3.3.1-rasm. Turizm sohasida kadrlar tayyorlashdagi istiqbolli
yo‘nalishlar
38
Keltirilgan rasmga asosan, Xorazm viloyatining turizmi sohasida kadrlar
tayyorlashdagi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘lib, rahbar kadrlar ishining to‘g‘ri
tashkillashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ushbu keltirilgan turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlash ishini yanada
takomillashtirish maqsadida turizm korxona va tashkilotlari bilan innovatsion
korporativ hamkorlik bo‘yicha ishlarni uzluksiz amalga oshirish lozim.
38
М
anba:
Карякин
А
.
М
.
Управление
персоналом
:
Электронное
учебное
пособие
. 3-
я
редакция
.
Иван
.
гос
.
энер
.
ун
-
т
. -
Иваново
, 2005.
Inson r
е
surslari
bo’limi
Xodimlarni tanlash
Xodimlarni tavsiflash
va qabul qilish bo’limi
Harakatlanish
faoliyati, malaka
oshirish, rivojlantirish
va oshkora nazorat
Kadrlar
tayyorlashdagi
vazifalar
Xodimga bo’lgan talabni
r
е
jalashtirish bo’limi
82
Demak, ta’lim muassasalarida innovatsion korporativ hamkorlik – ta’lim
sifatini oshirish, nazariy va amaliy bilim, k
ӯ
nikmalarni shakllantirish maqsadlarida
iste’molchilar bilan hamkorlikda yangi g‘oya, metodlari hamda
ӯ
quv resurslari,
yaratish, mavjud muammolar yechimini topish va ulardan ta’lim menejmentida
samarali foydalanishdir.
39
Bu borada viloyatdagi turizmga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar
o‘rtasida, xususan Urganch Davlat universiteti bilan Urganch turizm va
tadbirkorlik kolleji, Urganch turizm va mehmonxona xo‘jaligi
kolleji va “Fayz”
mehmonxonasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bugungi kunda
“Ta’lim turlari o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya jarayonini kuchaytirish hamda ular
o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash” to‘g‘risidagi shartnomaga
muvofiq ishlar olib borilmoqda.
Ushbu korxonalarda korporativ hamkorlik bo‘yicha qilingan ishlar
innovatsion-korporativ hamkorlik haqidagi hujjatlar bilan rasmiylashtirilib
borilmoqda. 1-ilovada ham “Turizm” kafedrasi bilan hamkorlik aloqasi o‘rnatgan
boshqa tashkilotlar haqida ma’lumotlar berilgan.
Bu esa kelajakda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va
texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-916-sonli Qarorining ijrosini
ta’minlashga qaratilgan.
Shu bilan birga, hamkorlik ishlarida kafedra innovatsion guruh tarkibiga soha
olimlari, etuk malakali kadrlar hamda iqtidorli talabalarni jalb etish, innovatsion
guruhga ilmiy izlanishlar hamda tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratib berish, korxonalarga axborot-maslahat va tadqiqotchilik
xizmatlarini hamda uning faoliyatidagi muammolarni hal qilishda qo‘shimcha
tuziladigan xo‘jalik shartnomalari asosida amaliy yordam ko‘rsatish hamda
39
“Iqtisodiyot va innovatsion t
е
xnologiyalar” ilmiy-el
е
ktron jurnali.
№
2, mart-apr
е
l, 2016 yil.
83
ularning ishchi xodimlari malakasini oshirish hamda qayta tayyorlab berish kabi
vazifalarni
amalga
oshirish
rejalari
ishlab
chiqilmoqda
va
yanada
takomillashmoqda.
Ulardan tashqari, Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2013 yil 20 martdagi "2013-2015 yillarda Xorazm viloyatida turizm
sohasini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida" PQ-1940-sonli Qaroridagi “Turizm
sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish” chora-
tadbirlarni samarali amalga oshirish bo‘yicha ijobiy yo‘nalishdagi bir qator ishlar
bajarildi. Dastur jami 5 ta bo‘lim va 120 ta tadbirlar ro‘yxatidan iborat hamda
quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi:
- turistik infratuzilmani rivojlantirish;
- turistik mahsulotlar xilma-xilligini oshirish;
- turistlarni jalb qilishga qaratilgan tadbirlarni ko‘paytirish;
- turizmga bilvosita bog‘liq bo‘lgan infratuzilma obyektlari holatini
yaxshilash;
- turizm sohasida malakali kadr tayyorlash va ular malakasini oshirish.
Mazkur ishlarni to‘la amalga oshirish maqsadida ushbu qabul qilingan
dasturning Urganch Davlat universitetiga tegishli “Turizm sohasi uchun kadrlar
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish” bandining ijrosini ta’minlash
bo‘yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, u quyidagi yo‘nalishlarga ajratildi:
- turizm sohasida ta’lim muassasalari, jumladan Eskuelsk turizm va
mehmonxondo‘stlik
universiteti
(Ispaniya),
Shveysariyaning
turizm
va
mehmondo‘stlik maktabi, Avstraliya turizm va mehmonxona biznesi maktabi,
Tokio turizm instituti bilan hamkorlik o‘rnatish;
- respublika oliy ta’lim muassasalarida, jumladan, Urganch Davlat
universitetida turizm sohasida "WTO - TedQual (Tourism Education
Qualification)" ta’lim sifatini sertifikatsiya qilish tizimi TedQualni joriy qilish
bo‘yicha taklif tayyorlash (2-ilova). “WTO - TedQual (Tourism Education
Qualification)” ta’lim sifatini sertifikatlash tizimini joriy qilish bo‘yicha
belgilangan
vazifalarni
hal
qilish maqsadida
o‘quv-amaliyot
xonalari
84
zarur jihozlari bilan ta’minlanishi lozim (3.3.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |