O‘zbеkistоn rеspublikаsi



Download 6,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/86
Sana16.03.2022
Hajmi6,01 Mb.
#497009
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   86
Bog'liq
kon mashinalari 2

tutib turuvchi
(17.1-rasm, a), 
tutib-chegaralab turuvchi
(17.1-rasm, b), 
chegaralab-tutub turuvchi
(17.1-rasm, v) 
va 
chegaralab turuvchi
(17.1-rasm, g) turlariga bo’linadi.
Mustaxkamlagich turini sektsiyaning tutib turuvchi 
L
p
va chegaralovchi 
L
og
elementlarining 
gorizontal tekislikdagi sektsiya o’qi yo’nalishidagi proektsiyalari o’lchamlari orqali aniqlash 
mumkin.
Sektsiya zaboy mexanizatsiyalashgan mustaxkamlagichining mustaqil tarkibiy birligi 
hisoblanadi. U quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi: gidroustun (yoki gidroustunlar) 1, 
tutub turuvchi 2 va (yoki) chegaralovchi 3 qismlardan tashkil topgan yuqorigi qoplama, pastki asos 
4, pastki asosdagi bitta yoki ikkita gidrodomkrat 5 va sektsiya boshqaruv tizimi. 
Mustaxkamlagichlarning xarakterli jixati shundaki, tutib turuvchi va tutib-chagaralab 
turuvchi mustaxkamlagichlarda ularning gidroustunlari bevosita tutib turuvchi qoplamalari bilan, 
chegaralovchi va chegaralab-tutib turuvchi turlarida esa chegaralovchi qoplamalar bilan tutashgan 
bo’ladi. 
Mustaxkamlagichlarni qatlam qalinligi bo’yicha qo’llash pozitsiyasi dan kelib chiqib: yupqa 
– 0,7-1,2 m; o’rta qalinlikda – 1,2-2,5 m; va qalin 2,5-5 m li qatlamlarda ishatiluvchi 
mexanizatsiyalashgan mustaxkamlagichlarga bo’liщ mumkin. 
Yakka tartibdagi mustaxkamlash vositalari.
Mexaniq mustaxkamlagichlarni qo’llash 
mumkin bo’lmagan murakkab kon-geologik sharoitlarda yakka tartibdagi mustaxkamlagichlar 
ishlatiladi.
Ustun — mustaxkamlagichning asosiy tayanch elementi hisoblanib, qazib olish zaboyi 
bo’shlig’ini tutib turishga xizmat qiladi. Yakka mustaxkamlagichlar yog’och yoki metall verxnyak 
bilan birga ishlatiladi.
Ishlash printsipi bo’yicha metall va gidravlik ustunlar farqlanadi. Konchilik korxonalarida 
TU, TKU va TPK tipidagi o’zgarmas qarshilikli ishqalanishli metall ustunlar ishlatilib, ular 0,86—
2,48 m qalinlikdagi qatlamlarga mo’ljallangan. 
Gidravlik ustunlar kengroq tarqalgan bo’lib, doimiy qarshiligi yuklanish tavsifiga egadir. Ikki 
turdagi gidroustunlar ishlatiladi: ishchi suyuqlikning ichki tsirkulyatsiyasi hisobiga ishlovchi; tashqi 
man’ba yoki tashqi ta’minot hisobiga ishlovchi.
Ishchi suyuqlikning ichki tsirkulyasiyasi hisobiga ishlovchi gidravlik ustun (1-rasm, a) ishchi 
tsilindra 9, chiquvchi ustun qismi 8, shtok 12 li porshen 7, filьter 2, saqlanish-yuklanish klapani 4 
va klapanli-taqsimlash tizimi 10 va 11 nasos. 


90 
17.1-rasm. Mexanizatsiyalashgan mustaxkamlagichlar turlari: a - tutib turuvchi; b - tutib-
chegaralab turuvchi; v- chegaralab-tutub turuvchi; g - chegaralab turuvchi 
CHiquvchi ustun qismi A yuzasi (detallarning korroziyaga chidamliligini oshiruvchi maxsus 
birikmalar bilan aralashtirilgan I-20A yoki I-ZOA tipidagi moy) moy bilan to’latiladi. Bu qism 
ichki idish vazifasini o’taydi. Ustun chiquvchi qismini surilishi bir pog’onali porshenli nasos bilan 
bajariladi. Nasos rukoyat 6 li krivoship mexanizmi 5 yordamida ishlatiladi. Porshen 7 ning yuqoriga 
harakatida moy A yuzadan klapan 11 orqali B yuzaga oqib chiqadi. Keyin porshen pastga 
xarakatlanganda 11 klapan yopiladi, 10 klapan ochiladi va ishchi suyuqlik V yuzaga o’tadi va 
ustunning chiquvchi qismi 5 yuqoriga ko’tariladi.
Agar V yuzadagi bosim belgilangan o’lchamdan oshsa, saqlanish-yuklanish klapani 4 ochilib, 
moy A yuzaga oqa boshlaydi. Ustunni tushirish uchun tushirish qurilmasi 3 yuqoriga ko’tariladi, 
natijada moy klapan 4 orqali V yuzadan A yuzaga oqadi va ustun pastga tushadi.
Tashqi manba’li gidroustun (17.2-rasm,6) tashqi nasos stantsiyasi bilan ulangan pistolet 1 
yordamida ishga tushadi. Bunda suyuqlik pistolet 1 yordamida filьter 11 va klapan 10 orqali 
ustunning A yuzasiga kelib tushadi va klapan 9 orqali ustunning B yuzasiga o’tadi. Natijada 
chiquvchi qism 7 yuqoriga ko’tariladi. Krovlyaga tayanish tugagandan so’ng pistoletning krani 2 
berkitiladi. Kelayotgan suyuqlik endi kanal 3 orqali nasos stantsiyasiga oqib ketadi. Agar B 
yuzadagi bosim belgilangan normadan oshib ketsa saqlanish klapani 4 ishga tushadi va ustunning 
zaruriy ish holati ta’minlanadi.
Ustunni tushirish klapan 5 yordamida rыchag 6 ni soat strelkasi yo’nalishigi qarshi tomonga 
burish orqali amalga oshiriladi va B yuzadagi moy chiqariladi. 
17.2-rasm. Yakka tartibdagi mustahkamlagichlarning tuzilish sxemasi: a – suyuqlikning ichki 
tsirkulyatsiyasi, b – suyuqlikni tashqi manbadan ta’minlash hisobiga ishlovchi.
Xozirgi vaqtlarda yer osti inshoatlari qurilishida va shaxtalarda kunlarda 2GSK tipidagi ichki 
tsirkulyasiyasi hisobiga ishlovchi va 2GVS, 2GVT va GVU tipidagi tashqi manba’li gidravlik 
ustunlar ko’proq ishlatiladi. 


91 
1984 yildan boshlab GVU tipidagi gidroustun ishlab chiqarilmoqda (4GVU30-12GVU30), 
ular 0,71-1,6 m qalinlikdagi qatlamlarni qazib olishda krovlyani ushlab turishga mo’ljallangan 
bo’lib, eng kichik qarshiligi 300 kN ni tashkil etadi. Bu ustunlarning boshlang’ich tayanch bosimi 
20 mPa suyuqlik boimida 127 kN ni tashkil qiladi. 4GVU30-12GVU30 ustunlari (xammasi bo’lib 9 
ta markada) xar qanday qazish tartibotida va krovlyani boshqarish usulida ishlatilishi mumkin.
Yakka tartibdagi mustaxkamlagichlarni ishlatishda metall tutgichlar krovlyani tutib turuvchi 
element hisoblanadi. Metall tutgichlarning VV3O, VV3M va sharnirli V15B, M71S rusumlari 
ishlatiladi.

Download 6,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish