6
I Bob. A d a b i yo t l a r t a h l i l i .
1.1. Tayanch-harakat apparati tuzilishi.
Tayanch-harakat sistemasiga suyaklar va muskullar kiradi va yagona suyak-
muskul sistemasini hosil qiladi. Skelet va muskullar organizm uchun tayanch
bo’lib, ichki organlarni himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Tayanch-harakat
sistemasi yordamida organizmning eng muhim funksiyalaridan biri hisoblangan-
harakat vujudga keladi. Tayanch-harakat sistemasining uyg’unlashgan faoliyati
markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi.Odam tanasidagi barcha suyaklar
birikkan holda skelet deb yuritiladi va ular organizmda asosan uch xil funktsiyani
bajaradi. Ularga tayanch, himoya va suyaklarning ko`mik qismida qonning shaklli
elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab chiqariladi. Odam
tanasida jami 206 ta suyak bo`lib, ularning 85 tasi juft 36 tasi toq suyaklardan
tashkil topgan. Suyaklarning vazni: katta odamlarda ya'ni erkaklar umumiy tana
vazning 18 %, ayollarda 17 % , Yangi tug`ilgan bolalarda tahminan 14 % ni tashkil
etadi.
Odam tanasida suyaklarning joylashishi. Odam tanasidagi suyaklar
joylashishiga ko’ra bir necha qismga bo’lib o’rganiladi: bosh, gavda, qo’l va oyoq
suyaklari.
Bosh skeleti: Bosh skeleti ikki qismdan: miya qutisi va yuz qismidan iborat
bo’lib, 23 ta suyaklarning birikishidan hosil bo’lgan. Ularning hammasi pastki jag’
va til osti suyagidan tashqari, uzluksiz chok bilan o’zaro mustahkam birikkan.
Bola tug`ilgan vaqtda uning bosh suyaklari bir-biri bilan birikmagan bir
necha suyakdan iborat bo`lib, ular orasida bo`shliqLar bo`ladi. Bu bo`shliqlar
liqildoq deb ataladi. Ular katta, kichik va yon liqildoqlarga bo`linadi. Katta liqildoq
peshona va tepa suyaklari orasida joylashgan bo`lib, uning bo`yi 3,5 sm, eni esa
2,5 sm bo`ladi. Tepa va ensa suyaklari orasida kichik liqildoq va tepa chakka
suyaklari orasida ikkitadan jami 4 ta yon liqildoqlari bo`lib, ular 1,5 yoshda
suyakka aylana boradi. 4 yoshda esa miya qutisining choklari hosil bo`ladi. Bosh
suyagi 7 yoshgacha hamda 11-15 yoshda ya'ni jinsiy balog`at yoshida tez o`sadi.
Uning o`sishi va shakllanishi 25-30 yoshgacha davom etadi.
Suyak sistemasi odam skeletini tashkil qilib, uning funksiyasi ko’p qirrali.
Eng muhimi gavdada u tayanch va himoya vazifasini bajaradi. Skeletning tayanch
funksiyasi tufayli odam o’z qomatini to’g’ri tutadi. Skelet ichki organlarni, qon
tomirlari va nerv sistemasini himoya qilish vazifasini ham o’taydi. Masalan, bosh
miya kalla suyagi qopqog’i ichida, orqa miya umurtqa pog’onasining kanalida;
o’pkalar, traxeya va bronxlar, yurak va yirik qon tomirlari ko’krak qafasida
joylashganligi tufayli tashqi muhitning noqulay ta'siridan himoyalangan.
Suyaklarning ko’mik qismida qonning shakIli elementlari (eritrotsitlar,
leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, suyaklar mineral
tuzlar deposi (to’planadigan joyi) bo’lib xizmat qiladi. Odam skeleti qariyib 206 ta
7
suyakdan tashkil topgan bo’lib, ularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardir ( -
rasm). Suyaklar 4 xil shaklda bo’ladi.
Naysimon suyaklar - bular o’z navbatida ikki xiI bo’ladi. Uzun naysimon
suyaklar (yelka, bilak, son, boldir suyaklari); kalta naysimon suyaklar (qo’l va
oyoqning kaft va barmoq suyaklari).
G’ovak suyaklar - bular ham ikki xil: uzun g’ovaksimon (qovurg’a, to’sh,
o’mrov), kalta g’ovaksimon (umurtqa, qo’l va oyoqning kaft, kaft-usti suyaklari)
bo’ladi.
Yassi suyaklar - bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va ehanoq suyaklari.
G’alvirsimon suyaklar - yuqorigi jag’, peshona, bosh suya gining pastki asos
qismidagi ponasimon va g’alvirsimon suyaklar.
Do'stlaringiz bilan baham: