8
I.
MA’RUZA MASHG’ULOTI MATERIALLARI
1-MODUL. MOLIYA: NAZARIY ASOSLAR
1-MAVZU: MOLIYANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI
REJA:
1.
Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
2.
Moliyaning funksiyalari.
3.
Takror ishlab chiqarish va moliya.
4.
Moliyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti.
5.
“Moliya” fanining paydo bo’lishi va rivojlanishida ajdodlarimiz
xizmatlari.
1.
Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Moliyaviy munosabatlarning ilk shakllari insoniyat taraqqiyotining
quldorlik jamiyati bosqichida jamiyatning sinflarga bo’linishi va davlatning
vujudga kelishi bilan bog’liq ravishda paydo bo’ldi. Muayyan hududda
boshqaruv organi sifatida davlatning vujudga kelishi uning hokimiyat apparatini
moddiy jihatdan ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, mamlakatni himoya qilish,
urush harakatlarini olib borish, ijtimoiy obyektlar va yo’llar qurish kabi
vazifalarni bajarishi uchun ma’lum darajada pul mablag’lari ham bo’lishini
taqozo eta boshladi. Xuddi shu holat o’z navbatida jamiyatda moliya paydo
bo’lishini iqtisodiy zaruriyatga aylantirdi. Demak, davlatchilik tizimining
vujudga kelishi moliyaning paydo bo’lishi uchun asosiy sabab bo’lib xizmat qildi.
Moliya haqida so’z borar ekan, eng avvalo, bu atama qanday paydo bo’lgan,
degan haqli savol tug’ilishi tabiiy. “Moliya” arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida eng
umumiy tarzda “pul mablag’lari” ma’nosini anglatadi. Bu so’z ona tilimizda
ishlatilishining quyidagi ko’rinishlari mavjud:
maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish
yuzasidan paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag’larini
shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya
kapitali, moliyaviy tizim);
biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul
mablag’lari (masalan, korxona moliyasi);
moliya ishlari bilan shug’ullanuvchi davlat organi (so’zlashuv tilida)
1
.
Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg’armasi”, shuningdek,
“moliyat”, ya’ni “pul mablag’lari; soliq” so’zlari ham moliyaga daxldordir
2
.
1
Qarang: O‘zbek tilining izohli lug’ati: 80 000 dan ortiq so’z va so’z birikmasi. J.2. E – M // Tahrir hay’ati: T.Mirzayev
(rahbar) va boshq.; O‘z.R FA Til va adabiyot in-ti. – T.: “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
– 611-b.
2
Qarang: o’sha manba, 610- va 611-betlar.
9
Lekin jahon iqtisodiy adabiyotida lug’aviy ma’nosi jihatidan o’zbekcha
“moliya” iborasining fransuzcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha
“finansi” kabi ekvivalentlari yoki ma’lum ma’noda, sinonimlari
3
qachon va
qayerda paydo bo’lganligi haqida aniq ma’lumot yo’q
4
.
Ayrim olimlar “financia” (“finance”, “финансы” va hokozo shakllarda)
tushunchasi aynan shu shaklda XIII-XIV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida
paydo bo’lgan va dastlab “pul to’lovi” ma’nosini anglatgan, degan fikrlarni olg’a
surishadi. Xalqaro savdo-sotiq ishlarining rivojlanishi mazkur iboraning
Italiyadan boshqa davlatlarga ham tarqalishiga sabab bo’lgan. XV asrda
“financia” tushunchasi Fransiyada “davlat daromadlari”, “pul summalari”
ma’nosida ishlatila boshlangan. Boshqa tadqiqotchilar bu atama muomalada ilk
bor fransuz olimi J.Boden tomonidan 1755-yilda nashr etilgan “Respublika
xususida olti kitob” nomli asarida ishlatilgan va shu tariqa bu atama Yevropa
davlatlari hayotiga kirib kelgan, deb hisoblashadi
5
.
Yaratilayotgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bo’yicha
oliy hokimiyat organi sifatida davlat va takror ishlab chiqarish jarayonining
boshqa ishtirokchilari o’rtasida yuzaga chiqadigan ma’lum bir iqtisodiy
munosabatlarni Yevropa davlatlarida o’rta asrlardan boshlab “moliya”
tushunchasi orqali ifodalay boshlashgan.
Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta
taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli ko’rinishdagi shaxsiy to’lanmalar
xarakteriga ega bo’lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va
qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining o’zgarishiga olib keldi – ular
ko’proq ravishda pul xarakte-riga ega bo’ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun
va mohiyati prinsipial jihatdan o’zgarmay qolaverdi.
Zamonaviy tasavvurdagi “moliya” tushunchasi podsholar xazinasidan davlat
xazinasi ajralib chiqishi bilan paydo bo’lgan. Bir paytning o’zida shuni alohida
qayd etish kerakki, jamiyatda pul, tovar-pul munosabatlari va davlatning paydo
bo’lishi o’z-o’zidan darhol moliyaning ham vujudga kelganligini bildirmaydi.
Ular hammasi bir paytda, ya’ni birdaniga paydo bo’lgan emas. Moliya shakllanib,
bizning u haqidagi bugungi tasavvurimizdagi moliya ko’rinishiga kelishi uchun
jamiyatda bir qator shart-sharoitlar pishib etilgan bo’lishi kerak. Ular quyidagilar:
3
Biz bu yerda dunyo xalqlarining turli tillarida shaklan turlicha va mazmunan bir xil ma’noni anglatuvchi so’zlarni nazarda
tutayapmiz.
4
Финансы, денежное обрашчение и кредит. Учебник / Под ред.проф. В.К.Сенчагова, проф.А.И.Архипова. –М.:
Финанси и статистика, 1999. с.25). Boshqa mualliflarning fikriga qaraganda, bu atama muomalaga 1755-yilda “Respublika
xususida olti kitob” asarini nashr ettirgan frantsuz olimi J.Boden tomonidan kiritilgan (Qarang: Финансs. Учебник для вузов
/ Под ред. проф. М.В.Романовского, О.В.Врублевской, Б.М.Сабанти. – М.: Финанси и статистика, 2000. с.44).
5
Финансы, денежное обрашчение и кредит. Учебник / Под ред.проф. В.К.Сенчагова, проф.А.И.Архипова. –М.:
Финансы и статистика, 1999. с.25; Финансы. Учебник для вузов / Под ред. проф. М.В.Романовского, О.В.Врублевской,
Б.М.Сабанти. – М.: Финанси и статистика, 2000. с.44; Финанси. Учебник ./ Под ред. Г.Б.Поляка. – 3-е изд., перераб. и
доп.- ЮНИТА-ДАНА, 2009. – с.8; Финансы: Учеб.пособие / Под ред. А.М.Ковалевой. – 5-е изд., перераб. и доп. – М.:
Финансы и статистика, 2008. – с.7.
10
1. Asrlar davomida davlat ixtiyoriga yig’iladigan barcha pul mablag’larining
mutloq egasi qirol (sharqda podsho), deb hisoblanilgan. Mablag’lar qirol xohish-
ixtiyori bilan yig’ilgan va u xohlagan shaklda xarajat qilingan. O‘sha davrlarda
odamlar tasavvurida daromadlarni ishlatish bundan boshqacha bo’lishi mumkin
emasday tuyular edi.
XVI –XVII asrlarda Niderlandiya va Angliyada yuz bergan birinchi burjua
inqiloblari moliyaning shakllanishiga juda katta turtki bergan. To’g’ri, mazkur
inqiloblar qirollik tuzumini ag’darib tashlay olmadi. Lekin shunday bo’lsa-da,
qirolning hokimiyatini ancha cheklashga erishildi va biz uchun eng muhimi
qirolning xazinaning mutloq egasi sifatidagi huquqi keskin qisqartirildi. Yangi
sharoitda xazina o’rniga umumdavlat pul mablag’lari fondi, zamonaviy til bilan
aytganda, byudjet tashkil etila boshlandi. Qirolning xazi-nasi o’rniga davlat
byudjeti tushunchasining kirib kelishi moliyaning shakllanishi va zamonaviy
ko’rinish olishida o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan inqilobiy o’zgarishlardan
biri
bo’lib hisoblanadi.
Shu o’rinda Markaziy Yevropa davlatlarida xazinani tasarruf etish sohasida
yuz bergan bunday o’zgarishlar dunyoning juda ko’p davlatlarida, xususan, O‘rta
Osiyoda ommalash-maganligini e’tirof etish zarur. O‘z taraqqiyoti davrida
kapitalistik tuzumni bosib o’tmagan mazkur davlatlarda podsholar xazinaning
mutloq egasi bo’lib qolaverganligi va muomalaga davlat byudjeti tushunchasi kirishi
podsholik hokimiyatining bekor qilinishiga qadar hal bo’lmaganligini tabiiy hodisa
sifatida tushunish to’g’ri bo’ladi.
2. Amaliyotga “xazina” o’rniga “davlat byudjeti” tushun-chasi kirgandan keyin
byudjetni tashkil etish va mablag’-lardan foydalanish tartibi shakllana boshladi.
“Davlat daromadlari” va “davlat xarajatlari” iboralari paydo bo’ldi, ularning tarkibi
aniqlandi, davlat byudjetini shakllantirish va mablag’larini sarflash uchun tegishli
qonun hujjatlarining asoslari yaratila boshlandi.
Davlat byudjeti daromadlarini asosan soliqlar, turli to’lovlar, harbiy o’lja va
kontributsiyalar tashkil etgan bo’lsa, o’sha paytdayoq xarajatlar moddalarining
hozirga qadar o’z ahamiyatini yo’qotmagan yo’nalishlari shakllandi: harbiy
xarajatlar, iqtisodiyot, boshqaruv va ijtimoiy maqsadlarga ajratilgan mablag’lar.
3. Qirol xazinaning mutloq egasi bo’lgan davrda daromadlar natural soliqlar va
aholining mehnat majburiyatlaridan iborat bo’lgan edi. Endilikda pul ko’rinishidagi
soliqlar Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismini tashkil eta boshladi.
Natijada yaratilayotgan mahsulotni qiymat shaklida taqsimlash bosqichi boshlandi.
Lekin shuni yana alohida ta’kidlash lozimki, moliya va moliyaviy
munosabatlarning mohiyati haqidagi tushunchalar vaqt o’tishi bilan o’zgarib
borgan
6
.
6
Iqtisodiy kategoriya sanalgan moliya to’g’risidagi qarashlarning XVII asrning oxiridan XIX asrning oxirigacha
transformatsiyalanishi S.Yu.Vittening asarida quyidagicha ifodalangan: “XVII asrning oxirlarida “moliya” so’zi orqali
11
Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksiyadorlik shaklidagi) milliy
va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog’liq holda tovar ishlab
chiqa-rishning yirik masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish
jarayonining turli ishtirokchilari o’rtasida pul mablag’larini jalb qilish, ulardan
foydalanish va ularni taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga
olib keldi. Tovarlar harakatidan ajralgan pul mablag’larining harakati masalalari
bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir tomondan,
kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli subyektlar o’rtasida YaIM
qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog’liqdir. Bir vaqtning o’zida,
ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanma-sining
tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan o’z hissalarini olishga da’vo
qiladilarki, bu moliyaviy munosabatlarning sohasidir.
Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot
qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror
ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va
funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifa-tida ham moliyaning
vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bo’linishi va davlatning paydo bo’lishi bilan
bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |