Nazorat savollari
.
1.
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fanining maqsadi nimalardan iborat ?
2.
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fanining vazifalari nimalardan iborat ?
3.
Texnik tizimlarda axborot mahsulotlari tarkibiga nimalar kiradi?
4.
O’zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishdagi qabul qilingan qanday me’yoriy
huquqiy hujjatlarni bilasiz?
5.
Elektron raqamli imzoning asosiy vazifasi nimalardan iborat?
6.
Operator so’zining ma’nosini keltiring?
7.
Provayderlarni turlari va ularning asosiy vazifasini keltiring?
8.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?
22
2-§. Axborot kommunikatsion texnologiyalarini tashkil etuvchi
komponentalari.
2.1. Kompyuter tizimlari texnik vositalarini yaratishning asosiy yo’nalishlari
va rivojlanishning zamonaviy tendentsiyalari
Jamiyatni axborotlashtirishning eng asosiy mezoni bu axborot tuzilmalarini
yaratish hisoblanadi. Kompyuter tizimlari axborot tuzilmalarining asosidir.
Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda
nimani tushunishimizni aniqlab olaylik.
Tizim
-«sistema» deganda , yagona
maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham yahlit, ham o’zaro bog’langan tarzda
faoliyat ko’rsatuvchi elementlar (ob’ektlar), majmuasi tushuniladi. Demak, har
qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo’lida hizmat qiladi.
Masalan, sizga ma’lum bo’lgan shahar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi
yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun’iy yaratilgan va tabiiy
tizimlarga misol bo’la oladi. Ularning har biri tizimga quyiladigan barcha
shartlarga javob beradi, ya’ni, har biri o’ziga hos yagona maqsad yo’lida faoliyat
ko’rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iborat.
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fanida «
tizim
» tushunchasi
ko’proq texnik vositalar, asosan, kompyuterlar va murakkab ob’ektlarni
boshqarishga nisbatan ishlatiladi.
«tizim»
tushunchasiga «axborot» so’zining
qo’shilishi uning belgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi.
Tizim aslida bu yagona bir butunlikni tashkil qiluvchi o’zaro bog’liq va o’zaro
hamkorlikdagi elementlar, qismlar majmuidir.
Tuzilma
- bu tizimning tarkibiy qismlariga bo’linishda namoyon bo’ladigan, uning
yaxlitligi, faoliyat yuritishi, harakatini ta’minlovchi, o’zaro belgilangan joylashishi
va ular orasidagi aloqasining ulishi, tashkil qilinishidir.
Kompyuter tizimi
- ma’lumotlarni kiritish va chiqarish, ishlov berish hamda
xotirada saqlashga xizmat qiluvchi texnik vositalar majmuasidir.
23
Kompyuter asosiy va qo’shimcha qurilmalardan tashkil topgan bo’lib, asosiy
qurilmalarga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |