Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 6
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
383
w
www.oriens.uz
July
2021
deya, Aleksandr Rogov va Yuliya Fedotova “Davlat xavfsizligi: Rossiya
Federatsiyasining milliy xavfsizligining elementlari va tarkibi” nomli maqolalarida
ta’kidlab o’tadilar.
Xavfsizlik darajasi – xavfsizlikning mustaqil iyerarxik drajalanishi bo’lib, u
ko’proq xavfsizlikning alohida ta’sir doirasini va ma’lum bir ketma-ketligini tashkil
etadi. Bundan kelib chiqib, o’ziga xos guruhni tashkil etuvchi milliy (mahalliy),
mintaqaviy (submintaqaviy), xalqaro va global xavfsizlik darajalariga bo’linadi.
Xavfsizlikning har bir darajasi barqaror, ahamiyatli hamda mohiyatan mustaqil
bo’lgan xavfsizlik muammolariga ega. Xavfsizlik dinamikasi, ya’ni muayyan
xavfsizlik darajasi doirasidagi rivojlanish va o’zgarish, ular uchun xususiyatli bo’lgan
omillar ta’sir ostida yuz beradi. Biroq, nisbatan alohidalik boshqa xavfsizlik
darajalaridan mutlaq mustaqil yoki ajratilganlikni anglatmaydi. Xavfsizlik – bir-
biriga bog’liq zanjirlashgan hodisadir, ya’ni muayyan bir davlatning xavfsizligi
mintaqaviy yoki xalqaro xavfsizlikdan ayri holda tushunilishi va samarali ta’min
etilishi mumkin emas. Bu esa, ularning har biri manfaatlariga oid bo’lgan umumiy
tuzilmalar asosida uyg’unlashishiga olib keladi. Bunga misol tariqasida yuridik fanlar
doktori, professor I. I. Bobokulov shunday asoslaydi: “Xavfsizlik darajalari
markazida universal tashkilot – BMT bo’lgan xavfsizlikning umumiy tizimini
shakllantiradi”
11
. Xuddi shunday fikrni olim V. P. Panin ham keltirib o’tadi: “ hozirgi
zamon sharoitida umumiy xalqaro xavfsizlikni ta’minlovchi institutlarni aytib
o’tganda eng avvalo – BMT oldingi o’rinda eslab o’tiladi”
12
. Haqiqatda ham milliy
va davlat xavfsizligi uning ichki xavfsizlik shuningdek, muhofaza qiluvchi
organlarining hamkorligi, strategik, ilmiy, taktik amaliyoti asosida xavfsizlik
ta’minlansa, mintaqaviy darajada esa, avvalo hududiy-chegaraviy qo’shni davlatlar
va mintaqaviy tashkilotlar amaliyoti muhim hisoblanadi. Xalqaro xavfsizlikda esa,
davlatlar va asosan xalqaro tashkilotlar faoliyati oldingi o’ringa chiqadi.
Bu esa, mintaqaviy xavfsizlikka tahdid va tahdidlarni aniqlash va ularni yo’q
qilish konseptual poydevorini asoslashga bag’ishlangan faoliyatni talab etadi. Shu
bilan birga, tahlilning ko’p o’lchovli xususiyatini ta’kidlash muhim, chunki
mintaqaviy xavfsizlikning tendensiyalari va tahdidlarining harbiy, geosiyosiy va
boshqa xususiyatlari hisobga olinadi. Bu yo’nalishda xavfsizlikni ta’minlashda asosiy
kategoriyalar tahlil etilganda, mintaqa, mintaqaviylashuv, regionalizm, mintaqaviy
11
Bobokulov I. I., Umarov X. P. Xavfsizlik asoslari. O’quv qo’llanmasi. – T.: JIDU, 2010. – B.29.
12
Панин В. Н. Международная и региональная безопасность: некоторые теоретико-методологические аспекты
исследования. -C.4.
Do'stlaringiz bilan baham: |