9-mavzu 1. Quyidagilardan noto’g’ri mulohazani aniqlang.
A) Muhammad Shayboniyxon tashkil etgan
davlat hududining chegarasi har doim ham
muqim bo‘lmagan.
B) Shayboniyxon hukmdorligi davrida uning davlati tarkibiga
Movarounnahrdan tashqari Eron va Xuroson hududlari ham kirgan.
C) Shayboniyxonning o‘limidan so‘ng Xorazm butunlay qo‘ldan
chiqdi.
D) Abdullaxon II davrida qisqa muddatga bo‘lsa-da, xonlik hududi
yana kengaydi.
2. ...ning vafotidan so‘ng esa Eron Xuroson hududini bo‘ysundirgan
bo‘lsa, Xorazm yana mustaqil davlatga aylandi.
A) Abdullaxon II B) Ko’chkunchixon
C) Shayboniyxon D) Ubaydullaxon
3. Qachon Shayboniyxonning harbiy yurishlari davomida
Movarounnahr va Xorazmga 500-600 ming Dashti Qipchoq
o‘zbeklari kirib kelgan?
A) XVI asr o’rtalari
B) XVI asr oxiri
C) XVI asr boshlari
D) XVI asr oxirgi choragi
4. Qachon xonlik aholisi ko‘chib kelgan o'zbeklardan tashqari „turk
chig‘atoy“ va tojiklardan iborat bo‘lgan?
A) XVI asr o’rtalari
B) XVI asr oxiri
C) XVI asr boshlari
D) XVI asr oxirgi choragi
5. Manbalarda ...da Buxoro xonligi aholisi o‘zbek va tojiklardan
iboratligi qayd etilgan.
A) XVI asr o’rtalari
B) XVII asr oxiri
C) XVII asr boshlari
D) XVII asr oxirgi choragi
6. Quyidagi qaysi mansabdor shaxs davlatning moliya va xo‘jalik
ishlarini ham boshqargan?
A) otaliq B) devonbegi C) naqib D) ko`kaldosh
7. Shayboniylar davrida devon faoliyati temuriylar davridagidek
nufuzga ega emasdi. Bunga ...
A) dargohdagi mansablar mavqeyining kuchli bo‘lmaganligi sabab
bo‘ldi
B) ma’muriy tuzum yaxshi tashkil etilmaganligi bo’ldi
C) Boshqaruv sohasida muammolar borligi sabab bo’ldi
D) dargohdagi mansablar faqat xonga yaqin kishilardan tayinlangani
sabab bo’ldi
8. Buxro xonligi ma`muriy jihatdan ... bo`lingan.
A) viloyatlarga
B) viloyat va bekliklarga
C) viloyat va tumanlarga
D) tuman va bekliklarga
9. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida oliy
davlat idorasi nima dеb atalgan?
A) ark B) devon C) dargoh D) kengash
10 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida
ijro etuvchi hokimiyat nima dеb atalgan?
A) ark B) devon C) dargoh D) kengash
11. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida ijro
etuvchi hokimiyatga kim rahbarlik qilgan?
A) otaliq B) devonbegi C) naqib D) ko`kaldosh
12. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida xon
siyosatining viloyatlardagi ta`siri … mansabiga tanlanganlarning
nufuzi bilan belgilangan
A) otaliq B) devonbegi C) naqib D) ko`kaldosh
13 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida
xon viloyatlarni shahzodalarga taqsimlab berar ekan, ularga rahnamo
etib o`z nazoratchisini, ishongan kishisini tayinlangan. Bunday
nazoratchi, ishonchli shaxs … deb atalgan.
A) ko`kaldosh B) devonbegi C) naqib D) otaliq
14. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida
balog`atga yetmagan shahzodalar ulg`ayib, mustaqil faoliyat
yuritgunlariga qadar viloyatlarda davlat ishlarini ularning nomidan
kim boshqargan?
A) otaliq B) devonbegi C) naqib D) ko`kaldosh
15 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida
mamlakatda adolat mezonlariga amal qilinishini quyidagi qaysi
lavozim egasi nazorat qilgan?
A) dodxoh
B) otaliq
C) parvonachi
D) ko`kaldosh
16 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida
xon farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas`ul shaxslarga, ijrochilarga
yetkazuvchi lavozim to`g`ri berilgan javobni aniqlang
A) ko`kaldosh B) otaliq C) parvonachi D) dodxoh
17. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida
dargohga tushgan arizalarni quyidagi qaysi mansab egasi qabul
qilgan va ularga javob qaytarish bilan shug`ullangan?
A) ko`kaldosh B) otaliq C) parvonachi D) dodxoh
18 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida
xon siyosatiga fuqarolarning munosabatini o`rgangan va bu
siyosatning daxlsizligini ta`minlash bilan quyidagi qaysi mansab
egasi ta`minlagan?
A) ko`kaldosh B) otaliq C) parvonachi D) dodxoh
19. ... mansabga xon sulolasiga eng yaqin shaxslardangina
tayinlangan.
A) ko`kaldosh B) otaliq C) parvonachi D) dodxoh
20 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida
xon va shahzodalar o`rtasidagi ichki munosabatlar masalasi bilan
qaysi amaldor shug`ullangan?
A) parvonachi B) xon yasovuli
C) ko`kaldosh D) dodxoh
21. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida
dargoh xavfsizligi, undagi tartib hamda kеlgan-kеtganlardan
xabardor bo`lib turish masalalari bilan kim shug`ullangan?
A) parvonachi B) xon yasovuli
C) eshikog`aboshi D) dodxoh
22. U nafaqat oddiy kishilarning, balki
davlat amaldorlarining va hatto valiahdlarning ham hukmdorga
nisbatan qiladigan munosabatiga javobgar bo‘lgan. Quyidagi fikrlar
qaysi amaldor haqida?
A) ko`kaldosh B) otaliq C) parvonachi D) dodxoh