Milliy ma’naviy uyg’onish
masalalari, xalqimizning boy milliy merosi
asosida yoshlarda estetik tarbiyani tarkib toptirish S.Annamuratova,
A.Sulaymonov, S.Fayzulina larning ishlarida o’z ifodasini topgan.
Ammo, milliy va umuminsoniy qadriyatlar muammosiga falsafiy –
estetik, umummetodologik yondoshuvlar mavjud bo’lib, unda faqat
o’quvchilarni ma’naviy – axloqiy tarbiyalash ilmiy tadqiq etilgan. Ma’naviy –
estetik tarbiyalash muammosi ham o’zbek pedagogikasida,
ham rivojlangan
davlatlar pedsgogikasida dolzarb bo’lsa ham o’rganilmagan va bu muammo o’z
ilmiy yechimini kutib turibdi, xususan pedagogik kadrlarni ma’naviy – estetik
tarbiyalash dolzarbligicha qolib kelmoqda.
Respublikamiz oliy ta’lim muassasalaridagi holat o’rganilganda quyidagi
muammolar aniqlanildi:
-
talabalarga ma’naviy ma’lumot berish va tarbiyalash “ma’naviyat
asoslari” fanini o’rganish
jarayonida amalga oshirilmoqda;
-
bo’lajak o’qituvchilarni ma’naviy estetik tarbiyalash faollashgan;
- bo’lajak o’qituvchilarni ma’naviy – estetik tarbiyalashning nazariy –
metodologik, ilmiy – pedagogik jihatlarini asoslashga urinishlar mavjud. Ammo
bu o’rinlarda ham tizimsizlik, pedagogik – psixologik izchillik va mantiq
qoidalariga to’liq rioya etmaslik kabi nuqsonlar mavjud. Natijada bo’lajak
o’qituvchilarni ma’naviy estetik tarbiyalash muammosi to’liqligicha
amalga
oshirilmay qolmaydi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish asosan
milliy an’analar yoki folklor materiallari bilan chegaralanib qolmoqda,
qadriyatlarimizning ma’naviy – estetik imkoniyatlaridan unumli va malakali
foydalanilmay qolmoqda. Ko’rsatilgan kamchiliklar
pedagogik kadrlarni
tayyorlovchi professor o’qituvchilar ham mavjudligi aniqlanildi.
Pedagogika fanlaridan dars beruvchi o’qituvchilarning faoliyati
kuzatilganda quyidagi tipik kamchiliklar aniqlanildi: bo’lajak o’qituvchilarni
tayyorlashda ma’naviy – estetik omilga kam e’tibor qaratilmoqda; “ma’naviyat”,
“ma’naviy qiyofa”, “ma’naviy – estetik meros”, “ma’naviy – estetik tarbiyalash”
tushunchalari turlicha talqin etilmoqda; umumpedagogik fanlarning ma’naviy –
estetik tarbiyalash borasidagi aloqadorlik va izchillilik zaiflashgan (ba’zan
sezilmaydi); pedagogika fanlari dasturlarini bo’lajak o’qituvchilarni
milliy-
madaniy merosimiz asosida ma’naviy – estetik tarbiyalashga yo’naltirilgan
innavatsion yondashuv mavjud emas; bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyalashning
yangi pedagogik texnologiyalari,
shakl va metodlari, yangi – yangi metodikalari
ishlab chiqilmayapti. Ko’rsatilgan kamchiliklar bo’lajak o’`ituvchilarni
tayyorlash sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda, vaholanki o’qituvchining
ma’naviy – estetik qiyofasi kasbiy shakllanish va muvofaqqiyatga erishish omili
bo’lib hisoblanadi.
Pedagogika fanlari o’qituvchilari talab darajasidagi ilmiy – pedagogik va
amaliy
tavsiyalarga ehtiyoj sezmoqda, bo’lajak o’qituvchilarni ma’naviy –
estetik tarbiyalash bo’yicha zarur amaliy tavsiyalar ishlab chiqish bugungi kun
pedagogikasi oldida turgan muammo hisoblanadi.
Shunday qilib, muammoning o’ta dolzarbligi va tezkor amaliy ehtiyoj
o’rtasidagi qarama – qarshilik mavjudligi aniqlandi hamda muammoni ilmiy
tadqiq etish va ilmiy yechimini izlashga qaror qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: