Elmuradov B.E.
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI
O’QUV QO’LLANMA
SAMARQAND-2020
2
Elmuradov B.E.
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI
(o’quv qo’llanma)
Ushbu o’quv qo’llanma institutning ilmiy-uslubiy kengashining 2020 yil
“___”_____dagi ___-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan va institutning barcha
yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan
SAMARQAND-2020
3
UDK 004(075) 007(075)
Taqrizchilar:
Ichki taqrizchi
: Yorbekov Ya.Yo. - SamDAQI“Axborot
texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, f.-m.f.n.
Tashqi taqrizchi
: Zaynalov N.R. - TATU Samarqand filiali
“Axborot xavfsizligi” kafedrasi mudiri, f.-m.f.n., dotsent.
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanidan o’quv qo’llanma.
Elmuradov B.E., Samarqand-2020.
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida axborotlashtirish sohasidagi davlat
siyosati “axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini
rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga
olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan”
1
. Arxitektura-qurilish
sohasida mutaxassislarni tayyorlash zamonaviy axborot texnologiyalaridan chuqur
bilimlarga ega bo’lishlarini hamda ular yordamida iqtisodiy, ishlab chiqarish va
xizmat ko’rsatish sohalaridagi masalalarini yecha olishlarini taqozo etadi.
Ushbu o’quv qo’llanma “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fani
doirasida talabalarga arxitektura va qurilish sohasida axborot texnologiyalarini
qo’llashda va joriy etishda bilimlar berish bilan bir qatorda ularda tizimli
yondashuvni shakllantirishdan iborat. O’quv qo’llanmada “Texnik tizimlarda
axborot texnologiyalari” faniga oid barcha mavzular bo’yicha talabalarga Davlat
ta’lim standartlari asosida yetkazilishi shart bo’lgan minimum bilimlar va
ko’nikmalar to’la qamrab olingan. Unda fanining o’qitilishi ta’lim yo’nalishlariga
mos holda rejalashtirilishi ko’zda tutilgan.
O’quv qo’llanma “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanidan
darslik va o’quv qo’llanmalarning hozircha respublikamizda o’zbek tilida mavjud
emasligini inobotga olgan holda tayyorlandi. Ushbu o’quv qo’llanma qurilish
yo’nalishlarida ta’lim olayotgan oliy o’quv yurtlarining bakalavrlari va barcha
1
O’zbikiston Respublikasi Qonuni “Axborotlashtirish to’g’risida” //Xalq so’zi 11.12.2003.
4
texnik yo’nalishdagi xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va ushbu soha muammolari
bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.
5
KIRISH
Bugungi kun va zamon talabidan kelib chiqgan holda “Texnik tizimlarda
axborot texnologiyalari” fani har bir soha bilan uzviy bog’lanib, unga bo’lgan
ehtiyoj tobora o’shib borayotganligi aniq. Texnik tizimlarda kompyuter va
telekommunikatsiya vositalarining qo’llanish ko’lami juda keng bo’lib, avvalom
bor ushbu sohani vizualligi diqqatga sazovvordir. Ma’lumki axborot
almashinuvida insonning ko’rish sezgi organi yordamida qabul qilingan axborot
eng samarali qabul qilinadi va u xotirada ham chuqur iz qoldiradi. Jumladan
tovush vositasida berilgan axborot ham ijobiy ta’sir etadi. Eng kam samara
beruvchi axborot vositasi bu yozuvli axborot bo’lib, uni qabul qilib olish va
miyada qayta ishlashda ko’proq vaqt sarflanadi va har bir insonning
fiziologiyasidan kelib chiqgan holda axborotning ma’lum bir qismi yo’qotilib
xotirada saqlanadi.
Texnik tizimlarda sohalar bo’yicha axborotni tuzish insonning ko’rish va
eshitish sezgi organlariga qaratilgan bo’lib, oddiy qilib aytganda axborot berish
uchun tasvir va tovushdan keng foydalaniladi.
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining o’qitish jarayonida
talabalar zamonaviy kompyuterlarga doir bilimlarni o’zlashtirgan holda o’z
mutaxassisligi bo’yicha yechiladigan masalalarga ularni tadbiq qilish ko’nikmasini
hosil qilishi kerak.
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining maqsadi talabalarda
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini
arxitektura-qurilish
sohasida qo’llash tamoyillari haqida tasavvur hosil qilish va arxitektura-qurilish
sohasini axborotlashtirish jarayonlari bilan tanishtirish va amalda qo’llashda
xizmat qiladi..
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
talabalar tomonidan arxitektura va qurilish sohasida qo’llaniladigan axborot
texnologiyalarini mavjud fanlar doirasida tadbiq qilishi;
6
boshqaruv jarayonlarida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishning nazariy
asoslari va ularni milliy iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga tadbiq qilish
usullarini o’rgatish;
malumotlar bazasini boshqarish tizimlari va ob’yektga mo’ljallangan dasturlash
tillarini o’qitish;
Internet tizimi va lokal hisoblash tarmoqlarida ishlash uchun amaliy
ko’nikmalarni berish.
arxitektura va qurilish sohasidagi mavjud axborot tizimlarini o’rganish;
arxitektura
va
qurilish
sohasidagi
amaliy
masalalarni
mustaqil
modellashtirishni o’rganish;
zamonaviy kompyuter texnologiyalari vositalaridan foydalanishni o’rganish;
maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish;
arxitektura va qurilish sohasidagi axborot tizimlari va texnologiyalarini
qo’llash sohalarini o’rganishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |