5
11. Shayboniylar davlatida Ko`chkinchixondan keyin taxtga kim
o`tirdi?
A) Abu Said B) Ubaydullaxon
C) Abdullatifxon D) Mahmud Sulton
12. Nima sababdan Ubaydullaxon davlat poytaxtini Samarqanddan
Buxoroga ko`chiradi?
A) Chunki, Buxoro islom dinining markazi edi
B) Chunki, Buxoro ota meros mulk edi
C) Chunki, Samarqand madaniy markaz sifatida o`z nufuzini
yo`qotgan edi
D) Chunki, Buxoro buyuk ipak yo`li chorrahasida joylashgan edi
13. Kimning davridan boshlab markazi Buxoro bolgan davlat
«Buxoro xonligi» dеb atala boshladi?
A) Abu Said B) Ubaydullaxon
C) Ko`chkinchixon D) Mahmud Sulton
14. Buxoro xoni shayboniy Ubaydullaxonning tarixiy xizmatari
tog`ri berilgan javobni aniqlang
1. Ismoil Safaviyning hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahrni
ularning harbiy siyosiy-siyosiy tazyiqlardan saqlab qoldi
2. Ubaydulaxon o`z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi
sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi
3. Hirotni ishg`ol etgan Eron qo`shinini bir necha marta
mag`lubiyatga uchratgan
4. Mamlakat ichkarisidagi o`zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi
5. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning poytaxt sifatidagi
nufuzi har tomonlama o‘sdi
A) 1,3 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4
15. Ubaydullaxonning ma’naviy ilhomchisi bu …
A) Mir Arab B) Abdulla Sabroniy
C) Maxmur D) A,B
16. Qaysi yillarda Ubaydullaxon Mir Arabga bag'ishlab Buxoroda
uning nomi bilan mashhur madrasa qurdirgan?
A) 1530-1536-yillarda B) 1536-1539-yillarda
C) 1533-1539-yillarda D) 1533-1536-yillarda
17. Tarixchi Hofiz Tanish al-Buxoriy „ Uning davlati va xalofati
zamonida Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro viloyati gullabyashnadi“.
deb qaysi hukmdor haqida yozgan?
A) Muhammad Shayboniyxon
B) Abdullaxon II
C) Ubaydullaxon
D) Mahmud Sulton
18. Ubaydullaxon vafotidan keyin taxtga kim o`tirdi?
A) Abdullaxon I B) Abdulazizxon
C) Abdullatifxon D) Abdullaxon II
19. Ma`lumki, Abdullaxon I vafotidan kеyin mamlakatda
qo`shhokimiyatchilik vujudga keldi. Buxoroda kim hukmronlik qila
boshladi?
A) Ko`chkinchixonnning o`g`li Abu Said
B) Ko`chkunchixonning o`g`li Abdulatifxon
C) Iskandar Sultonning o`g`li Abdullaxon II
D) Ubaydullaxonning o`g`li Abdulazizxon
20. Ma`lumki, Abdullaxon I vafotidan kеyin mamlakatda
qo`shhokimiyatchilik vujudga keldi. Samarqandda kim hukmronlik
qila boshladi?
A) Ko`chkinchixonnning o`g`li Abu Said
B) Ko`chkunchixonning o`g`li Abdulatifxon
C) Iskandar Sultonning o`g`li Abdullaxon II
D) Ubaydullaxonning o`g`li Abdulazizxon
21. Qo`shhokimiyatchilik davrida Balx va Badaxshonda
mustaqil bo‘lib olgan shaxsni aniqlang?
A) Navro‘z Ahmadxon B) Pirmuhammadxon I
C) Suyunchxo’ja D) Iskandarxon
22. Qo`shhokimiyatchilik davrida Toshkent va
Turkistonda mustaqil
bo‘lib olgan shaxsni aniqlang?
A) Navro‘z Ahmadxon B) Pirmuhammadxon I
C) Suyunchxo’ja D) Iskandarxon
23. Qo`shhokimiyatchilik davrida Karmana va Miyonqolda mustaqil
bo‘lib olgan shaxsni aniqlang?
A) Navro‘z Ahmadxon B) Pirmuhammadxon I
C) Suyunchxo’ja D) Iskandarxon
24. Toshkent va Turkiston hukmdori, Suyunchxo‘janing o‘g‘li
Navro‘z Ahmadxon Samarqand hukmdori, amakivachchasi
Abdulatifxon bilan ittifoq tuzib qachon Buxoroni egalladi va
hokimiyatni o‘z tarafdorlariga topshirdi?
A) 1540-yilda B) 1556-yilda
C) 1533-yilda D) 1545-yilda
25. Ko’chkunchixonning o’g‘li Abdulatifxon qachon vafot etgan?
A) 1547-yilda B) 1556-yilda
C) 1545-yilda D) 1548-yilda
26. Quyidagi ma’lumotlardan faqat to’g’rilarini aniqlang.
1. Abdulatifxon vafot etgach, Samarqand taxtini Suyunchxo‘janing
o‘g‘li Navro‘z Ahmadxon egalladi.
2. Karmana va Miyonqol hukmdori Iskandarxon va uning
o‘g‘li Abdullalar Navro‘z Ahmadxonga itoat etishni istamadilar.
Bunga qarshi Navro‘z Ahmadxon Miyonqolga yurish boshladi.
Kuchlar nisbatida Navro‘z Ahmadxonning ustunligini bilgan ota-
o‘g‘il Balxga
ketishga majbur bo’ldilar.
3. Abdullaxon Balx hukmdori - amakisi Pirmuhammadxonning
yordamida Navro‘z Ahmadxonga qarshi bir necha bor yurish
qilganidan so‘nggina g‘alabaga erishdi. Mag’lub bo‘lgan Navro‘z
Ahmadxon Buxoroni tashlab Samarqandga qaytdi. So‘nggi jangda
har ikki tomon ham g‘alaba qilishga ko‘zlari yetmagach, o‘rtada sulh
imzolandi. Sulhdan so‘ng Abdullaxon Amudaryodan o‘tib
Maymanaga, Navro‘z Ahmadxon esa Buxoroda noibini qoldirib
Samarqandga qaytdi
A) 1 B) 2,3 C) 1,2,3 D) 1,3
27. Navro‘z Ahmadxon qachon vafot etgan?
A) 1555-yilda B) 1566-yilda
C) 1558-yilda D) 1556-yilda
Do'stlaringiz bilan baham: