XXIII BOB. MAHSULOT TANNARXINI REJALASHTIRISH. ................. 315
23.1. Mahsulot tannarxining mohiyati va ahamiyati ......................................... 315
23.2. Xarajatlarni moddalar bo`yicha turkumlash. ............................................ 316
23.3. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kal`kulyatsiyalash. ........................ 319
XXIV BOB. PAXTA TOZALASH KORXONASI MOLIYA REJASI. ........ 323
24.1. Paxta tolasini sotish rejasi. Qo`shimcha mahsulotlarni sotish rejasi. ....... 323
24.2. Sotilgan mahsulotdan olinadigan yalpi foyda. Foydaninng mohiyati,
ahamiyati, turlari va uni rejalashtirish. ...................................................... 326
GLOSSARIY ....................................................................................................... 329
ADABIYOTLAR RO`YXATI............................................................................ 353
7
KIRISH
Bozor munosabatlari sharoitida oliy ta`lim tizimida mutaxassislarni
tayyorlashda chuqur o`zgarishlarga o`z bilim va tajribalari bilan moslasha
oladigan, jahon andozalariga javob bera oladigan zamonaviy kadrlarni yetkazib
berish muhim masala hisoblanadi.
«Iqtisodiyot va moliyaviy menejment» fanining maqsadi bo`lib ushbu fan
bo`yicha tahsil olayotgan talabalarga boshqaruv asoslarini makro va mikroiqtisodiy
darajada o`rgatish asosida ularning yetuk va yuqori malakali mutaxassis
bo`lishlarini hamda olingan bilimlari asosida o`qish va ilmiy izlanishlarini davom
ettirishlarini ta`minlashdir.
2017 yil 7 fevralda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning
«O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi
to`g`risida»gi Farmonni imzoladi. Ushbu Farmon bilan mamlakatimizni yanada
rivojlantirishga bag`ishlangan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi
tasdiqlandi
Ma`lumki, 2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 mlrd. AQSH dollarlik
649 ta investitsiya loyihasini kiritish rejalashtirildi. Natijada keyingi 5 yilda sanoat
mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi
33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog`i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha
oshadi.
Qayd etilgan natijalarning o`sish su`ratini saqlab qolish yoki yanada oshirish
ishlab chiqarishga yangi loyihalarni joriy qilish, ularning samaradorligini
oshirishni talab qiladi.
Ma`lumki korxonalar faoliyati bevosita bozorga yo`naltirilgan. Korxonalar
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlar rakobatbardoshligini oshirish,
bozorda mustahkam mavqega ega bo`lish uchun innovatsion texnologiyalarni
qo`llashga faoliyatni qaratishi kerakdir. Samarali moliyaviy boshqaruv faoliyatini
olib borish esa korxonalar foydasini oshirishga, mahsulot tannarxini kamaytirishga
va korxonaning rejalashtirilgan, ko`zlagan maqsadiga erishishida katta yordam
beradi.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |