Ishning umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/39
Sana16.03.2022
Hajmi0,82 Mb.
#495329
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
MI Xayrullayeva M

l
, yuksa
k

2. So‘z va qo‘shimcha birlashib, ular 
yaхlitlanishi
mumkin: 
birоn, birоr, bеzоr

Qo‘shimcha bunday zichlashishi natijasida o‘z invarianti – mоrfеmasidan uzilishi 
mumkin. 
3. So‘z va qo‘shimcha оrasidagi alоqa 
sоddalashishi 
mumkin:
 yumshо
q
, qatti
q



56 
4. So‘z qo‘shimcha hоliga kеlishi, murakkab qo‘shimchalar bir-biriga qo‘shilib 
kеtishi, ya’ni 
birlashishi
mumkin: 
bоrib 
yotib
di – bоrib 
yatip
ti – bоr
yap
ti; 
ning+ki=niki
.
Shuningdek, tarixan ikkita ma’noli qismdan iborat bo‘lib, hozirgi paytda ma’noli 
qismlar tushunarsiz holga kelib qolganda ham bunday so‘zlar bitta morfema sifatida 
baholanadi: 
bugun (bu+kun), yuksak (yuk+sa+k), qattiq (qat-iq).
Kеltirilgan hоdisalarga mansub misоllarning barchasi tariхiy yasalishga 
mansubdir. 
O‘zak va affikslarning qo‘shilish tartibi. 
Affikslarning o‘zakka qo‘shilish 
tartibi ham o‘ziga xoslikka ega. Xususan, so‘z tarkibida ma’noli qismlar 
joylashishining odatdagi tartibi asosan, 
asos yoki negiz+ so‘z yasovchi+lug’aviy 
shakl 
yasovchi+sintaktik 
shakl 
yasovchi
shaklida 
bo‘ladi. 
Masalan: 
qishloq+dosh+lar+imiz, qo‘riqla+di+k.
Asosga so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi 
bilan 
negiz
hosil bo‘ladi. Masalan: 
ter+im, quri+q, tinch+i (moq
) kabilar negizdir.
Shu o‘rinda o‘zak va negizning farqli jihatlarini aytib o‘tishimiz joiz. O‘zak 
faqatgina morfem tahlil jarayonidagina namoyon bo‘lib, so‘zning ma’noli qismlari 
doirasidagina yuzaga chiqadi va o‘zak faqat tub holda bo‘ladi. Negiz esa bir so‘zdan 
yangi so‘z yasash jarayonidagina munosabatlarda paydo bo‘ladi, ya’ni bir so‘zdan 
yangi bir so‘z yasash uchun asos bo‘ladi. Negiz o‘zakdan farqli ravishda tub va 
yasama 
bo‘lishi 
mumkin. 
Masalan, 
ter+im=terim// 
terim+chi=terimchi// 
terimchi+lik=terimchilik. Terim so‘zida ter yasalish asosi, ya’ni tub negizdir. 
Terimchi so‘zida esa terim yasama negizdir. Bugungi kunda negiz so‘zi iste`moldan 
chiqib boryapti, lekin biz so‘zning yasalish asosini aniq belgilab olishimiz uchun 
negiz so‘zidan foydalanishda davom etsak, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 
Agar so‘z tarkibida birdan ortiq so‘z yasovchi qo‘shimcha ishtirok etsa, u holda 
negizning chegarasi oxirgi so‘z yasovchi qo‘shimcha bilan belgilanadi. Masalan: 
bil+im+don+lik 
yasalmasida 
bilimdon 
so’zi
 
negizdir. Demak, odatdagi tartibga ko‘ra 
lug’aviy va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar so‘zning o‘zak qismiga (bil+di+m) 
yoki negiziga (
bil+im+lar+dan//bil+im+don +lig+i+ni
) qo‘shilishi mumkin.


57 
Ba’zan, affiks morfemalarning odatdagi tartibida o‘zgarishlar yuz berishi ham 
mumkin. Bunday o‘zgarishlar ko‘pincha uslubiy talablar yoki sheva ta’sirida yuzaga 
keladi: 
aka+m+lar - aka+lar+i+im, ko‘r+di+ng+lar - ko‘r+di+lar+ing.
Ayrim 
hollarda yasovchi qo‘shimcha shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchidan keyin qo‘shilib 
yangi ma’noli so‘z hosil qilishi mumkin: 
uka+lar+im+cha
(bo‘lolmaysan), 
tort+in+choq, kuy+in+chak
(kishi) kabi. Bunday holat affiks shaklidagi yuklamalar 
va qo‘shimchalarning o‘zakka qo‘shilishida ham kuzatiladi. Masalan, 
bola+m+gina
so‘zida 
-gina
urg‘usiz bo‘lib, ajratish ma’nosini anglatadi, mazkur yuklama bilan 
shakldosh bo‘lgan otlardagi erkalash qo‘shimchasi 
–gina
esa o‘zakka odatdagi 
tartibda qo‘shiladi: 
bola+gina+m
. Qo‘shimcha shaklidagi yuklamalar, odatda, barcha 
turdagi affiks morfemalardan keyin qo‘shiladi: 
kitob+mi, 
kitob+dan-chi, 
kitob+lar+da+gina, bog‘+cha+lar+dan+
a kabi. Biroq, 
-mi
yuklamasi fe’llarga 
qo‘shilganda 
odatdagi 
tartib 
o‘zgarishi 
mumkin: 
ko‘r+gan+di+ng+mi/ 
ko‘r+gan+mi+di+ng

Demak, morfemika so‘zlarning eng kichik ma’noli qismlari bo‘lib, ma’noli 
qismalarning tarkibi, joylashish tartibi, ularning o‘zaro bir-biri bilan munosabatini 
o‘rganadi. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish