Dilnavoz Yusupova



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

«
Firoqnoma
»
 muashsharidan 

Ohkim, behad menga javr-u jafo aylar falak, 
Furqat ichra qismatim dard-u balo aylar falak,
Yordin ayru mango ko‘p mojaro aylar falak,
G‘am ila guldek yuzimni kahrabo aylar falak,
Bevafodur oqibat, kimga vafo aylar falak,
Hasrat-u dard-u alamga mubtalo aylar falak,
Yorni, albatta, yoridin judo aylar falak,
Gul bila bulbulni bebarg-u navo aylar falak,
Hech kim, yo rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq mehribon dildoridin ayrilmasun.
 

Tarji’banddan 
 

Xating ishtiyoqin savod ayladim, 
Ko‘zumning qorasin midod ayladim.
Meni, baski, devona qildi g‘aming, 
Junun ahlig‘a ittihod ayladim.
Ko‘rub tushda yuzingni beixtiyor 
Fig‘on chektim andog‘ki, dod ayladim.


283 
Rafiqim jigar xasta afgorlar, 
Alar birla ahdi vidod ayladim.
Seni jud-u ehsona targ‘ib etib, 
Xitobingni xayruljavod ayladim.
Murodimni sendin toparmanmu deb 
Xaloyiqqa sa’yi murod ayladim.
Visolingdin, ey jon, topolmay so‘rog‘ 
Nelar tushti boshimga sendin yirog‘? 
12.9. Jahon Otin Uvaysiy 
(
XVIII asrning 80-yillari 

 XIX asr o‘rtalari
)
 
Jahon Otin 1789 – 1790-yillarda Marg‗ilonda ziyoli oilada tug‗ildi. Otasi Siddiq 
kosiblik bilan shug‗ullansa-da, «Hofiz bobo» nomi bilan tanilgan bo‗lib, o‗zbekcha va 
tojikcha she‘rlar bitardi. Onasi Chinnibibi maktabdor bo‗lib, qizlarga dars berardi. Akasi 
Oxunjon hofiz xonanda va sozanda bo‗lgan.
Jahon Otin o‗n yetti yoshida marg‗ilonlik Hojixon ismli bir kishiga turmushga 
uzatildi. Muhammadxon ismli farzand ko‗rdilar. Jahon otinning «Uvaysiy» taxallusi bilan 
bitilgan she‘rlari mashhur bo‗lib, Marg‗ilon hokimi bo‗lib turgan Umarbekning umr 
yo‗ldoshi shoira Nodirabegimga ham yetib bordi. Ikki oila bir-biri bilan yaqinlashib, 
Oxunjon hofiz saroy sozandasi qilib olindi. Hojixonga esa hokimlikdagi martabalardan 
biri in‘om qilindi. Biroq Hojixon erta vafot etdi. Jahon Otin yakka-yolg‗iz o‗g‗li-yu 
homilasi bilan qoldi. Qizi Quyoshxon tug‗ilganda, Umarxon Qo‗qon xoni, Nodirabegim 
malikayi davron edi.
Nodirabegim Uvaysiy oilasini Qo‗qonga ko‗chirtirib keladi va ularning do‗stona 
munosabatlari 1842-yil fojiasiga qadar davom etadi. Uvaysiy o‗z faoliyati davomida 
ko‗plab shogirdlar etishtirib chiqargan. 
1822-yili Amir Umarxon vafot etib, o‗rniga o‗g‗li Muhammad Alixon o‗tirgach, 
Uvaysiy xonadoniga notinchlik kirib keladi. Xon shoiraning o‗g‗li, 14 – 15 yoshli 
Muhammadxonning «Majnun» taxallusi bilan she‘rlar bitishidan xabar topib saroy 
xizmatiga mahram qilib oladi. Shu orada Uvaysiy bilan Muhammad Alixon orasida gap 


284 
qochadi va xon shoiraning o‗g‗lini sarboz sifatida Qashqarga harbiy yurishga jo‗natib 
yuboradi. Uvaysiyga o‗g‗lini qayta ko‗rish nasib etmaydi. Bu narsa shoiraga qattiq ta‘sir 
qildi. Uvaysiy Nodirabegimdan ijozat olib Marg‗ilonga qaytdi. Onasining tarbiyasini 
olgan Quyoshxon «Xokiy» taxallusi bilan ajoyib she‘rlar bitadi. Uni marg‗ilonlik 
Abdusamad qori degan yigitga uzatadilar. U Quyoshxonning she‘r va musiqaga bo‗lgan 
har qanday qiziqishini taqiqlab qo‗yadi. Har bir xatti-harakatini ta‘qib va tazyiq ostiga 
oladi. Bularga chidolmagan Quyoshxon 1839-yili o‗ttiz yoshida vafot etadi. Uvaysiy 
qizidan bir yoshda qolgan nabirasi Bibi Xadichani tarbiya qila boshlaydi. Biroq bu tarbiya 
1850-yili shoiraning vafoti bilan uzilib qoladi. Bibi Xadicha ham «Azmiy» taxallusi bilan 
she‘rlar yozgan. U Andijonning Mingtepasidan bo‗lgan Abduqodir degan kishiga 
uzatilgandi. Uning qizi Xoljonbibi ham «Mag‗ziy» taxallusi bilan tanilgan shoira edi. 
Uvaysiy merosi bizga, asosan, mana shu Xoljonbibi orqali yetib kelgan.
XX asrning 60-yillarida olimlarimiz Andijon viloyatining Marhamat tumanida 
Uvaysiy avlodlari yashayotganini aniqlab, shoiraning chevarasi Xoljonbibi bilan 
uchrashishga va anchagina ma‘lumotlarni qo‗lga kiritishga muvaffaq bo‗ldilar. 
Uvaysiyning she‘riy devoni topilib, 1983-yili «Ko‗ngil gulzori» nomi bilan nashr etilgan.


Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish