12-mavzu 1. Buxoro xonligining Rossiya bilan munosabatlari qachondan
rivojlana boshladi?
A) XV asrning oxiridan
B) XVI asrning boshidan
C) XVI asr ikkinchi yarmidan
D) XVII asrdan
2. Qozon xonligi qachon Rossiya tomonidan bosib olindi?
A) 1552-yil B) 1555-yil C) 1556-yil D) 1558-yil
3. Hojitarxon xonligi qachon Rossiya tomonidan bosib olindi?
A) 1552-yil B) 1555-yil C) 1556-yil D) 1558-yil
4. Qachon Abdullaxon II Moskvaga o`z elchilarini yuborgan?
A) 1555-1556-yillarda B) 1556-1557-yillarda
C) 1557-1558-yillarda D) 1558-1559-yillar
5. Ivan Grozniy tomonidan bosib olingan hududlar to`g`ri berilgan
javobni aniqlang
1.Qozon xonligi 2. Hojitarxon xonligi 3. Qirim yarimoroli 4.Volga
bo`ylari 5. G`arbiy Sibir
A) 1,2,4,5 B) 1,3,4,5 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3,4
6. «Moskva savdo kompaniyasi» qachon tashkil etilgan?
A) 1552-yil B) 1555-yil C) 1556-yil D) 1558-yil
7. «Moskva savdo kompaniyasi» vakili Antoniy Jenkinson boshliq
elchilar va rus podshosining guvohnomasi bilan qachon Buxoroga
yuborildi?
A) 1558-yil B) 1560-yil C) 1562-yil D) 1565-yil
8. O`z davlatining siyosiy ahvolini yaxshilash maqsadida Rossiya
bilan savdo aloqalarini rivojlantrishga harakat qilgan shayboniy
Buxoro xonini aniqlang
A) Ko`chkinchixon B) Abu Said
C) Ubaydullaxon D) Abdullaxon II
9. ...dagi viloyatlarda savdo-sotiq
ishlarini olib borish Buxoro xonligidan kelgan savdogarlar uchun
ancha qulay edi.
A) Volgabo’yi
B) Qrim
C) Hojitarxon
D) Qozon
10. Rossiya ham Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq ishlarini
rivojlantirishdan manfaatdor edi. Bu manfaatdorlik avvalo, ...
A) Rossiya O‘rta Osiyo orqali Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan
savdo aloqalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘lardi.
B) xonliklarning Rossiya tovarlarini sotish uchun qulay bozorligida
edi.
C) hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan asosiy bozor edi
D) chet el bosqinchilariga qarshi ittifoq tuzish
11. Qaysi omil sababli Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasida yaxshi
savdo va diplomatik aloqalar yo’lga qo‘yildi?
A) Antoniy Jenkinson elchiligi natijasida
B) Maskva savdo kompaniyasi tashkil etilishi natijasida
C) Qozon xonligining bosib olinishi natijasida
D) Hojitarxon xonligining bosib olinishi natijasida
12. Rossiya bilan Buxoro munosabatlarida ... orqali Buxoro xonligi
fuqarolarining Маkkа shahriga Haj safariga borishi masalasi ham
muhim o‘rin tutgan.
A) Volgabo’yi
B) Qrim
C) Ashtarxon
D) Qozon
13. ... orqali haj safariga borishdagi eng qulay yo‘l Eron safaviylari
nazoratiga o‘tib qolgan edi.
A) Volgabo’yi
B) Qrim
C) Xuroson
D) Qozon
14. Haj safariga Ashtarxon orqali borish masalasini hal qilish
borasida Buxoro xonligi qaysi davlat bilan birgalikda harakat
qilishga qaror qildi?
A) Eron
B) Rossiya
C) Usmonli davlati D) Hindiston
15. Quyidagi qaysi davlat hukmdorlari musulmon olamining xalifasi
hisoblanar edi?
A) Eron
B) Rossiya
C) Usmonli davlati D) Hindiston
16. Qachon yevropaliklar tomonidan dengiz savdo yo‘lining ochilishi
Buyuk ipak yo‘lining ahamiyatini pasaytirdi?
A) XVII asrda
B) XV asrda
C) XVIII asrda
D) XVI asrda
17. Qachon Rossiya - Usmonli davlati o‘rtasida urush boshlandi?
A) 1569-yilda
B) 1570-yilda
C) 1563-yilda
D) 1572-yilda
18. Haj yo’lini ochib qo’yish talabini Rossiya qachon bajardi?
A) 1569-yilda
B) 1570-yilda
C) 1563-yilda
D) 1572-yilda
19. Rossiya –Buxoro munosabatlari ... da ham to’qnashdi.
A) Sibir
B) Qrim
C) Xuroson
D) Qozon