27-mavzu
1. XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligining qaysi davlatlari
bilan savdo-iqtisodiy va elchilik aloqalari rivojlandi?
1.Buxoro 2.Qo`qon 3.Afg`oniston
4.Eron 5.Hindiston 6.Usmonli
A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,3,4,5
C) 1,3,4,5,6 D) 1,2,3,5
2. Qaysi shahar O`rta Osiyo davlatlarini Eron bilan bog`lovchi
muhim savdo yo`li ustida joylashgan edi?
A) Toshkent B) Marv
C) Samarqand D) Qo`qon
3. Qachon Muhammad Rahimxon I Marvni Buxorodan qaytarib
oladi?
A) 1822-yil B) 1824-yil C) 1826-yil D) 1828-yil
4. Qachon Xivaga Eron va qozoqlarning O`rta juz xonligidan elchilar
kelishgan?
A) 1810-yil B) 1812-yil C) 1813-yil D) 1815-yil
5. Qachon Xiva xonligi va Afg`oniston o`rtasida elchilik
munosabatlari o`rnatilgan?
A) XVIII asr oxiri B) XIX asr boshi
C) XIX asr o`rtasi D) XIX asr oxiri
6. Quyidagi qaysi Xiva xoni Afg`onistonda hokimiyat uchun
kurashayotgan shoh Mahmudning ikkinchi marta hokimiyat tepasiga
kelishida yordam bergan?
A) Muhammad Amin inoq
B) Olloqulixon
C) Avaz Muhammad inoq
D) Muhammad Rahimxon I
7. Ma`lumki Xiva xoni Afg`onistonda hokimiayat uchun
kurashayotgan shoh Mahmudning ikkinchi marta hokimiyat tepasiga
kelishiga yordam bergan. Buning evaziga Afg`oniston …
A) Xiva xonligi savdogarlariga Kobul bozorida ekin savdo qilish
huquqini bergan
B) Xiva xonligi savdogarlariga Afg`oniston hududida bojsiz savdo
qilish huquqini bergan
C) Xiva xoni Muhammad Rahimxon I ga Marvni bosib olishga
yordam bergan
D) Xiva xoni Muhamamd Rahimxon I nomiga qimmatbaho sovg`a-
salomlar jo`natgan
8. Qachon Xiva xonligiga Qo`qon xonligining elchilari kelishgan?
A) 1842-1843-yillar B) 1843-1844-yillar
C) 1844-1845-yillar D) 1845-1846-yillar
9. Xiva xonligida kimning hukmronligi davrida Karvonsaroy
majmuasi bunyod etildi?
A) Muhammad Amin inoq
B) Olloqulixon
C) Avaz Muhammad inoq
D) Muhammad Rahimxon I
10. Xiva xonligida bunyod etilgan Karvonsaroy majmuasining timi
nechta gumbazli edi?
A) 10 ta B) 12 ta C) 13 ta D) 14 ta
11. Xiva xonligida bunyod etilgan Karvonsaroy majmuasi
nimalardan iborat edi?
1.tim 2.karvonsaroy 3.omborxona
A) 1,3 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 1,2
12. Xiva xonligida bunyod etilgan Karvonsaroy majmuasida
karvonsaroy necha qavatli edi?
A) 1 qavatli B) 2 qavatli
C) 3 qavatli D) 4 qavatli
13. Xiva xonligida bunyod etilgan Karvonsaroy majmuasida
karvonsaroy necha hujrali edi?
A) 100 B) 105 C) 110 D) 112
14. Quyidagi javoblardan Xiva xonligida oid to`g`ri javoblarni
belgilang
1. Xiva-Rossiya munosabatlarida muhim jihat shu ediki, o`zaro
savdodan har ikkila davlat ham birdek manfaatdor edi
2. Xivaga savdogarlari uchun Rossiyaga boradigan savdo yo`llari
xavfsiz edi
3. Rossiya Xiva xonligiga o`z mahsulotlarni sotadigan bozor deb
qarar edi
4. Xiva xonligi, Rossiya sanoati uchun zarur xomashyo
mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib beruvchi o`lka ham
hisoblanardi
A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 2,3,4 D) 1,2,3,4
15. Xivadan xonligida Rossiyaga qanday mahsulotlar olib borilgan?
1.paxta 2.ipak 3.bo`z 4.metall 5.gilam 6.hunarmandchilik
mahsulotlari
7.quritilgan meva 8.turli rangi bo`yoqlar
A) 1,2,3,4,5,6,7,8 B) 1,2,4,5,6,7,8
C) 1,2,3,5,6,7 D) 1,4,5,6,7
16. Xiva xonligi savdogarlari Rossiyaning qaysi shaharidagi savdo
yarmarkasida qatnashganlar?
A) Moskva B) Nijniy Novgorod
C) Peterburg D) Vladimir
17. Xiva xonligiga Rossiyadan qanday mahsulotlar keltirilgan?
1.metal
2.to`qimachilik mahsulotlari
3.hunarmandchilik mahsulotlari
4.rangli bo`yoqlar
5.mo`yna terilari
6.qurol-aslaha
A) 1,2,33,4,5,6 B) 1,2,4,5,6
C) 1,4,5,6 D) 1,2,3,4,5
18. Xiva xonligi va Rossiya o`rtasida yaxshi qo`shnichilik
munosabatlarining qaror topishiga to`sqinlik qilgan omillarni
aniqlang
1.savdo karvonlarining hujum qilish xavfining mavjudligi
2. har ikkala tarfning Kichik juz qozoqlarini o`z fuqarolari deb
hisoblashlari
3. har ikkala tarfning qoraqalpoqlarni o`z fuqarolari deb hisoblashlari
4.har ikkala tomonning o`zaro savdodan olinadigan boj hamji
masalasida uzoq vaqt bir to`xtamga kela olmaganliklari
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 2,3,4
Do'stlaringiz bilan baham: |