Dilnavoz Yusupova


Asardagi ba’zi hikoyatlarning qisqacha syujeti



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

Asardagi ba’zi hikoyatlarning qisqacha syujeti: 


268 
o
Kunlardan bir kuni bir odil podshoh vaziriga hajga bormoqchi ekanligini aytadi. 
Vaziri: «Ey podshohim, taxtni bo‗sh qo‗yub, Ka‘bag‗a borsangiz, xalq bebosh bo‗lib 
ketmasmikan?» – deydi. Shunda podshoh haj qilgan hojining savobini sotib olib kelishlarini 
so‗raydi. Podshohning huzuriga 20 marta Ka‘bani ziyorat qilgan bir zohidni olib keladilar. 
Podshoh uning bir martalik hajiga avval ming qizil tanga, keyin o‗n ming qizil tanga 
bermoqchi bo‗lsa-da, zohid ko‗nmaydi. Shunda podshoh unga nimaning evaziga haj 
qilganingning savobini berasan deb so‗raganida, zohid: «Men senga 20 hajimning 
savobini beraman, sen esa menga bir soat adolat qilganingning savobini bergin, zero, bir 
soatlik adolatning savobi odamlar va farishtalarning ibodatidan ortiqroqdir», – deb javob 
beradi.
Bir talaba Sulton Mahmud G‗aznaviyga bir qozi ustidan arz qilib boradi. Talaba 
tahsil uchun boshqa shaharga ketar ekan, otameros ming tilla pulini hamyonga solib, 
muhrlab qoziga omonat topshirib ketgan edi. Kelib olib ko‗rsa, hammasi mis tanga 
chiqadi. Hech yeri teshilmagan, muhri joyida. Qozidan so‗rasa: «Bilmayman, muhri 
joyidami, bo‗pti-da, nima deysan? Xohlasang, qasam ichaman», – deb javob qiladi. 
Sulton o‗ylanib qoladi va nega ont ichirmading deb so‗raydi. Shunda talaba uning 
ontiga ishonib bo‗ladimi, qozining qasami Laylakniki bilan birdek-ku deb javob 
beradi. Sulton Laylak hikoyatini so‗raydi. Talaba so‗zlab beradi: bir kuni ilonlar 
to‗planishib: «Kelinglar, bu – qismat. Har daqiqada Laylakdan jon hovuchlab qochib 
yurganimizdan ko‗ra har kuni bittamiz navbat bilan boraylig-u qolganlarimiz xotirjam 
yashab turaylik», – deb gapni bir joyga qo‗yib bir ilonni elchi qilib yuboradilar. 
Laylak rozi bo‗ladi, har kuni bir ilondan ortiq yemaslikka ont ichadi. Biroz vaqt o‗tib 
ilon bolalaydi, laylak esa kichik bir ilonga to‗ymaydigan bo‗ladi. Laylak uchib 
boraversa, ilonlar xotirjam suhbatda, yonlariga keladi-yu, ikkitasini tirnog‗iga olib 
jo‗naydi. Ilonlar yig‗ilib arzga boradilar, ichgan ontini o‗rtaga soladilar. U: «Sizlar 
bilasizlarmi, men kimman?! Men minora ustida yashayman, masjidning tepasidaman, 
gunohdan qo‗rqmayman, shunday odamning onti bo‗ladimi?» – deb javob bergan 
ekan. Xuddi shu kabi xoin, poraxo‗r qozining onti bo‗ladimi deb hikoyatini tugatadi 
talaba. Hikoya Sultonga ma‘qul keladi. Talabaning mis tanga solingan hamyonini 
olib qolib, o‗ziga javob beradi. Keyin o‗ylaydi: «Talabaning so‗zi bilan qozini 


269 
o‗ldirsam, pul uchun qildi deb malomat etishlari aniq, otim yomonga chiqadi. 
Yo‗lini topish kerak». Sulton xayoliga birdan shunday fikr keladi: «Hamyon qayta 
tiktirilib, tillasi almashtirib qo‗yilmaganmikan?» Ertasiga yotgan shohona 
to‗shagining o‗rtasidan pichoq tortib ovga ketadi. Farrosh yig‗ishtirishga kirsa, 
to‗shak bir ahvolda. Uni vahima bosadi. Tezlikda shahardagi eng usta tikuvchini 
qidirib topadilar. Bir-ikki kun o‗tkazib ovdan qaytgan podsho to‗shakning tilingan 
joyini topa olmaydi. Farroshni tergaydi. Haqiqat ma‘lum bo‗ladi: qoziga hamyonini 
shu usta tikib bergan ekan. So‗ng sulton pulchilarni qidirib topadi. Ulardan qozi 
uchun mis tanga yasaganligini aniqlaydi. Nihoyat, sulton qozi bilan talabani huzuriga 
chaqiradi. Talaba arz qiladi, qozi da‘voni rad etadi. Qozi o‗z gaplarining 
to‗g‗riligiga ont ichadi. Sulton qozini tikuvchi usta va pulchiga yuzma-yuz qiladi. 
Qozi dorga osilib, talaba uning o‗rniga qo‗yiladigan bo‗ladi. Biroq talaba sultonning 
taklifini rad etadi va fikrini dalillash uchun bir qator hikoyalar keltiradi. Ulardan 
birida aytilishicha, bir kuni amiral mo‗minin hazrati Ali (r.a.)ning yonlariga bir 
guruh odamlar ekin ekiladigan yerdan shikoyat qilib keladilar. Ayniqsa, bittasi: «Yo 
Ali, uch yil bo‗ldi hosil ekaman, bu yer hech narsa bermaydi», – deb kuyunadi. 
Hazrat Ali qog‗oz, qalam keltirishni so‗raydilar va xat yozib dehqonning qo‗liga 
tutqazadilar hamda hosilsiz yerning o‗rtasiga ko‗mishni buyuradilar. Kelasi yil bu 
yer shunday hosil beradiki, hamma hang-u mang bo‗lib qoladi. Sekin o‗sha xatni 
yerning o‗rtasidan qidirib topadilar va o‗qiydilar. Unda shunday yozilgan ekan: «Ey 
yer! Bu yil ham hosil bermasang, qozining o‗ligini sening bag‗ringga 
ko‗mdiraman». It har tunda aytar emish: «Alloh taologa shukrlar bo‗lsinki, meni 
qozi qilmasdan it qilib yaratgan». 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish