Referat ro’yxatga olindi № Manzil



Download 282,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana16.03.2022
Hajmi282,42 Kb.
#496456
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
BIZNESNI RAQAMLASHTIRISH AMALIYOTI

Dunyodagi ahvol qanday?
Xalqaro tajribaga nazar tashlasak, koʻpgina davlatlar hozirgi kunda raqamli 
iqtisodiyot sohasiga jiddiy eʼtibor qaratmoqda. Masalan, 2017-yilning 28-iyulida 
Rossiya Federatsiyasi hukumati Raqamli iqtisodiyot dasturini qabul qildi. Estoniya, 


Belarus Respublikasi va Ukraina raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirmoqda. Oʻz 
navbatida, ayrim davlatlarda aynan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zaruriy 
infratuzilmani yaratishga harakat qilinmoqda. Jumladan, Avstraliya hukumati 
fuqarolarga yuqori tezlikdagi raqamli aloqani taqdim etish choralarini koʻrmoqda, 
yaʼni milliy keng polosali tarmoq (National Broadband Network) ushbu mamlakat 
aholisining 93 foizini 1 Gbit/s tezlikdagi internet bilan taʼminlash majburiyatini 
olgan. 
Hozirgi davrda biz texnologiyalar qanday qilib ommaviy xizmat koʻrsatish 
sohasini tubdan oʻzgartirayotganini koʻryapmiz. Vositachilarni olib tashlaydigan, 
mijoz va taʼminotchi oʻrtasidagi aloqalarning toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirilishiga 
olib keladigan Uber kabi yangi biznes-modellar paydo boʻlmoqda. Avvalroq xuddi 
shunga oʻxshash oʻzgarishlar moliya sektori hamda telekommunikatsiyalarda ham 
roʻy bergan edi. Sanoatda ham bir qancha prinsipial oʻzgarishlar kuzatilmoqda, 
chunki raqamli korxona va insonning raqamli qiyofadoshi — robotlar paydo boʻlishi 
butun insoniyat funksional modelini jiddiy ravishda oʻzgartirib yuborishi mumkin. 
Bu esa shuni koʻrsatadiki, axborot texnologiyalari asta-sekinlik bilan odamlarning 
oʻrnini egallab boradi. Xuddi mana shu holat raqamli iqtisodiyot hisoblanadi. 
Raqamli platformalarning rivojlanish sohasidagi yorqin misollardan biri sifatida 
«Alibaba» elektron savdo tizimiga ega boʻlgan Xitoy kompaniyasini keltirib oʻtish 
mumkin. Undan foydalanish tajribasi shuni koʻrsatadiki, maʼlumotlar toʻplash 
jarayonida iqtisodiyotning turli sektorlariga ekspansiya uchun oʻta raqobatli 
ustunliklar yaratiladi. «Alibaba» oddiygina raqamli platforma emas, balki 
platformalar ekotizimidir. Tushunarliki, bunday ekotizim qudrati alohida 
platformalar kuchidan katta boʻladi. AQSH hozirgi kunda bu poygada yutqazmoqda, 
chunki u yerda turli platformalarni integratsiya qilishga toʻgʻri keladi, Xitoyda esa 
bu sohada rivojlanish samaradorlikni oshirish hisobiga — bir platformadan boshqa 
platformaga qarab oʻtish asta-sekinlik bilan roʻy berdi. 
Raqamli iqtisodiyotga oʻtish kabi global ishda koʻp narsa davlatning tutgan 
pozitsiyasiga ham bogʻliq, albatta. Barchasi hamma narsani birlashtiradigan va 


“raqam”ga oʻtkazadigan yagona davlat platformasiga borib taqalmasligi muhim, 
yaʼni davlatning vazifasi, biznesning oʻrniga biron - bir narsa qilish emas, balki 
biznesga xalal bermaslikdir. Xitoyda ham «Alibaba» tizimi davlat uning uchun 
qandaydir platforma yaratgani tufayli paydo boʻlmagan. U bunday platforma paydo 
boʻlishi uchun sharoit yaratdi, xolos. Garchi davlat «Alibaba»ga yordam 
bergan boʻlsada, buni davlat korporatsiyasi sifatida emas, balki tijorat korxonasi 
sifatida yordam berdi va uning xizmatlaridan u raqobatbardosh ekanligi uchungina 
foydalaniladi. Davlatning vazifasi — umumiy qoidalar yaratish, biznes esa shu 
umumiy qoidalar asosida oʻzgarib, rivojlanib boradi, chunki qonunlar taʼsirida 
ishbilarmonlik muhiti va raqobat oʻsadi. 
Koʻplab rivojlangan mamlakatlar roʻy berishi lozim boʻlgan oʻzgarishlar 
muqarrarligini tushunib, iqtisodiyotni raqamlashtirish tomon harakatni ongli 
ravishda boshladi. Bu yoʻnalishni birinchilardan boʻlib maʼlum qilgan AQSH, 
Yaponiya, Janubiy Koreya hamda Xitoy bugungi kunda raqamli poygada norasmiy 
yetakchilar sanaladi. Ulardan keyingi oʻrinlarda Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi 
mamlakatlari, Avstraliya, Belarus va boshqalar turadi. Raqamlashtirish jarayonining 
baʼzi yetakchi mamlakatlari esa qarama-qarshi yondashuvlarni, xususan, AQSH 
bozor yoʻnalishini, Xitoy esa rejali iqtisodiyotni tanlab olgan. Qolgan mamlakatlar 
maʼlum bir oraliq variantlarga rioya qiladi. 
Raqamli iqtisodiyot platformalari tuzishda rivojlangan davlatlar transport, 
telekommunikatsiya, energetika, maʼlumotlarni qayta ishlash, sogʻliqni saqlash, 
dori-darmonlar logistikasi, turizm, tashqi iqtisodiy faoliyat, koʻchmas mulk va 
ishlab chiqarish yoʻnalishlariga eʼtibor qaratmoqda. Aynan shu sohalarning 
rivojlanishi infratuzilma hamda texnologik bazis yaratishga imkon beradi, ularni 
boshqa sohalarga koʻchirgan holda Oʻzbekiston yetuk raqamli iqtisodiyotni 
maksimal darajada tez rivojlantirishi mumkin. Ilgʻor mamlakatlar raqamli 
iqtisodiyoti koʻplab dasturlari (AQSH, Avstriya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, 
Janubiy Koreya va boshqalar) asosiy eʼtiborni “raqamli tibbiyot” hamda “aqlli 
shahar” ijtimoiy yoʻnalishlariga qaratmoqda. “Raqamli tibbiyot” va “aqlli shahar” 


ijtimoiy loyihalarini amalga oshirish koʻproq murakkablik hamda xilma-xillikni 
talab qiladi va bunday loyihalar keng xalq ommasi tomonidan eʼtirof etiladi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining internetga hamda u bilan bogʻliq 
AKTga ulanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun sharoitlar yaratish, jumladan, 
bulutli texnologiyalarni rivojlantirish IHTT tomonidan 2016-yil bu tashkilotga aʼzo 
boʻlgan 32 mamlakat va yana 6 ta hamkor mamlakatda oʻtkazilgan soʻrov 
maʼlumotlariga koʻra, ularda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi, rejasi 
yoki dasturi mavjud. 2017-yilning sentyabr oyida Avstraliya hukumati raqamli 
iqtisodiyot strategiyasini ishlab chiqish boshlangani haqida eʼlon qildi. AQSHda 
2015-yili raqamli iqtisodiyot rejasini shakllantirish haqida maʼlum qilindi, 2016-
yilda xususiy biznes tomonidan amalga oshiriladigan internetni rivojlantirish, 
axborot xavfsizligi, innovatsiyalarni ilgari surish va boshqa funksiyalarni 
bajaradigan Savdo vazirligi qoshida raqamli iqtisodiyot boʻyicha maslahatchilar 
kengashi tashkil qilindi. 
Jahon bankining «Raqamli dividentlar» nomli tadqiqoti natijalari mamlakatlar 
iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning naqadar dolzarb va 
muhimligini koʻrsatdi. Xususan, internet tezligining 10 foizga oʻsishi, mamlakat 
YAIMning oʻsishiga olib keladi. Rivojlangan davlatlarda bu koʻrsatkich 1,21 foizni, 
rivojlanayotgan davlatlarda 1,38 foizni tashkil etayotir. Demak, internet tezligi ikki 
barobarga oshadigan boʻlsa, YAIM hajmining qariyb 15 foizga oshishiga erishish 
mumkin. Jahonda amalga oshirilayotgan globallashuv sharoitida tashqi migratsiya, 
xalqaro savdo va kapitallar harakati, turizm, xorijiy investitsiyalar, AKT rivojlanishi 
mamlakatlarning iqtisodiy oʻsish surʼatlariga taʼsir etadi. 
Demak, biz ham asosiy eʼtiborni faqat mahsulotlar eksportiga qaratmasdan, 
balki “nou-xau”, blokcheyn texnologiyalar faoliyatini zamonga hamohang oʻrganib, 
shular qatorida, raqamli iqtisodiyotdan foydalanishni yangi bosqichga olib 
chiqishimiz maqsadga muvofiq. Yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning 
ustuvor vazifasi — Oʻzbekiston iqtisodiyotining yuqori surʼatlarda oʻsishini 


taʼminlash bilan birgalikda, aholi ongi, ilmi va qarashlarini zamon bilan 
uygʻunlashtiradi, 
mamlakatimizning 
xalqaro 
maydonda 
integratsiyasini tezlashtiradi. 
Va, pirovardida, Oʻzbekistonning huquqiy-
demokratik, iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish muddati 
jadal qisqaradi. 

Download 282,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish