3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish
Korxonalarning jamg’armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va
markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan
foydalanish jarayonidagi pul mablag’larining miqdoriy va sifat jihatidan
harakatiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida
shakllanishi lozim bo’lgan moliyaviy resurslar fondlarining o’lchamiga bog’liq.
Mamlakatning iqtisodiy qudrati qancha kuchli bo’lsa, uning o’sishiga xizmat
qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajmi shuncha katta
bo’ladi.
91
Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi
moliyaviy resurslar fondining nimaga mo’ljallanganligi bilan bevosita bog’liq.
Masalan, soliqli moliyaviy oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi
moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni
boshqarish metodlari ham turlichadir. O‘zining sifat mazmuniga ko’ra
quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq:
–
byudjetli-soliqli moliyaviy oqimlar - barcha dara-jalardagi byudjetlarning
mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi;
–
tijorat (tijoriy) moliyaviy oqimlari – tadbirkorlik xo’jalik subyektlari
tomonidan amalga oshiriladi;
–
nobyudjet moliyaviy oqimlar – notijorat tashkilotlarining fondlarini
shakllantiradi.
Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyidagilardan iborat:
–
qonunchilik – Oliy Majlisning vakolatida;
–
nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) – Hisob palatasi va mamlakatning
boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq va bojxona qo’mitalari va
boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi;
–
boshqaruvchanlik – korxona va korxonalar, banklar, soliq organlari,
G’aznachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-kitob-kassa va boshqa
xizmatlarining vakolatida;
–
nazorat-kuzatuv
– korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga
uchraganligigi to’g’risidagi ishlarni ko’radigan va bu holda moliyaviy oqimlar
ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi.
Moliyaviy oqimlarni boshqarish bo’yicha yuqoridagi organlarning
funksiyalari bir-biri bilan qo’shilib ketgan va ularni har doim ham ajratib (alohida
qilib) bo’lmaydi.
Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy resurslar aylani-shining qonuniyatlariga
muvofiq ravishda, ko’zda tutilgan tartibda (rejimda) va rejada aks ettirilgan
hajmda, ishlab chiqarish va sotsial vazifalarni samarali yechish uchun kerak
bo’lgan tarzda va takror ishlab chiqarish tsiklini pul mablag’lari bilan to’liq
ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, moliyaviy oqimlarning samarali
ekanligidan dalolat beradi.
Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag’-larining etarli bo’lmagan
hajmda va o’z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar ritmining
buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi va daromad-larning olinishida
uzilishlarning bo’lishiga, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatda keskin yo’qotmalarning
bo’lishiga olib keladi. Moliyaviy oqimning samaradorligini quyidagicha aniqlash
mumkin:
92
𝑲
𝒔
=
𝑯
𝒎𝒐
𝑹
𝒎𝒐
Do'stlaringiz bilan baham: |