashuv jarayonlarini
takomillashtirish maqsadida 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan korxona va
tashkilotlarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganildi. Bu kadrlarni tayyorlashga
bo‘lgan kelajakdagi istiqbol rejasi sifatida namoyon bo‘ladi hamda kadrlarga
bo‘lgan zamonaviy talabni shakllantirishga sabab bo‘ladi.
Shularga asosan, turizm sohasidagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj kvota shaklida,
ya’ni bakalavriat yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligini bitkazuvchi
talabalarni kelajakda ishga qabul qilishni rejalashtirish bo‘yicha alohida guruhlarga
ajratiladi. Ushbu guruhlashda turizm sohasida ishlaydigan kadrlarga bo‘lgan
ehtiyojning oshib borishi ko‘rinadi hamda turli o‘zgarishlarga egaligi ko‘zga
tashlanadi.
Darhaqiqat, 2016 yilda olib borilgan kuzatishlar natijasida kelajakda jami 23
ta turistik va xizmat ko’rsatish korxonalari bakalavriat yo‘nalishini bitkazib,
o‘zining korxonalariga borib ishlaydigan kadrlarni tayyorlab berish bo‘yicha
ehtiyojini ma’lum qildilar va buni 2020-2024 yillardaga davrda amalga oshirish
mo‘ljallandi. Ana shu ma’lumotlarga asosan, “Turizm (faoliyat turlari)” va
“Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
bo‘yicha turistik korxonalarning kadrlarga bo‘lgan istiqbolli rejasi tuzib chiqildi
hamda ularning bo’lg’usu kadrlarni qabul qilish davri besh yilni o’z ichiga oladi
(3.3.2-jadval).
86
Do'stlaringiz bilan baham: |