Dilnavoz Yusupova



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

Xrista Aleksandri
o‗z yurti Ellada – Gretsiyaga qaytishni xohlaydi, ammo Yanguli 
Suxumidan – tug‗ilib o‗sgan maskanidan ketishni istamaydi. Otasi uni majburlab olib 
ketadi. Uch kundan keyin ular chiqqan kemaning halokatga uchragani ma‘lum 
bo‗ladi, dengiz to‗lqinlari Yangulining jasadini Suxumiga olib kelib tashlaydi. Uning 
murdasini faqatgina Jamol taniydi: chunki Yangulining ko‗ksida «Hellados» – Ellada 
yozuvi yozilgan edi.
Xulosa. 
Yanguli 
hech qayerda o‗qimagan, onasidan go‗dakligidayoq yetim qolgan, 
otasi bo‗lsa uzzukun tirikchilik tashvishlari bilan band. Bir qaraganda u ko‗cha 
bolasi. «O‗tganning o‗rog‗ini, ketganning ketmonini olish» uning kasbiga aylanib 
qolgandek. Yanguli garchi maktab – ustoz ko‗rmagan, ota-ona mehridan to‗la 
bahramand bo‗lolmagan esa-da, uning tabiatan nozik ko‗ngli, mushohadaga moyil 
aql-u farosati bor. Jamol Yangulining onasi yo‗qligini bilardi, biroq Kokaning qistovi 
bilan (qolaversa, bolaligiga borib) uni onasini qo‗shib so‗kishdan o‗zini tutib 
turolmaydi. Yanguli esa Jamolning onasi o‗lganini eshitiboq o‗z raqibini quchoqlab, 
undan uzr so‗rashga chog‗lanadi. Yanguli otasining zo‗rligi bilan Vatanini tark 
etyapti-yu, shu og‗ir holatda ham Jamolning ko‗nglini ko‗tarishni o‗ylaydi: «Jamol, 
ego agapo imana su! Jamol, oyingni yaxshi ko‗raman!» 
o
Jamol nazarida, Yangulining o‗z to‗dasi oldida so‗zlagan «tarixiy nutqi» 
maynavozchilikdan boshqa narsa emas. Lekin Yangulining birorta gapi yo‗liga 
aytilgan emas. U chindan-da o‗zi va to‗dasidagi bolalarni vatanning «hur 


460 
farzandlari» deb biladi. U rostdan ham Gruziya yerini, dengizini, jamiki 
daryolarini, oltin-kumushlari-yu o‗tloqlarini o‗ziniki deb hisoblaydi. 
o
Yanguli fojiasida uning otasini ayblashga ham shoshilmaslik kerak. Otani ham 
tushunish lozim. U ham o‗z Vatanini Yangulidan kam sevmaydi. Faqat uning 
vatani boshqa – Gretsiya – Ellada! Uni chindan ham o‗zi voyaga yetgan yurtda 
ajdodlar ruhi chaqirmoqda. U ham bolalikdagi do‗stlariga, xotiralariga, ilk 
muhabbatiga guvoh bo‗lgan go‗shalarga talpinadi. Uning ham bu sog‗inch-u 
talpinishlarga haqqi bor. 
o
Hikoyachi 
Jamol
garchi hali yosh, o‗yinqaroq bolaligi o‗tib ketmagan bo‗lsa-da, 
o‗ziga xos xarakterga ega obrazdir. Uning o‗rnida boshqa bola bo‗lganida, balki, 
Yangulidan ikki marta kaltak yeganidan keyin bu to‗daga bo‗ysunib ketardi. Jamol 
bu «to‗da»ga bo‗sh kelishni xohlamadi. Uning shu qat‘iyligi, jasurligi, o‗zini xor 
qildirib qo‗ymasligi oxir-oqibatda «dushmanlari»ning do‗st bo‗lishiga, Yangulidek 
«zo‗ravon» e‘tirofini qozonishiga olib keladi.
o
Asarda Jamolni asrab olgan 
Nina xola 
unchalik ko‗p ishtirok etmaydi. Biroq bu 
zahmatkash ayolning kuyunib gapirishlari, asablari ancha tarang tortib qolganidan 
seziladiki, uning boshidan ham anchagina issiq-sovuqlar o‗tgan. Jamolning do‗sti 
Koka
, Yanguli to‗dasining bir qancha a‘zolari obrazi haqida ham shu fikrni aytish 
mumkin. Bularning bari «Hellados» hikoyasida qator betakror inson xarakterlari 
yaratilganidan yaqqol darak beradi. 

«Qishloq bolalari» (1958-yili chop etilgan ilk hikoyalar to‗plami) 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish