Qit’a
Sipohi pora istar, mulla ijora istar,
Bechora chora istar, bir chora zamon bormu?
Navoiyga muxammas
Dil ishqinga mubtalo bo‘lubdur,
Ham rasmi vafo ongo bo‘lubdur,
Oini jafo sango bo‘lubdur,
Ko‘zing ne balo qaro bo‘lubdur
Kim, jong‘a qaro balo bo‘lubdur…
Musamman
Har odamning talab yo‘lida gar ixlosi komildur,
Gumonsiz jumlayi maqsud birla komi hosildur,
Aning sha’nida go‘yo oyati tasdiq nozildur,
Ramuzi ishqkim rohi haqiqat sori shomildur
Ki, ulvi manzilatlar zumrayi ushshoqa doxildur,
Bihamdillah, bu sirdin bulhavaslar xayli g‘ofildur,
Murod shohidining vaslig‘a sidq ahli vosildur,
Sadoqat fayzini bilgan kishi dono-vu oqildur…
13.3. Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy
(
1850 – 1903
)
297
1836-yili Qo‗qonga ko‗chib borib o‗rnashib qolgan toshkentlik novvoy Mirzaxo‗ja
Mirfozil o‗g‗lining farzandi Muhammad Aminxo‗ja Muqimiy 1850-yili Qo‗qonda
Bekvachcha mahallasida tug‗ildi. Onasi Bibioysha xo‗jandlik bo‗lgan. Ularning
Muhammad Aminxo‗jadan tashqari Tojinisa, Ulug‗bibi, Saydinisa, Mehrinisa degan to‗rt
qizlari bor edi.
Muhammad Aminxo‗ja mahallasidagi mulla Abduxalil domla maktabida xat-savod
chiqargach otasi, moddiy qiyinchilikka qaramay, yolg‗iz o‗g‗lining chuqurroq ilm olishini
istaydi. Muqimiy 1864-yili Qo‗qondagi Hokim oyim madrasasiga o‗qishga kiradi. 1867-
yili onasi vafot etadi. Otasi Ziyodabibi ismli bir ayolga uylanadi. 1873-yili madrasani
bitirgan Muhammad Aminxo‗ja o‗qishni davom ettirish uchun Buxoroga yo‗l oladi. U
1876-yilgacha Buxorodagi Mehtar oyim madrasasida o‗qiydi. Shu yili uni o‗gay onasi
Ziyodabibining avvalgi turmushidan bo‗lgan Sanambibi ismli qiziga uylantiradilar.
1877-yili Muhammad Aminxo‗ja tirikchiligini o‗tkazish uchun Qo‗qondagi yer
qurilish mahkamasiga mirzalik vazifasiga ishga kiradi. Sirdaryo bo‗yidagi Oqjar paromiga
pattachi bo‗lib ishga o‗tadi.
U badiiy zavqdan mahrum, adabiyotdan uzoq, o‗zini tushunolmaydigan Sanambibi
bilan uzoq yashay olmadi. 1879-yili ular ajrashdilar. Shoirning ayoli o‗g‗illari
Akbarxo‗jani onasi Ziyodabibiga qoldirib, boshqaga turmushga chiqib ketdi. 1886-yili
shoirning otasi ham vafot etadi. Muhammad Aminxo‗ja XIX asrning 70-yillari oxiridan
e‘tiboran to‗lig‗icha badiiy ijodga beriladi. «Muqimiy» taxallusi bilan she‘rlar yozib
dovruq qozonadi.
Muqimiy 1887 – 1888-yillarda Toshkentga kelib, olti-yetti oy turadi. Ota
qarindoshlari bilan uchrashadi. Almaiy, Nodim Namangoniy singari adiblar bilan tanishib,
yaqindan aloqa bog‗laydi. Muqimiy hamisha iqtisodiy tanglikda yashagani uchun ham
1886-yili otadan qolgan hovlini sotib, o‗g‗li Akbarxo‗ja bilan «Hazrat» madrasasidagi bir
hujraga ko‗chib o‗tishga majbur bo‗lgan. Kishilar uchun xat yozib, kitob ko‗chirib,
shundan keladigan daromad hisobiga kun kechirgan. Azaldan xati chiroyli shoirning
mijozlari ko‗p edi. U o‗z vaqtida zamonasining yetuk xattoti Muhammad Yusufdan
maxsus saboq ham olgandi. Muqimiyning 1892 – 1899-yillar orasida ikki marta
Toshkentga kelib-ketgani ma‘lum. Toshkentga qilingan sayohat shunchaki yaqinlarni
298
ko‗rishgina bo‗lmay, balki yangi madaniyat, yangi turmush, yangicha qarashlar bilan
tanishish ham edi.
Sariq kasaliga yo‗liqqan Muqimiy 1903-yilning 25-mayida madrasadagi hujrasida
vafot etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |